Me'moriy chizmalarning asosiy turlari

Me'moriy chizmalarning asosiy turlari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Me'moriy chizmalarning asosiy turlari - rasmi

Material tavsifi

Me'moriy chizmalarning asosiy turlari Reja: 1. Me'moriy chizma haqida 2. Ortogonal chizmalar 3. Arxitekturaviy orderlar 4. Me'moriy shakllarning o'lchov chizmalari 5. Akademik bo'yash mashqi 6. Arxitekturaviy lavha tasviri 7. Shriftli kompozitsiya 1. Me'moriy chizma haqida Me'moriy chizma - bu chizmachilik asboblari yordamida qog'oz tekisligida muayyan aniqlikda ifoda etilgan me'moriy obyektning grafik ko'rinishidir. Me'moriy chizma chizish ham o'z tarixiga ega bo'lib, uning rivoji qurilish texnologiyasi va o'lchov vositalarining takomillashuviga bog'liq bo'lib kelgan. Qadimda me'moriy chizmalar to'g'ridanto'g'ri qurilishga belgilangan maydon sathida chizilgan. Keyinchalik chizmaga bo'lgan talab oshgan sari, uning mazmuni va grafik bezash darajasi o'zgarib, takomillashib boradi. Chizmani chizish usullari, u chiziladigan qog'ozlar va chizmachilik asboblari tinmay mukammallashib borgan. Shu tariqa mukammal chizma va keyinchalik me'moriy loyiha ham vujudga kelgan. Misr firavni Ramzes IV maqbarasi tarhining chizmalari, Fivadagi shoxona qurilishlarning rejalari, miloddan avvalgi II-I asrlarda qurilgan bino qismlarining chizmalari hozirgacha saqlanib qolgan. Chizmalarni aniq kataklar (to'rlar)ga bo'lib ishlash masshtab o'rnida xizmat qilgan bo'lsa, ajab emas. Qadimgi Rim me'mor-muhandisi Mark Vitruviy o'zining mashhur «Arxitektura haqida o'n kitob» nomli asarida binoning quyidagi chizmalari: tarhi, tarzi va umumiy ko'rinishlari mavjudligi haqida eramizdan oldingi I asrda yozib qoldirgan. Lekin bino yoki alohida olingan imoratning «tarhi-tarzi» deb atalmish bir-biriga bog'liq proyeksiyalarni bir tizim yoki turkumda tasvir etish keyinroq vujudga kelgan. O'rta Osiyo me'morlari ishlagan chizmalar kataklar to'ri va miqyos tizimiga asoslangan bo'lib, ularda qurilajak har bir binoning tarhi va tarzi aniq ifoda etilgan. Akademik M.S. Bulatov o'zining «IX-XIV asrlar O'rta Osiyo me'morchiligida geometrik uyg'unlik» monografiyasida ko'plab me'moriy obidalarning geometrik tahlilini bayon qilgan, o'rta asr me'morlarining nafaqat amaliy, balki nazariy bilimlarga ham ega bo'lganligi, qurilish chizma-loyihalar asosida yaratilganligini ilk bor isbotlab bergan. Berilgan tarh va tarz asosida binoning perspektiv ko'rinishini chizishni birinchi marotaba Albrext Dyurer ishlab chiqqan va perspektiva qurishning mashhur «arxitektorlar uslubi»ga asos solgan. XVII asrda fransuz geometri Gaspar Monj predmetlarni ikki o'zaro perpendikular tekislikda loyihalash tizimini nazariy asoslaydi va ortogonal, to'g'ri burchakli, buyumni yoki inshootni tekislikka nisbatan to'g'ri burchak ostida tushirilgan proyeksiyalari haqidagi ta'limni yaratadi. Bu fan asosini, ma'lumki, predmetlarning proyeksion, ya'ni ortogonal chizmalarini qurish tashkil etadi. Ortogonal chizma me'moriy grafikada eng ko'p tarqalgan uslub bo'lib, u inshoot haqida kerakli va yetarli ma'lumotlar beruvchi chizmadir. Ortogonal chizma quyidagi asosiy xillarga bo'linadi: tarz, tarh, qirqim, bosh reja. Ortogonal chizmalar uslubi arxitektor va muhandislarning o'z g'oyalarini bayon etishda umumjahoniy vosita bo'lib xizmat qiladi. 2. Ortogonal chizmalar Bo'lajak binoning (inshootning) kompozitsion nuqtayi nazardan asoslangan hamda aniq masshtab va o'lchovlarga ega bo'lgan o'zaro bog'liq chizmalar majmuasi «arxitekturaviy chizma» yoki «arxitekturaviy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.49 MB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.49 MB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga