Qadimgi Misr arxitekturasi

Qadimgi Misr arxitekturasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qadimgi Misr arxitekturasi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Misr arxitekturasi Misr davlati o'zining qadim madaniyati, boy tarixi bilan boshqa rivojlangan davlatlar orasida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Misrni ko'p asrlik tarixi va madaniyati toshlarda, sarkofaglarda, rassomlarning asarlarida, usta-hunarmandlarning ijodlarida, memorchilik inshootlarida muxrlanib qolgan. Eramizdan 300 yil burun rivojlana boshlagan bu madaniyat rimlik istilochilar misrni egallab olgunga qadar, yani eramizning 30 yillarigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Misr madaniyatining shakllanishida Nil daryosi salmoqli o'rinni egallaydi. Bu o'lkan daryo Nubiylar-hozirgi Sudan davlati chegarasidan oqib chiqib, shimolda O'rta dengizga borib qo'shilish uchun 600 km dan ziyod masofani cho'l-sahro orqali bosib o'tadi. U o'z yo'lida «Oq Nil» va «Ko'k Nil» deb ataluvchi qo'shimcha daryolarga bo'linadi. Oq Nil «Viktoriya» va «Albert» degan dengizlar suvidan hosil bo'lgan ko'llardan suv oladi. Ko'k Nil esa Abisin tog'idan oqib tushadi. Bu tog' bir marta Xind okeani tomonidan keladigan yomg'irli bulutlarni to'sib qoladi. Buning natijasida kuchli yomg'ir yoqib, yani oqimlar vujudga keladi. Bu vaqtda daryo suvi 15 metrdan ziyod ko'tarilib, 1971 yilgacha, yani Assuan suv ombori qurilgungacha xar yili suv toshqini hosil qilgan. Uch oy mobaynida daryo atrofidagi yerlar ko'lga aylangan va nihoyat, orqaga chekingan suv o'zining hosildor loyqasini Nil atrofidagi erlarga xadya etgan. Xaqiqatan, ham bu joylar dunyodagi eng unumdor erlardan biri bo'lib, undan yiliga uch martagacha hosil olingan. Shuning uchun ham Nil daryosining qirg'oq yerlari odamlarni o'ziga jalb etgan. Kelib chiqishi hozirgacha nomalum bo'lgan kishilarning Nil daryosi qirg'oqlarida o'rnashishlari, fikrimizcha, tosh davriga to'g'ri keladi. Odamlar bu erlarga qizil dengiz tomondan, hamamat vodiysi orqali kelishgan. Yomg'irsiz Misr saxrosida vohadan vohaga ko'chib yuruvchi ko'chmanchi-ovchilar ham yagona hayot manbai bo'lgan, shu yerdan makon topganlar. Aytish mumkinki, dastlabki jiddiy ravishda o'rnashish eramizdan avvalgi 600 yil bilan 500 yillar oraliqida bo'lgan. Bu davrda xali metall ishlatishni bilmagan odamlar hayot uchun muhim bo'lgan qurol-aslaxalarni, asosan, yog'och va toshlardan yasaganlar. Odamlarning kulbalari esa xom g'ishtdan qurilgan. Bu qurilish ashyosi shu yerning quruq iqlim sharoitiga mos bo'lganligi uchun Misr madaniyatining butun davrida asosiy hisoblangan. Malumki, qadimgi xalq madaniyati haqidagi qimmatli ma'lumotlarni maqbaralardan bilish mumkin. Maqbaralardan topilgan bosh suyaklardan ko'rinadiki turli qabilalardagi odamlarning hammasi ozg'in va past lekin bitta irqqa mansub bo'lmagan. Jazirama saxroning qaynoq qumi, inson badani bilan birga uning sochlari va terisini ham saqlagan. Misrliklar murdani kiyim-kechaklari bilan birga ko'mishni rasm qilgan edilar. har xil joylardan topilgan bir qator maqbaralar ularning oddiy tuzilganligidan dalolat beradi. Bu maqbarani sinchiklab tekshirgan arxeologlarning aytishlariga qaraganda, o'sha davrda Nil soxillarida, Badaryan, Amratan, Tazian va shunga o'xshash har xil qabilalar mavjud bo'lgan. Щar bir qabila o'z erini tish-tirnog'i ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.05 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.05 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga