Nasos va havo haydash stansiyalari ishini tashkil qilish Reja: 1 Nasos va havo uzatish stansiyalari ishini boshqarish tuzilmasi 2 Xizmat ko'rsatish xodimlarining majburiyatlari 3 Nasos agregatlari va yordamchi mexanizmlarga xizmat ko'rsatish 4 Havo haydash qurilmalari va kompressorlarni ishlatish Nasos suvni bosimli tarzda uzatish uchun foydalaniladigan asosiy gidravlik mashina bo'lib, suv ta'minoti va oqovalarni oqizish tizimlarida iste'molchilarga suvni yuqori texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar bilan, ishonchli va uzluksiz yetkazib berish ishlatiladi. Suvni malum masofalarga uzatish yoki malum baladliklarga ko'tarish uchun mo'ljallangan gidromexanik va energetik qurilmalar hamda gidrotexnik inshootlar majmuiga nasos stansiyasi deb aytiladi. Suv ta'minoti tizimidagi nasos stansiyalari, suv uzatish ishonchlilik darajasiga ko'ra, quyidagi uch toifaga bo'linadi: Aholi soni 50 nafar kishidan ortiq bo'lgan shaharchalar uchun, suvning hisobiy sarfining 30% gacha kamayishiga ruxsat etiladi, suv uzatilishini pasayishi muddati 3 kecha-kunduzdan oshmasligi zarur. Suv uzatilishidagi tanaffus 10 daqiqadan oshmasligi kerak. Xuddi 1-toifadagidek, aholi soni 5 mingdan 50 ming nafargacha bo'lgan joylarda, suv uzatilishining kamayish muddati 10 kecha-kunduzgacha. Xuddi 1-toifadagidek, aholi soni 5 ming nafargacha suv uzatilishi kamayish muddati 15 kecha-kunduzgacha. ta'mirlash ishlarini bajarish uchun suv uzatilishidagi tanaffus 24 soatdan oshmasligi zarur. Nasoslarni boshqarish uslubiga ko'ra nasos stansiyalari qo'l bilan, avtomatik va masofaviy boshqariladigan turlari mavjud. Yer sathiga nisbatan joylashishiga ko'ra esa, ular yer usti va chuqurlashtirilgan turlarga bo'linadi. Nasos stansiyalarida yotiq va tik markazdan qochma nasos agregatlari ishlatiladi. Tizimda joylashgan o'rni va yuklatilgan vazifasi bo'yicha nasos stansiyalari birlamchi, ikkilamchi (ayrim hollarda xatto uchlamchi), bosim oshiruvchi va aylanma turlariga bo'linadi. Oqovalarni oqizish tizimlarida esa, mahalliy, tuman, shahar va bosh nasos stansiyalari turlari mavjud. Birinchi bosqich nasos stansiyalari suvni suv qabul qilish inshootidan olib uni tozalash inshooti yoki iste'molchiga uzatadi. Ikkinchi bosqich nasos stansiyasi tozalash inshootidan suvni iste'molchiga yetkazib beradi. iste'molchilar uzoq masofalarda yoki baland sathlarda joylashganida uchinchi bosqich stansiyalari ham ishlatilishi mumkin. Alohida turgan bino yoki inshootga suvni ko'tarib beruvchi nasoslarni bosim oshiruvchi yoki buster nasos qurilmalari deb nomlashadi. Birinchi bosqich nasos stansiyasining ishlash tartibi bir tekisda ishlashga mo'ljallanadi, ikkinchi bosqich stansiyasining ishlash tartibi esa iste'molchilarning ehtiyojiga bog'liq. Odatda, ikkinchi bosqich ko'tarish stansiyalarida yong'in nasoslari ham o'rnatiladi. Bosim oshiruvchi, yani buster nasos stansiyalar yuqori qavatlar yoki uzoq masofalarda joylashgan hududlarga suv bosimini oshirib berish uchun xizmat qiladi. Sanoat korxonalarining aylanma suv ta'minoti tizimlarida tsirkulyatsion nasos stansiyalari o'rnatiladi, ular tizimda suvni aylanma harakatini ta'minlab beradi. Stansiya binosida nasos agregatlari, ularni bog'lovchi kommunikatsiyalar va boshqa yordamchi uskunalarning o'rni, ularga xizmat ko'rsatish, ko'rikdan o'tkazish va ta'mirlash uchun qulay joylashgan bo'lishi kerak. O'rnatilagan agregatlar normal va avariya vaziyatlarida talab etiladigan ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
152.14 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
152.14 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: docx