qishloq xo'jaligi qurilishida keng qo'llaniladigan qurilish materiallari haqida umumiy ma'lumotlar Reja: Materiallarning klassifikatsiyasi ularni turlari, fizik va mexanik xossalari. Solishtirma ogirlik. Xajmiy ogirlik. Govaklik va zichlik. qishloq xo'jaligi qurilishida keng qo'llaniladigan qurilish materiallari haqida umumiy ma'lumotlar qishloq xo'jaligini rivojlantirishda qurilish materiallarining ahamiyati nixoyatda katta. Shuning uchun qurilish materiallarini, ularni ishlab chiqarish texnologiyasini va ulardan yasalgan buyumlarni o'rganish xar bir kuruvchi mutaxassis uchun g'oyat zarurdir. Materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo, xom ashyoni ishlash va buyum tayyorlash protsessi, qurilish materiallarning xossalari, ularni sinash usullari va kabul qilish, tashish va saqlash usullari, materiallarning qishloq xo'jaligi qurilishda kerakli joylarda ishlatilishi, hamda materiallarni tejash yo'llarini yaxshi bilish lozim. qurilish materiallari ishlab chiqarish va ularni qishloq xo'jaligida ishlatilishning o'ziga xos tarixi bor. Juda qadimgi va eng ko'p tarkalgan qurilish materiali gil hisoblanadi. Gil qurilish materiali sifatida insoniyat tarakkietining boshlang'ich davridayok binolar va inshootlarni suvash uchun ishlatilgan. vaqt utishi bilan insoniyat gildan turli shakldagi buyumlar tayyorlashga va ularning mustahkamligini oshirish maqsadida kuritish va kuydirishga urgangan. Sopol buyumlarni ishlab chiqarish bir necha ming yillardan beri mavjuddir. Nil daryosi uzanining ostidan 20 m chuqurlikda sirlangan sopol parchasi topilgan, uning tayyorlanganiga 14 ming yildan ortik ekan. Misrda bundan 12 ming yillar oldin gil gishtdan kurilgan qadimgi arxitektura yodgorliklari bizning davrimizgacha saqlanib kelgan. Boglovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil a vval sun'iy yul bilan hosil kilinganligi malum. Juda qadimgi vaqtlardan beri Misrda, Gretsiyada, Rim va Vavilonda oxak korishmasi va gidravlik kushimchalar vositasida tayyorlangan beton inshootlar hozirgi davrgacha saqlanib kelmokda. Bundan 5-6 ming yoil oldin Misrda va Mesopotamiyada yasalgan shisha buyumlar topilgan. Xitoy devorini ko'rishda (bizning eramizdan avval 213 yil) beton - (boglovchi material sifatida oxak), gisht (xom va pishirilgan) va tog jinslari ishlatilgan. qadimgi Xitoy inshootlarida somondan, bombukdan, cherepitsadan nishab tomlar kurilganligi malum. Binolarni pardozlashda sirlangan va oddiy sopol buyumlar hamda chinni bezak kismlar ishlatilgan. Bizning eramizdan 1800 yil oldin Dexlida toza temirdan qo'yilgan 15 m balandlikdagi ustun urnatilgan. Bizning Vatanimizda boglovchi moddalar (oxak, gips) ishlab chiqarish sanoati tosh materiallarni inshootlarda kuplab ishlatish zarurligi natijasida vujudga keldi. Masalan, shahar devorlari, minoralar, mosjid va kasrlar, Buxoro, Samarkand, Xiva yodgorliklari, Kiev, Novgorod, Suzdal, Vladimir, Moskva buxxona kabi inshootlar qurilish materiallariga bo'lgan ehtiyojni oshirgan. XIV asrning boshlarida Rossiyada dunyoda birinchi bo'lib moskvalik Ye.Cheliev oxak bilan gilni aralashtirib, yuk ori temperaturada pishirdi va unga gips kushib, yuqori sifatli tsement hosil kildi. Sanoatda tsement ishlab chiqarish nazariyasiga esa birinchi bo'lib A.R.Shulyachenko asos soldi. qurilishda arzon va mahalliy materiallarning ishlatilishi iqtisodiy jihatdan katta yutuklarga olib ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.48 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.48 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc