Mayda va yirik tabiiy zich to'ldiruvchilar

Mayda va yirik tabiiy zich to'ldiruvchilar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Mayda va yirik tabiiy zich to'ldiruvchilar - rasmi

Material tavsifi

Mayda va yirik tabiiy zich to'ldiruvchilar Режа: To'ldiruvchilarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bazasi. Qum ishlab chiqarish texnologiyasi Shag'al ishlab chiqarish texnologiyasi Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi Mayda va yirik tabiiy zich to'ldiruvchilar betonlar uchun eng ko'p ishlatiladigan maxsulotdir. Ular oddiy va yuqori mustahkam og'ir betonlar, shuningdek maxsus betonlar uchun ishlatiladi. To'ldiruvchilarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bazasi. To'ldiruvchilarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasini zich tabiiy tog' jinslari asosidagi toshlar tashkil etadi. Kelib chiqishi bo'yicha tog' jinslari uchta sinfga bo'linadi: otqindi, cho'kindi va metomorfik. Otqindi tog' jinslari erigan magmaning qotishidan yuzaga keladi. Ularning tarkibi va xususiyati magmaning qotish sharoitidan kelib chiqadi. Ichki (intruziv) otqindi jinslar magmaning sekin qotishidan yuzaga keladi va donador-kristal tarkibga ega bo'ladi. Tashqi (effuziv) otqindi jinslar magmaning tashqi yuzada juda tez qotishidan yuzaga keladi, bunda kristallanishi to'liq sodir bo'lmaydi va shishasimon yopiq kristalli tarkibga ega bo'ladi. Kimyoviy tarkibiga ko'ra otqindi tog' jinslari bo'linadi: 1.Nordon (SiO2-65% ko'p) 2. O'rta (SiO2-55-65%) 3. Asosiy (SiO2-55% dan kam) Nordon otqindi tog' jinslariga donador kristall tarkibli ichki tog' jinsi granitlar kiradi. Tog' jinsini hosil qiluvchi minerallar quyidagilar: dala shpati (asosan ortoklaz K2O·Al2O3·6SiO2)- 70% gacha; kvars (kristall kremnezem- SiO2)-20% dan ko'p; slyudalar (muskovit, biotit) va boshqalar - 5%gacha. Granit otqindi tog' jinsi sifatida to'ldiruvchilar olishda eng ko'p ishlatiladi. Granitning zichligi 2600-2700 kgm3 ni tashkil etadi. Suv shimuvchanligi 0,5% dan oshmaydi. Siqilishga mustahkamligi 100MPa dan yuqori, ba'zan 200-250MPa ga etadi. Rangi qizg'ish yoki kulrang. O'rta otqindi tog' jinslariga ichki jinslar (diorit, sienit) va tashqi (andezit, traxit) jinslar misol bo'ladi. Andezit va traxit ishqorlar bilan aktiv bog'lanadi, shu sababli ularni sementli betonlarda qo'llash chegaralangan. Andezit va traxit kislotaga bardoshli to'ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Diorit va sienit esa granitdan tarkibida kvars yo'qligi bilan ajralib turadi. Diorit va sienit tabiatda kam uchraydi. Diorit to'q yashil tusga ega, sienit esa yorqin yashil rangga ega. Dioritning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi 250MPa gacha, sienitniki esa 180MPa gacha bo'ladi. Asosiy otqindi tog' jinslariga ichki yuzaga kelgan tog' jinslari gabbro va tashqi bazalt va diabaz kiradi. Bu tog' jinslari yuqori mustahkamligi (siqilishga mustaxkamligi - 300-500MPa) va yuqori zichligi (300 kgm3 dan yuqori) bilan ajralib turadi. Cho'kindi tog' jinslari mavjud tog' jinslarining tabiatda buzilishidan yuzaga keladi. Ya'ni suv, shamol, harorat o'zgarishi, kimyoviy va biokimyoviy emirilishlar natijasida paydo bo'ladi. Cho'kindi tog' jinslari asosida qum va shag'al yuzaga keladi va ular beton uchun eng arzon to'ldiruvchilar hisoblanadi. Kvars qumlar deb tarkibida kvars miqdori 60% dan ko'p bo'lgan qumlarga aytiladi. Tarkibida 50% gacha dala shpati donalari bo'lgan qumga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.61 MB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.61 MB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga