Qadimgi Gretsiya arxitekturasi

Qadimgi Gretsiya arxitekturasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qadimgi Gretsiya arxitekturasi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Gretsiya arxitekturasi Odatda, qadimgi Gretsiya memorchiligi tarixi Mikenaning qulashi va doriylar tomonildan peloponnes, uning janubida joylashgan orollar, Kritning bosib olinishi bilan boshlanadi va yer. av. XI asrdan to yer. av. I asrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu tarixiy-badiiy davr to'rt bosqichdan iborat: 1. Gomer davri (yer. av. XI-VII asrlar). 2. Arxaika davri (yer. av. VII-VI asrlar). 3. Klassika davri (yer. av. V-IV asrlarning birinchi uch choragi). 4. Ellinizm davri (yer. av. IV-I asrlar). Qadimgi quldorlik davlatlaridan bo'lgan Gretsiyada jahon arxitektura tarixidan birinchi marta demokratik prinsiplar kamol topdi. Greklar birinchi bor baddiy ijodda insoniyatning asriy muammolarini yechishga o'rindilar. Ular botirlik, josorat, vatan mehri va hur insonning qudratini ulug'ladilar, uning jismoniy go'zalligi va ma'naviy barkamolligini ifodalab, ideal, garmonik kamol topgan inson obrazini yaratishga intildilar. Qadimgi Gretsiyada faoliyatli, davlat manfaatini o'z manfaatidan ustun qo'yyadigan insonni ulug'laydilar. Irodali vatanni sevadigan va uning uchun kurasha oladigan inson obrazini ideal inson, deb biladilar. Grek xudo va mabudalarida, masalan, Appolon (nur xudosi), Afina (hunarmandchilik va dehqonchilik mabudasi) va boshqa mabudalar timsolida greklar o'zlarining tasavvuridagi barkamol inson qiyofasini gavdalantiradilar. Darhaqiqat, grek san'ati insonning real his-tuyg'ularini badiiy ifoda etishi bilan hamon kishiga shavq-zavq bahsh etmoqda. Inson aql-idroki, zakovatini tarannum etib, unga kuch bag'ishlamoqda. Grek arxitekturasining shu jihati evropaliklar tomonidan ham, sharq xalqlari tomonidan ham ezozlanadi. GOMYeR DAVRI MYe'MORChILIGI. Qadimgi Gretsiya tarixining yer. av. XI-VII asrlari Gomer davri deb ataladi. Bu davr arxitekturasi va madaniyatining o'rganishda Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari qimmatli manba hisoblanadi. Bu asarlarda Gretsiya erlarida mulkiy tengsizlikning kelib chiqishi natijasida, quldorlik tuzumiga zamin yaratildi. Bu davrda Grek mifologiyasi, xalq epik poeziyasi paydo bo'lib, ularda xalq hayoti, uning ma'naviy intilishi va jasorati tarannum etiladi. Shu davrga oid memorlik namunalari esa, qala, qo'rg'onlarning qoldiqlari orqali etib kelgan. Ular o'z xarakteri jihatidan Mikena memorligini eslatadi. Loy, tosh, yog'och, bronza yoki suyakdan ishlangan haykaltoroshlik namunalari topilgan bo'lib, ular yaxlit formada mayda detallarga etiborsiz ishlangan. ARXAIKA DAVRI MYe'MORChILIGI. yer. av. VII asr oxirlaridan boshlab, ilk sinfiy jamiyat qaror topa boshladi. yer. av. VII-VI asrlarni arxaik, yaniy qadimgi (grekcha «arxeyos»-qadimgi demakdir) davr deb nomlanadi. Chunki XIX asrda boshlangan arxeologik kashfiyotlarga qadar qadimgi Gretsiya tarixini yer. av. VII asrdan boshlar edilar. Doriylar istelosi natijasida Gretsiyada kichik-kichik quldorlik davlatlari paydo bo'ldi. Bu davlatlar istexkom bilan o'rab olingan manzillardan iborat bo'lib, quldorlar erlarini va o'z mulklari bo'lmish qullarni himoya qilganlar. Bu davlatlar qadimgi greklarda polislar, yaniy shahar-davlatldar deb nom olgan. Mulkiy tabakalanish davom etib, aristokratiya hukumronligi orta boshlagan. Bu keskinlik ezilgan ommani kurashga chorlagan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.03 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.03 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga