Qurilish korxonasining matritsali modeli Reja: 1. Matritsali modelning tuzilishi, bo'linmalar tavsifi. 2. Matritsali modelning matematik bog'liqligi. 3. Qurilish korxonasining yalpi mahsulot, moddiy va mehnat resurslari hajmlari hamda berilgan (topshirilgan) miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish fondlari hajmini aniqlash. Matritsali modellari natural va qiymat ifrdasida. Ular yordamida qurilish korxonalarining sifat va hajm faoliyati ko'rsatiladi hamda aniqlanadi. Matritsali modelda berilgan korxona uchun xarakterli bo'lgan ishlab chiqarish strukturasi - asosiy va yordamchi tsexlar ular tomonidan ishlab chiqariladigan oraliq va pirovard mahsulot aks ettiriladi. Matritsali modelni tuzishda, tuzilishi jihatidan matritsali qurilish texnik-moliya rejasi strukturasiga mos keladigan normativ modellar asos hisoblanadi. Nazariy kursda matritsali qurilish texnika-moliya rejasi tuzilishi va bo'limlar tavsifi o'rgatiladi. Qurilish texnik-moliya rejasini tuzishda tovar mahsulotining ishlab chiqarish rejasi hamda turli xarajat norma va normativlari boshlang'ich ma'lumot bo'lib xizmat qiladi. Qurilish texnik-moliya rejasining matritsali modelida korxona bo'limlari (tsexlar, uchastkalar va boshqalar) tarmoqlararo balans tarmoqlari singari malum bir o'rinni egallaydi. Bu yerda: i-ko'rib chiqilayotgan bo'lim tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turining indeksi (mahsulot deganda, korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarni, detallarni, yarim tayyor mahsulotlarni tushunamiz); j -boshqa bo'limlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi indeksi; p -mahsulot turlari soni; aij -boshqa bo'limda - mahsulotning bir birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo'lgan i -mahsulotning xarajat normasi yoki normativ: Yi -i -turdagi tovar (pirovard) mahsulotini ishlab chiqarish rejasi (yordamchi tsexlar yoki sotish uchun mo'ljallangan mahsulotni ishlab chiqaruvchi tsexlar uchun u ko'pincha nolga teng); Xi - i -turdagi mahsulotni berilgan korxona bo'limi tomonidan ishlab chiqarish rejasi; Xj -j -yarim tayyor mahsulotda ishlatilayotgan j -turdagi mahsulotning ishlab chiqarish rejasi. Xi -mahsulot hajmini aniqlash uchun tarmoqning yalpi mahsulotini topishda (1-amaliy mashg'ulotga qarang) kerakli yuqoridagi hisob - kitoblarga o'xshash amallarda ishlatiladi. Qurilish texnik-moliya rejasi 'matritsali modelning 3- bo'limida D, T va F matritsalarini hisoblash zarur. D - korxona bo'limlari bo'yicha tashqaridan kelgan quyidagi moddiy resurslarning kelishi va taqsimlanishini ko'rsatadi: xom ashyo; asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi mahsulotlar va detallar, yoqilg'i, elektr energiyasi va qurilish xizmatlari; T - to'la mehnat matritsasidir. Unda korxona bo'limlari oralig'ida ishchilarning asosiy kasb va malaka guruhlari bo'yicha jonli mehnat koeffitsiyentlari aks ettiriladi; F - to'la fond matritsasidir. Bu matritsa korxona bo'limlari oralig'ida asbob-uskunalar asosiy gruhlarining mashina vaqt sarflarini (xarajatlarini) o'z ichiga oladi. D, T va F matritsa elementlarini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: yoki matritsali ko'rinishida D d x Bu yerda: 1 - moddiy resurs turi indeksi; m -moddiy resurslarning umumiy soni; dej- j - mahsulotning bir birligiga sarflanadigan 1 - turdagi moddiy resurslarning xarajat normasi; De - ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.15 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.15 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc