Monolit betondan binolarni barpo etishning qurilish - konstruktiv o'ziga xosligi Reja: Qolipning vazifasi Qoliplarning asosiy turlari Qolipning vazifasi Monolit beton va temirbeton hajmining katta qismi nolinchi sikl konstruksiyalarini barpo etish uchun qo'llaniladi, faqat 2025% bino va inshootlarning yer usti qismini barpo etish uchun sarflanadi. Monolit konstruksiyalarning eng katta samarasi sanoat bino va inshootlarini qayta qurishda, hamda turarjoy-kommunal obyektlarini barpo etishda namoyon bo'ladi. Monolit betonni qo'llash temir sarfini 7 20% ga, betonni sarfini 12% gacha kamaytirish imkonini beradi. Lekin shu bilan birga ayniqsa qish mavsumida energiya sarfi ortadi, qurilish maydonidagi mehnat sarfi ko'payadi. Qurilish maydonida monolit temirbetondan bino barpo etishdagi mehnat sarfi yirik panelli binoni barpo etishdagidan 1.65 marta ortiq. Monolit betondan bino qurilishida asosiy ish hajmi qurilish maydonida bajariladi. Yirik panelli o'y-joy qurilishiga nisbatan beton sarfining 1719% ga oshishi, etarli darajada yengil beton ishlatilmasligi, zamonaviy plitali issiq saqlagichlardan foydalan-maslik, va tsementni past markalari ishlatilishi bilan bog'liqdir. Monolit temirbetondan binolarni barpo etish ularning konstruktiv yechimlarini maqulini tanlash imkonini, bo'linmaydigan-uzluksiz fazoviy sistemalarga o'tishini, elementlarni birga ishlashini etiborga olish va shuni hisobiga kesim yuzasini kamaytirish imkonlarini beradi. Monolit konstruksiyalarda tutashuv joylarini muammosi osonroq echiladi, issiqlik texnik va izolyatsion xususiyatlari oshadi, ekspluatatsion xarajatlar kamayadi. Monolit konstruksiyalarni barpo etishdagi majmuali jarayonlarga quyidagilar kiradi: tayyorlash jarayonlari - qolip, armatura karkaslarni, armatura- qolip bloklarini tayyorlash va tovar beton qorishmasini tayyorlash. Bu jarayonlar asosan zavodda bajariladi. qurilish maydonidagi jarayonlar -qolip va armaturani o'rnatish, beton qorishmasini tashish va joylashtirish, betonni parvarishlash, qolipni ko'chirish. Qolip sistemasi - bu tushunchaga qolip va uni mustahkamligi va turg'unligini taminlovchi elementlar, maxkamlovchi elementlar va ushlab turuvchi konstruksiyalar, havozalar kiradi. Qolip va qoliplar sistemasi ayrim elementlarining turlari va vazifasi: qolip - monolit konstruksiyalar uchun shakl-forma; shchit - qolipning karkas va palubadan iborat bo'lib, shakl hosil qiluvchi elementi; paluba - shchitning shakl hosil qiluvchi ishchi yuzasini tashkil etuvchi elementi; qolip panel - qolipning shakl-forma hosil etuvchi tekis elementi bo'lib, bir nechta tutash shchitlardan iborat va o'zaro bog'lovchi tugunlar va elementlar yordamida bog'langan bo'lib aniq tekis yuzani qoliplashga mo'ljallangan; qolip bloki - butun holda tayyorlangan tekis va burchak panel va shchitlardan iborat, fazoviy, perimetri bo'yicha berk element. Qolip uchun material sifatida alyumin qotishmalari, namga chidamli fanera va yog'och plitalar, po'lat, stekloplastik va katta zichlikli to'ldirgichga ega polipropilen xizmat qiladi. Qoliplarni ushlab turuvchi elementlari odatda po'latdan, alyumin qotishmalaridan yasaladi, bu esa o'z navbatida ularni qayta ishlatish imkonini beradi. Qolipning kombinatsiyalashgan konstruksiyalari eng samaralidir. Ular materiallarning o'ziga xos xarakteristikalaridan yuqori darajada to'liq foydalanish imkonini beradi. Fanera va plastikdan yasalgan ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.38 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.38 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc