Ozarbayjon arxitekturasi O'rta asirchilik bu yerda IV-V asrlardan boshlandi. Bu davrda Ozarbayjon sosoniylar davlati tarkibida edi. Ilk feodalizm davrida Ozarbayjonda asosan eski shaharlarni kengaytirish, yangi shaharlarni qurish borasida sezilarli ishlar olib borildi. Ilk feodalizm asri san'ati, ayniqsa, memorchiligi ko'proq yaqin qo'shnilari Armaniston va Gruziya arxitekturasiga yaqin bo'lgan. VII asrda arablarning Ozarbayjon erlarini bosib olishi uning memorchilik san'ati va madaniyatiga katta ta'sir o'tkazdi. Bu erlarda islom dinining tarqalishi esa u bilan bog'liq bo'lgan masjid, karvonsaroy va boshqa memorlik yodgorliklarining vjudga kelishiga sabab bo'ldi. Nizomiy davri deb yuritiladigan XII asr va XII asrning boshlari Ozarbayjonning o'rta asr san'ati va memorchiligida, amaliy san'atida, madaniyati taraqqiyotida alohida o'rin egallaydi. Bu davrda hunarmandchilik rivojlandi. Qator shaharlar yirik madaniy markazga aylandi. Ozarbayjon madaniyatining yirik vakillari shu erlarda yashab ijod kildi. Bular ichida Xoqoniy, ayniqsa, Nizomiddin Ilyos Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) alohida o'rin tutadi. Ular o'z asarlarida materialistik dunyoqarashni ilgari surdilar, mehnat ahliga zo'r xurmat bilan qaradilar, ularni o'z asarlarida ko'yladilar. Bu asrlarda memorchilik va tasviriy san'at (miniatyura) borasida ham katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Shu davrda shakillangan monumental memorlik prinsiplari keyingi bir necha asr mobaynida o'z qiymatini yo'qotmadi. XI-XII asrlarda Ozarbayjonning ko'pgina shaharlarida qurilish jadal rivojlandi. Shahar devorlari, mudofaa qala va minoralari, saroy, minorali masjidlar, maqbara, hammom va shunga o'xshash binolar qurildi. Siniq kala, Qiz minora, Yusuf ibn qussir va Mo'min-xotin maqbaralari shu davrning nodir yodgorliklaridandir. Mo'g'il galalarning Ozarbayjon erlariga xujumi uning san'ati taraqqiyotini tuxtatib qo'ydi. Lekin bu uzoqqa cho'zilmadi. XIV asr o'rtalarida Shirvon shox davlati Shimoliy Ozarbayjonda o'zining mustaqilligini o'rnatdi. XIV-XV asrlarda monumental memorchilikda ko'zga ko'rinarli yodgorliklar yuzaga keldi, minorasimon maqbaralar qurildi. Bular ichida qoraboqlar va Bardos qishloqlaridagi maqbaralar diqqatga sazovordir. Bokudagi Shirvon shohlar saroyi XV asr monumental meemorligining mashhur namunalaridandir. Eski shaharning eng baland joyiga qurilgan bu saroy ansambli bir necha o'n yil mobaynida qurilgan bo'lsa ham, badiiy jihatdan yahlit bo'lib ko'rinadi. Saroy ansamblidagi turli hajm va shakillar o'lchamining o'zaro mutanosibligi, peshtoq, qubba va minoralarning ajoyib ritmi butun ansambl badiiyligini oshirishga xizmat qiladi. O'yma nAQSH va g'ishtlarning terilishi binoning badiiy-emotsional tomonini oshirishga xizmat qiladi. Bu ansambl memorligida Kichik Osiyo, Eron memorligi an'analari ta'siri borligi seziladi. Lekin o'zining kompozitsion to'zilishi va bejirimligi jihatidan tengi yo'qdir. O'rta asrlar Ozarbayjon tasviriy san'ati ichida miniatyura alohida o'rin egalladi va o'zining eng gullagan davrini boshidan kechirdi. ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.39 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.39 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc