Magistral va suv tarqatish tarmoqlaridan foydalanish Reja: 1 Suv ta'minoti tarmoqlarini foydalanishga qabul qilish 2 Magistral va suv o'zatuvchi tarmoqlarni sinovdan o'tkazish 3 Bosim rostlash qurilmalarini foydalanishga qabul qilish Suv ta'minoti tizimi deb aholi, sanoat korxonalari va boshqa iste'molchilar uchun, suvni manbadan olish, tozalash, zararsizlantirish, saqlash, uzatish va tarqatish uchun mo'ljallangan muhandislik tarmoqlari va inshootlaridan iborat majmuaga aytiladi. Tozalangan ichimlik va texnik suvlarning sifat ko'rsatgichlari [4] talablarini qondirishi zarur. Suv ta'minoti tizimidan foydalanish xizmati tizimdagi tarmoqlar, inshootlar va qurilmalar ishini uzluksiz ravishda, ishonchli va samarali ishlashini ta'minlashi, laboratoriya - ishlab chiqarish nazoratini o'rnatish kerak. Shuningdek suv ta'minoti tizimidagi obyektlarni qurilishi, kapital tamirlanishi va rekonstruksiya hamda ularni ishga tushirish davrida texnik nazorat olib borishshart. Sohani rivojlantirish uchun tarmoqva inshootlar ishini doimiy ravishda o'rganib borishi, istiqbolli rivojlanish rejalari tuzishi lozim. 1. Suv ta'minoti tarmoqlarini foydalanishga qabul qilish Suv ta'minoti tarmoq va inshootlarini ishga qabul qilish amaldagi me'yoriy hujjatlarda belgilangan tartiblarda olib boriladi. Tashqi suv o'tkazgichlarini gidravlik sinovi hamda ularni ishga qabul qilish [19] talablari asosida amalga oshiriladi. Inshootlarni ishga qabul qilish ishchi va davlat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoqlarni ishga qabul qilishda yopiq ishlar dalolatnomalari tekshiriladi, barcha kuzatishga imkon bo'lgan quvur, tugun va quduqlar tashqi ko'rikdan o'tkaziladi. Ko'rik davrida quvurlarni yotqilish chuqurliklari, inshootlarning o'lchamlari, quvurlardan havo chiqish yoki ularning to'liq bo'shatishyo'llarini loyihaga mosligi, suv o'tkazgichlarni gidravlik sinovi, ularni yuvish va zararsizlantirishdalolatnomalari tekshiriladi. Suv ta'minoti quvurlarining maksimal og'ishi rejada ±100 mm, profilda esa ±30mmdan oshmasligi kerak. Yotqizilgan quvurlar mustahkamligiva germetikligi gidravlik sinash yo'li bilan tekshiriladi. Sinovdan oldin quvurning ichki qismi har xil begona jismlardan tozalanishi va yuvilishi lozim. Tarmoqlarni yuvish gidravlik, gidropnevmatik va mexanik usullar yordamida bajariladi. Gidravlik sinovsionv ishlari ikki bosqichda olib boriladi: birinchi bosqichda quvur yarim ko'milgan paytda, ikkinchi bosqich esa quvur to'liq ko'milganda unga suv solish yo'li bilan amalga oshiriladi. Suv uzatish va tarqatish tarmoqlaridan foydalanish xizmati quyidagi masalalarga qaratilishi kerak: suv ta'minoti tarmog'ini qo'rikdan o'tkazish; yong'in gidrantlari va tarmoqdagi armaturalarni ko'rikdan o'tkazish hamda tamirot; tarmoqlardagi suv bosimini manometr yordamida o'lchab turish; flanetslarni ulash va yechish ishlarini olib borish; chuyan quvurlar tirqishlarini tsementli qorishmaaralashma bilan berkitish; qish mavsumida yong'in gidrantlarini va tarmoqdagi armaturalarni muzlashdan saqlash tadbirlarini olib borish; tarmoqlardagi muzlagan quvurlar va armaturalarni eritish; sug'orish jumraklarini ochish yoki yopish; tarmoqlarni, binolarga kirish qismidagi quvur, armatura va suv o'lchagichlar ishini nazorat qilib turish quduqlarni tamiroti va quduqqopqoqlarini almashtirish; quduqlarni loydan tozalash; suv tarqatish inshootlari atrofini qordan va muzdan tozalash; suv o'lchagichlarini tamiroti va ularniko'riqdan o'tkazish. Suvta'minotitarmoqlarigaxizmat ko'rsatuvchi ishchilarni soni suv uzatuvchi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
125.03 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
125.03 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: docx