O'rta asrlar davri arxitekturasi

O'rta asrlar davri arxitekturasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
O'rta asrlar davri arxitekturasi - rasmi

Material tavsifi

o'rta asrlar davri arxitekturasi Yer yuzida feodalizm formatsiyasining paydo bo'lishidan tortib, uning rivojlanishi va nihoyat, uning inqirozidan keyngi formatsiyaga o'rnini bo'shatib bergungacha bo'lgan davrdagi arxitekturani, odatda, o'rta asrlar arxitekturasi deyiladi. Bu arxitektura turli mamlakatlarda turli vaqtda boshlangan va davom etgan. Jumladan, Yevropada u Buyuk Konstantin podsholik qilgan davrdan (IV asr) boshlanadi. Uning dastlabki inqirozi esa XII-XIV asrlardagi Italiyada shahar-davlatlarning vujudga kelishi bilan tezlashdi. Yevropadagi ayrim mamlakatlarda feodalizm VII-VII asrlar va undan kech ham boshlanib, XVII asrning so'ngigacha davom etgan (masalan Vizantiya, qadimgi Rus). Aksincha, sharq mamlakatlarda (Xitoy, Hindistonda) o'rta asrchilik bir muncha erta boshlangan. Lekin uning inqirozi cho'zilib ketib, XIX asrgacha va undan keyinroq ham davom etgan. O'rta asrlar insoniyat kamolotining muhim davrini ifodalaydi. Bu davr keyingi jahon xalqlari iqtisodiy va milliy madaniyatining rivojlanishida muhim bosqich bo'ldi. Uning taraqqiyotini tezlashtirishda o'zining kuchli hissasini qo'shdi. O'rta asr arxitekturasi o'z xarakteri jihatidan ommaviy arxitektura bo'lib, uning yaratuvchisi esa xalqdir. Gap shundaki, o'rta asrlarda arxitektura keng xalq ommasiga qaratilgan. Quldorlik davrida jamiyatning ma'naviy fuqorolik huquqlaridan mahrum bo'lgan qul o'rta asrlarda huquqsiz xo'jaynga qaram bo'lib qolgani holda jamiyat azosi deb tan olindi. Quldorlik tuzumining inqirozga yuz tuta boshlagan davrida paydo bo'lgan tenglik tushunchasi bu davrga kelib, yanada barralla jarangladi. Natijada o'rta asr dehqonlari yagona jamoa, shaharlarda esa shahar kommunasi atrofida birlashib, feodallarga qarshi chiqa boshladilar. Feodalizmning paydo bo'lishi u bilan bog'liq bo'lgan mahalliy ishlab chiqarish kuchlarining yuzaga kelishini, yirik shahar va qishloqlardan uzoqdagi joylarga ham madaniyat yutuqlarining kirib kelishi ta'minlandi. Mamlakatning keng omma orasiga sing'ish davri boshlandi. Omma ham shu madaniyatni yaratuvchi kuchiga aylandi. Shu davrdan boshlab, milliy, o'ziga xos arxitektura shakllana bordi. Ikkinchi tomondan, o'rta asrlarda din feodallar ustidan hukumron va shu bilan birga, ularning himoyachisi bo'lib qoldi. Ommani hukumron sinfga tobe qiluvchi qurolga aylandi. Shu maqsadda din tarqibotchilari arxitektura imkoniyatlaridan o'z faoliyatlarida foydalanadilar va davrning asosiy buyurtmachisiga aylanib, uning o'ziga xos tomonini belgilashda muhim rol o'ynadilar. Buni xristian dini tarqalgan erlarda cherkovlar, islom dini mamlakatlarida masjidlar, buddizm mavjud bo'lgan joylarda budda va uning hayoti bilan bog'liq ziyoratgohlar, ibodatxonalar paydo bo'lishi, uning konstruktiv to'zilishi, xarakteri, badiiy bezatilishida ko'rish mumkin. O'rta asrlarda memorchilik yetakchi o'rinni egallaydi. Bizgacha o'rta asrlar memorlik san'atining juda ko'p nodir yodgorliklari saqlanib qolgan. Bu yodgorliklar, ayniqsa, monumental memorlik san'ati o'rta asrlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o'rganishda muhim o'rinni egallaydi. Ular davrning diniy, falsafiy kurashlarini aks ettiribgina qolmay, inson aql-zakovatining qudratini ulug'laydi. Bu davrda qurilgan Yevropadagi ibodatxonalar, musilmon sharqidagi xashamatli masjidlar, buddizm yodgorliklari o'rta asr tafakkurining mahsuli, insoniyat tarixining haykali ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.7 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.7 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga