Perlit ishlab chiqarish texnologiyasi. Dolomi ishlab chiqarish texnologiyasi Reja: Ko'pchigan perlit ishlab chiqarish texnologik liniyalari Ko'pchigan perlit qumiga qo'yiladigan talablar Perlitni qo'llash sohalari. Suv tarkibli shishasimon jinslar asosida sun'iy g'ovak to'ldiruvchi- ko'pchigan perlit ishlab chiqarishda asosiy xomashyo material bo'lib perlitlar va qisman gidratlangan obsidianlar xizmat qiladi. Uning tarkibida uchuvchan komponentlar 1,5 dan 10% gacha tashkil etadi. Perlitlar o'zining genezisi, teksturasi va texnologik xususiyatlari bo'yicha shartli ikkita sinfga bo'linadi: A-g'ovak, vulqon lavasining sovishi va qotishida dastlabki hosil bo'lgan jins; B-massiv, ikkilamchi shishasimon massaning gidratatsiya jarayonida tarkibni o'zgartirishi (asosan past montmorillionitli va kristallangan) natijasida hosil bo'lgan jins. B sinfga mansub jinslarda uchuvchan komponentlar 2% dan 7% gacha mavjud bo'lib, beton uchun yaroqli ko'pchigan perlit g'ovak to'ldiruvchisini ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. Bu g'ovak to'ldiruvchi aylanma, vertikal va qaynovchi qatlam pechlarida xomashyoga termik ishlov berib olinadi. Tarkibida oksidlar miqdori, % massa bo'yicha: SiO2 - 65-75, Al2O3 - 12-16, FeO+Fe2O3 - 1 dan ko'p emas, CaO - 3 dan ko'p emas, K2O+Na2O - 3,0-10,0. Gidratlangan obsidianga bo'sh gidratlangan massiv shisha mansub bo'lib, tarkibida bog'langan suv 0,3 dan 1% gacha tashkil etadi. Masalan obsidian perlitli va obsidian jinslarini aylanma pechda kuydirish asosida uyilma zichligi 100 dan 400 kgm3 gacha chaqiq tosh va qum olinadi. Ko'pchigan perlit chaqiq toshining suvshimuvchanligi 1 soat davomida massa hisobida 80% dan oshmasligi kerak. Ko'pchigan perlit ishlab chiqaruvchi korxonalar bir-biridan texnologik sxemasi, ishlatilayotgan tog' jinslarining tayyorlanish darajasi (maydalash va fraksiyalash), xomashyo materiallar xususiyati, tavsifi va to'ldiruvchini qo'llash sohasiga ko'ra asbob-uskunalar bo'yicha farqlanadi. Perlitga issiqlik ishlov berish Termik ishlov berish fraksiyalar bo'yicha amalga oshiriladi. Bir vaqtning o'zida olinadigan chaqiqtosh uchun har bir fraksiyadan kelib chiqib issiqlik ishlov berish qurilmalari tanlanadi. Mustahkam kichik suvshimuvchanlikka ega B sinfli perlit asosidagi to'ldiruvchi olishda issiqlik ishlovi ikki bosqichli sxemada bajariladi; A sinfli perlit asosidagi o'ta yengil qum olishda kuydirish ishlari bir bosqichli sxemada bajariladi. Perlitga issiq ishlov berish xomashyoni kuydirishda yorilishini kamaytiradi, ko'pchigan perlitning strukturasini va ko'pchish jarayonini yaxshilaydi, tayyor mahsulotning mustahkamligini oshiradi va suv shimuvchanlikni kamaytiradi. Perlit xomashyosida kimyoviy bog'langan suv termik ishlovdan so'ng massa bo'yicha 1-3% ni tashkil etadi. Termik ishlov aylanma pechlarda qaynovchi qatlam pechlarida va boshqalarda bajariladi. Termik ishlov harorati xomashyo xususiyatlari va ko'pchigan perlitning berilgan tavsifi asosida aniqlanadi: B sinfdagi perlitlar uchun 300-600S atrofida bo'lib, gazlarning pechga xom granulalarni ortish donasidagi harorati 200S, materialning keyingi isish harorati 15-20 0Smin tashkil etadi. Issiqlik tayyorlov pechlarida suyuq va gaz ko'rinishidagi yoqilg'ilar ishlatiladi, shu bilan birga kuydirish pechlaridan chiqadigan gazlar, bu gazlar bilan isigan havo ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
258.49 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
258.49 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx