Osiyo mamlakatlarining o'rta asrlardagi arxitekturasi. Yaqin Sharq va Hindiston tajribalari Reja: 1. «Chorbog'» uslubidagi bog'lirning vujudga kelishi. 2. Shimoliy Hindistonda Boburiylar davri landshaft arxitekturasi. Saroylar qoshidagi bog'lar, maqbara-bog'lar, shalimar va nishat bog'lari. 3. Eron o'rta asr landshaft arxitekturisi: bog'-saroylarr, parklar xiyobonlar. 4. Ispaniyada islom bog'lari: Algambra va Generalif bog'-saroylari. 1. «Chorbog'» uslubidagi bog'lirning vujudga kelishi. Sharq mamlakatlarining o'rta asrlardagi landshaft arxitekturasi asosan bu davrda yaratilgan bog'-parklar orqali ifodalayagan. Sharq mamlakatlari o'rta asr bog'-parklarini shartli tarzda ikkita katta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh bog'-parklari musulmon sharqi mamlakatlariga xos bo'lib, ikkinchi guruhdagi bog'-parklar esa Buddizm tarqalgan Uzoq Sharq mamlakatlariga mansubdir. Bog'-parkchilik san'ati san'atning boshqa turlariga nisbatan insonning ichki dunyoqarashini, uning tafakkur doirasini, birinchi navbatda, albatta, tabiatga, atrof-muhitga bo'lgan munosabat falsafasini ravshanroq ifodalaydi desak xato qilmaymiz. Malumki, Sharq xalqlarining eng qadimgi dunyoqarashlaridan biri «Chor unsur» falsa-fasidir. Bu falsafa olamning va undagi barcha mavjudotlarning to'rt unsur: tuproq, suv, nur va havodan tashkil topganligini etirof etadi. Ayni paytda , u olamni to'rt tomondan x.amda zamin (yer) va osmondan tuzilgan deb biladi. Islom ma'naviyati qam ushbu falsafadan holi emas. Yani Islomdagi «jannat» bu bog'lar ramzi hisoblanib, u falakning to'rt tarafidan devor bilan ajratilgan holisona bog'dir. U shunday bir mujizaki, unda markazdagi «jannat bulog'i»dan chiqayotgan suv to'rt tarafga taralib, jannat ariklarini, ariklar esa jannat bog'larini tashkil qiladi. Jannat ariqlari kesishgan markazda eram ko'shki joylashgan. Shu boisdan Islomdagi ideal bog' to'rt tarafdan devor bilan chegaralangan, markazida «jannat ko'shki va bulog'i» joylashgan, mevali va manzarali daraxt-butalarga, gul- maysalarga g'arq sayrgoh bog'dir. Boshqa mamlakatlardagi kabi Islom du-nyosida qam eng go'zal bog'lar hukmdorlar sinfiga tegashli bo'lgan. Islom bog'lariga xos an'anaviylik bu avvalombor ularning muntazam rejaviy yechimda ishlanganligidadir. Muntazamlikni yuqorida eslatilgan «Chor unsur» falsafasidan kelib chikuvchi «chorbog'» uslubi tashkil qilgan. «Chor bog'» uslubidagi bog' rejasi bir yoki bir necha kvadratlardan tuzilgan. Katta kvadrat to'rtga kichik kvadratlar«chorchamanlarga», ular II. Sharqona milliy gilam. Eron, XVII asr. Gilamda chorbog' g'oyasi ifodalangan bo'lib, o'rtadagi «jannat bulog'i» va arig'idan dunyoning to'rt tarafiga hayotbahsh suv taralmoqda. Chorbog'dagi to'rtta bog'da sayrgohlar, mevali daraxtlar, chamanzorlar, chamanzorlarda esa mo'jaz gulzorlar ko'rsatilgan. Grenada (arab Ispaniyasi). Generalif saroyi va bog'i, XIV asr. 1-kirish joylari; 2-pastki pog'ona; 3-kanal; 4-ko'shk; 5-sulton ayollarining bog'i; 6-yuqori pog'ona; 7-shalola. Ham o'z navbatida yana mayda kvadratchalar - «chamanlar»ga bo'lingan. Bu bo'linmalar nafaqat yo'laklar va o'simliklar orqali, balki kichikroq va torroq ariqlar yordamida ham hosil qilingan. Chorbog' yoki chorchamanlarning markazida favvoralar yoki mo'jaz favvorachalari bo'lgan bog' muhitini namlik bilan taminlovchi hovuzlar joylashgan. Nozik tizillab otilgan favvoralar, yarqiroq marmar ariklardan sekin ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
5.64 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
5.64 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx