Me'morchilik tarixidan asosiy ma'lumotlar

Me'morchilik tarixidan asosiy ma'lumotlar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Me'morchilik tarixidan asosiy ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

Memorchilik tarixidan asosiy ma'lumotlar Reja: Memorchilik tushunchasi va uning tarixiy rivojlanish qonuniyati. qadimgi Misr memorchiligi. qadimgi Yunoniston (gretsiya) memorchiligi. qadimgi Rim memorchiligi o'rta Osiyo memorchiligi Memorchilik tushunchasi va uning tarixiy rivojlanish Memorchilik deganda - bino, binolar kompleksini loyihalash va loyihani amalga oshirish natijasida buned qilingan inshoot san'ati va ilmi tushuniladi. Demak, memorchilik - fakat ilmgina emas, balki ilmning san'at bilan kushilgan ko'rinishidir. Memorchilik san'ati, tarixi, qonuniyatlari nazariyasi, binolarning turi va uslubi, kompozitsiyasi kabi kator masalalarni o'rganuvchi fandir. Memorchilik davr utishi bilan uzgara borib, jamiyat taraqqiyotidagi formatsiyalarning tub mohiyatini uzida ifoda etadi. Inson ibtidoiy jamoa tuzumi va keyingi davrlarda tashqi muhit nokulayliklaridan, evvoyi hayvonlardan saqlanish uchun oddiy binolarni kura boshlagan, lekin chiroyli, go'zalik qonun qoidalariga amal kilgan holda kurilgan binolarga etib kelish uchun ming yillar kerak bo'lgan. Jamiyatning sinfiy talabiga munosib uy-joy va jamoat binolari yaratildi. Memorchilikning moddiy-texnik va badiiy imkoniyatlari xam kengaydi. qadimgi sharqda (Misr, Messopotamiya) piramida, zikkurot kabi ulkan diniy binolar kompleksi, murakkab rejali saroy va boshqa memorchilik inshootlari barpo kilindi. Memorchilikning bazi amaliy va nazariy masalalari ishlab chikildi. qadimgi Yunonistonda binolarning maktab, stadion, teatr, ibodatxona, amfiteatr kabi turlari paydo buldi. Ellinizm davriga kelib, order sistemasi memorchilikning konstruktiv va badiiy asosiga aylandi. qadimgi Rimda beton ishlatilishi davra ravok va gumbazlar memorchiligining rivojlanishiga sabab buldi. Forum, Zafar darvozasi (Triumfal arka) kabi harbiy kudrat g'oyalarini namoyish etuvchi yangi inshootlar paydo buldi. Binolar bezagiga etibor ortdi. o'rta asr memorchiligida (asosan g'arbiy Yevropamamlakatlarida) - roman (10 -12 asrlar) memorchilik uslubi, keyinrok gotika (12 - 15 asrlar) uslubi alohida urin tutadi. Memorchilik va san'at tarakkieti tarixida sahifa ochgan uyg'onish davri - Renessans (15 asrning oxiri - 16 asrning boshlari) uslubi negizini qadimgi davr klassik memorchilik prinsiplarining yangi davr talablari asosida tiklash va rivojlantirish tashkil etadi. Orderlar sistemasiga asoslanib keng kulamdagi va murakkab ko'rinishdagi memorchilik komplekslari, ansambllari yaratildi. Binolar xaddan tashqari bezakdor qilib kuriladigan buldi. Memorchilikda barokko uslubi keng tarkaldi. Klassik va Renessans memorchilik usul va prinsiplarini yangi zamonga tadbiq etish natijasida klassitsizm uslubi paydo buldi. o'rta Osiyo va yaqin sharq memorchiligi xam o'ziga xos uyg'onish davrini bosib utdi. Memorchilikda naksh va rangga alohida etibor berildi, binolarning yangi turlari va kompozitsiyalari ijod kilindi. Osiening Budda dini tarkalgan mamlakatlarda Buddaga atalgan va Budda haykallari bilan bezatilgan kupgina ibodatxonalar kurildi. Rus memorchiligi o'z tarakkieti davomida turli badiiy uslublar yaratib, yetuk memorchilik inshootlari, kompleks va ansambllarni kurdi (Novgorod, Suzdal, Pskov, Vladimir, Moskva). Jamiyat rivojlanishi bilan memorchilik inshootlari va komplekslarining turi va ko'rinishi xam uzgara boradi. Xar bir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga