Qadimgi Rim arxitekturasi

Qadimgi Rim arxitekturasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qadimgi Rim arxitekturasi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Rim arxitekturasi Qadimgi Rim memorchiligi Apenin yarimorollaridagi ko'pgina xalqlar, jumladan, etrusklar, keyinroq Rim bosib olgan erlardagi boshqa xalqlar arxitekturasi ta'sirida rivoj topdi. Uning ravnakiga, ayniqsa, grek arxitekturasi kuchli ta'sir o'tkazdi. Lekin rimliklar o'zga xalqlar arxitekturasini o'zlashtirib, o'rganib, uni ijodiy boytdilar, shu arxitektura an'analarini rivojlantirib, uning yangi tipi va ko'rinishlarini ham vujudga keltirdilar. Rimdagi tarixiy sharoit, ijtimoiy tuzum xarakteri arxitekturaning g'oyaviy yo'nalishini belgilashda muhim rol o'ynadi. Rimda memorlik yetakchi o'rinni egalladi. Memorlikda davlatning kuch - qudratini tarannum etildi. Rimliklar ko'pchilikka mo'ljallangan muxtasham binolar qurdilar. Bunday xarakterdagi binolar bu davr uchun yangilik bo'ldi. Memorlikda rimliklarning aql-zakovati yaqqol namoyon bo'ldi. Bu memorlik etrusk va yunon memorlik san'ati traditsiyalariga, qisman qadimgi Sharq memorligi san'ati an'analriga tayangan holda rivojlangan. Uni yangi uslublar bilan boyitdilar. Ayniqsa, betonni ixtiro etilishi va ustun-to'sin sistemasiga yangi konstruksiyalar kiritilishi, ark, qubba va egri ravoqning erkin va keng qo'llanilishi faqat Rim memorligida emas, balki jahon memorlik san'atida ham haqiqiy revolyutsiya bo'ldi. Bu sistema katta fazoviy kenglikni yopa oladigan, xona ichida katta fazoviy kenglikni yaratish imkoniyatini beradigan memorlik kompozitsiyalarini vujudga keltirdi. Qadimgi Rim tarixi eramizdan avvalgi VI asrdan boshlanib, yangi eraning V asrigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Eramizdan avvalgi VI asrga kelib, Rim aristokratlari quldorlik Respublikasiga aylandi. U Apenin yarim orolini zabt etib, O'rta yer xavzasida o'z hukumronligini o'rnatgach, eramizdan avvalgi II asr o'rtalariga kelib, shu yerdagi yirik davlatga aylandi. Bosib olingan erlardan boyliklarni Rimga olib kelinishi uning ravnaqida muhim rol o'ynadi, shu bilan birga, inqirozni ham tezlashtirdi. Mulkiy tengsizlik oshdi, ekspluatatsiyaning kuchayishi esa omma noroziligini keltirib chiqardi. Ayniqsa, qullar qo'zg'oloni (bo'lar ichida Spartak qo'zg'oloni mashxur) Respublika davrining inqiroziga yuz tuta boshlaganini bildirdi. Uning o'rniga Rim imperatorlik davri egalladi. Bu davr eramizdan avvalgi I asr oxiridan yangi eraning 476 yiligacha davom etdi. Bu 540 yil yer. av. bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. an'anaviy Etruslar tipidagi ibodatxonalar qurildi, injenerlik inshoatlari, yo'llar, ko'priklar, akveduklar dastlab ular primetiv formaga ega bo'lgan. yer. av. II asr Rim Respublikasi qurilishlari texnikasida katta o'zgarishlar yuz berdi. Betondan ishlangan inshoatlar bunyod bo'ldi. Arkali svodli konstruksiyalar jadal rivojlanishi boshlandi. Arkali akveduklar, ko'priklar qurila boshlandi. Uning proletlari ancha-muncha keng edi. Jumladan ikki proletli Fabritsiya ko'prigi Tibr daryosiga qurilgan Rimdagi ko'prik yer. av. 62 yili bu bizgacha saqlanib kelgan. Arkasining proleti 24, 5 m ga teng. Fuqoro qurilishi sohasida bu davrga kelib, qadimgi Rimda turar uylarni qurilishi boshlandi. yer. av. II asr o'rtalarida boy turar uylari vujudga keldi. Bunga misol bo'lib, bu davr uchun saqlanib qolgan Pompeydagi uyni ko'rish mumkin, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.79 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.79 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga