Poydevorlar va ularga quyiladigan talablar, konstruktiv yechimlari va ularni qo'llash sohalari

Poydevorlar va ularga quyiladigan talablar, konstruktiv yechimlari va ularni qo'llash sohalari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Poydevorlar va ularga quyiladigan talablar, konstruktiv yechimlari va ularni qo'llash sohalari - rasmi

Material tavsifi

Poydevorlar va ularga qo'yiladigan talablar konstruktiv yechimlari va ularni qo'llash sohalari Reja: Poydevorga qo'yiladigan talablar. tashqi devorlar va ularning konstruktiv elementlari. devor turlari va ularga qo'yiladigan asosiy talablar. Gishtin devorlar Mayda blok va tabiiy toshdan terilgan devorlar. Poydevorlar va ularga qo'yiladigan talablar konstruktiv yechimlari va ularni qo'llash sohalari Poydevor binoning asosiy konstruktiv elementlaridan biri hisoblanib, u binoning yer ustki kismidan tushayotgan ogirlikni asosga uzatib turadi. Binolar ertulali bulsa, poydevorlar ertula xonalarini urab turuvchi konstruksiya vazifasini xam utaydi. Poydevorlar har xil tashqi kuch va muhit ta'siri ostida bo'ladi. Bu ta'sirlardan asosiylari: butug binoning ogirligi, tuproq kutarilishi va muzlashidan hosil buladigan ta'sir kuchlari, seysmik ta'sirlar, tovush ta'siridan binoning titrashi, uzgaruvchan temperatura, namlik, ximiyaviy moddalar ta'siri, bakteriyalar, zamburug'lar, xasharotlar ta'siri va x. Bunday ta'sirlarga bardosh berishi uchun poydevorlar mustahkam, turgun, uzoq vaqtga chidamli, yer osti suvlari, kimeviy va biologik moddalar ta'sir etmaydigan bo'lishi lozim. Poydevorga qo'yiladigan talablar. Poydevorga birinchi navbatda agdarilishiga nisbatan puxtalik va ustivorlik hamda kuyiladi. Poydevorlarning puxta-mustahkamligiga tegishli materiallar (tabiiy tosh, beton va temir-beton) ishlatish, ustivorligiga esa poydevorga hisoblashda nazarda tutiladigan xamma kuchlarning (kupincha sikuvchi kuchlarning) teng ta'sir etuvchisi poydevor tagining o'rtasidan utadigan qilib shakl berish yo'li bilan erishiladi. Poydevorlarning uzoqka chidashi umuman binoning xizmat qilish muddatiga mos bo'lishi kerak. Buning uchun ular zarur sovuk bardoshlikka va zangbardoshlikka ega bo'lishi, sizot suvlari ta'siriga chidamli bo'lishi kerak. Industriallik va tejamlilik talablari yigma poydevorlardan va mahalliy materiallardan keng foydalanishda o'z aksini topadi. Binoning ertulalari bo'lganida poydevorlarga ulardan foydalanish (ekspluatatsion) talablari kuyiladi. Poydevorlarni ko'rishda yog'och, xarsang tosh, xarsang tosh beton, beton va temir-beton kabi materiallardan foydalaniladi. Konstruktiv tuzilishi jihatidan bino qurilishida turli xil: lentasimon tutash tasma polosa ko'rinishidagi, uzluksiz va uzlukli alohida turuvchi (ustunli poydevor va ustun ostiga kuyiluvchi ayrim tayanchlar xolidagi), kozikoyoqli va yaxlit (tekis yoki kovurgali) poydevorlar kullaniladi. Poydevorni tepa yuzasi, yani devor joylashidigan tomoni poydevor cheti (obrez), ostki asosga tegib turuvchi tekisligi esa poydevor tagi deb ataladi. qurilish maydoni rejalangan satxdan poydevor tagigacha bo'lgan masofa poydevorning yer osti chuqurligi deb ataladi. Bu chuqurlikning kancha bo'lishini belgilashda uning asos kavati chuqurligiga mos kelishini va tuproqning muzlash chuqurligini hisobga olish kerak. Poydevorlar tashqi kuch ta'siriga chidamliligi jihatdan bikr (ularning materiali fakat siqilishga chidab, egilishga chidamaydi) yoki egiluvchan (-asosan egilishga chidaydi) bo'lishi mumkin. Bikr poydevorlarda tabiiy xarsang tosh, xarsang tosh beton beton ishlatiladi. Egiluvchan poydevorlarda asosan temir-beton ishlatiladi. Lentasimon poydevorlar ko'rinishi va profiliga ko'ra kupgina xollarda to'g'ri burchak shaklida bo'ladi. Kengligi poydevor materialiga bog'liq bo'lib, devorlarning kengligidan ikki tomonga 50-150 mm gacha chikariladi. Poydevorlarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.68 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.68 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga