Kavatlararo yopmalar va yopmalar ularning turlari konstruktiv yechimlari va qo'yiladigan talablar Reja: yog'och tusinli kavatlararo yopmalar Temir-beton kavatlararo ora yopmalar Podval usti va chordok epmasi konstruktiv yechimlari Kavatlararo yopmalar va yopmalar ularning turlari konstruktiv yechimlari va qo'yiladigan talablar Kavatlararo yopmalar xam binoning asosiy konstruktiv elementlaridan biri bo'lib, uning ichki bo'shlig'ini balandligi bo'yicha kavatlarga ajratib turadi. Banoda joylashgan urniga ko'ra, kavatlararo yopmalar podval ora yopmasi, chordok ora yopmasi va kavatlararo ora yopmasiga bulinadi. Kavatlararo ora yopmalariga va yopmalarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri uning mustahkam bo'lishi, yani unga ta'sir etayotgan vaqtinchalik yoki doimiy kuchlarga chidamliligi va tashqi kuch ta'siridan qattiq deformatsiya-lanmasligidir. Bunday talablar bikirlik orqali belgilanadi. Kavatlararo ora yopma bikirligi etarlicha bulmasa u tashqi kuch ta'siridan egilishi va unda yoriklar hosil bo'lishi mumkin. Bikirlik kattaligi nisbiy egilish qiymati bilan baholanib, ora yopma absolyut egilishining prolyot ulchamiga nisbatidan olinadi. Uni qiymati tom yopmasi uchun 1200 dan, kavatlararo ora yopma uchun 1250 dan oshmasligi kerak. Podval usti ora yopmasi va chordok yopmasi issiqlikni saklaydigan bo'lishi xam lozim. Kavatlararo ora yopmalar bilan kutaruvchi devor tutashgan joy konstruksiyasiga alohida etibor berish kerak, chunki etiborsizlik bilan tutashtirilgan joyda sovuk kuprik hosil bo'lib, bino ishlatilishi davrida ayrim nuqsonlarni keltirib chikaradi. Kavatlararo ora yopmalar tovush o'tkazmaydigan bo'lishi kerak. Shuning uchun ularda tovush izolyatsiyasiga ega bo'lgan ko'p qatlamli konstruksiyalar ishlatiladi va asosiy konstruksiyalari tovush chikarmaydigan yumshoq prokladkalar ustiga qo'yilgan bo'ladi. Bundan tashqari, kavatlararo ora yopmalari bino klassiga mos keladigan utga chidamlilik xususiyatlariga ega bo'lishi xam lozim. Malum bir vazifaga mo'ljallangan xona ora yopmalari suv o'tkazmaslik (sanitariya-texnika kabinasi, xammom, kir yuvish xonasi yopmalari), yonmaslik (yongil xavri bor xonalarda), havo o'tkazmaslik (pastki kavatlarida laborato-riyalar joylashgan binolar, bugxonalar va b.) talablariga javob berish kerak. Kavatlararo yopma binoning kaysi joyida joylashishidan katiy nazar, urnatilishida industrial bo'lishi va shu bilan birga uning konstruktiv yechimi iqtisodiy jihatdan tejamli bo'lishi kerak. Kavatlararo ora yopmalari konstruktiv yechimiga ko'ra xarili yoki xarisiz bo'lishi mumkin. Xarili ora yopmalarda asosiy kutaruvchi element xari hisoblanib, unga kator yotkizilgan taxta, taxta tushama va boshqa yopma elementlari urnashtiriladi. Bulardan tashqari, plitali ora yopmalar xam bo'lib, kutaruvchi plita yoki tushamalar binoning vertikal tayanchlariga tutashtirilgan rigel yoki tusinga qo'yilgan bo'ladi. Kavatlararo ora yopmalarda yuklarni to'g'ridan-to'g'ri devor va xariga uzatuvchi kutaruvchi elementlar temir-beton, yog'och va pulat tusinli bo'lishi mumkin. Pulat tusinli kavatlararo yopmalar ishlatish hozirgi qurilishlarda juda xam cheklangan. yog'och tusinli kavatlararo yopmalar yog'och mahalliy qurilish materiali hisoblangan rayonlarda kam kavatli bino qurilishida yog'ochli kavatlararo yopmalar ishlatiladi. Ora yopmaning bu turi oddiy va arzon hisoblanadi. Bunday ora ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.58 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.58 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc