Qurilish materiallari sanoati Qurilish materiallari sanoati milliy iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari bilan aloqadadir. Zavod va fabrikalar, uy-joylar, yo'llar hamda irrigatsiya inshootlarining ko'plab barpo etilishi bilan qurilishbop materiallarga talab ham ortib boraveradi. Binokorlik uchun muhim bo'lgan sement Quvasoy, Ohangaron, Angren, Navoiy va Bekobod shaharlarida ishlab chiqarilmoqda. Ohangaron va Navoiy sement kombinatlari eng yirik kombinatlar hisoblanadi. Angren gilmoyasi negizida bezakbop oq sement ishlab chiqariladi. O'zbekiston chiroyli va pishiq marmarga boy. Yurtimizda topilgan 34 ta marmar konining 5 tasidan marmar qazib olinmoqda. G'ozg'on koni marmar zaxirasining ko'pligi, yuqori sifatliligi jihatidan jahondagi eng mashhur konlardan biridir. Undan qazib olingan marmar sobiq Ittifoq davrida boshqa mahsulotlar kabi Markazga tashib ketilardi. Moskva, Sankt-Peterburg shaharlaridagi metropolitenlarning ko'plab bekatlari va boshqa inshootlar G'ozg'on marmari bilan bezalgan. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri, «Toshkent», «O'zbekiston», «Toshkent Palace» kabi mehmonxonalar, Toshkent metropoliteni hamda boshqa ko'pgina ulug'vor madaniy-maishiy binolar qurilishiga ham shu kon marmarlari ishlatilgan. Orkutsoy koni Toshkent shahridan 74 km shimoli sharqda joylashgan. Unda qora, oq va kulrang marmar uchraydi. Toshkent va G'azalkent marmar zavodlarida marmarga pardoz beriladi. Qurilish materiallari sanoatiga ta'rif. Qurilish materiallari sanoati boshqa tarmoqlarga nisbatan oldinda borishi kerak, zero usiz Yangi yerlar o'zlashtirilmaydi, korxona va tashkilotlar bunyod etilmaydi. O'zbekiston ko'p tarmoqli qurilish materiallari sanoatiga ega. Bu sanoatning xom ashyo resurslari Respublikaning barcha mintaqalarida juda ko'p miqdorda uchraydi. Nometall xom ashyolardan-dala shpati, asbest, vollastanit, grafit, talk, abrazivlar, gips, sement xom ashyosi, kvars qumlari, g'isht xom ashyosining katta zahiralari mavjud. Jumladan, vollastanitning 50 ga yaqin, grafitning 15 dan ortiq, marmarning 20, grafitning 30 dan ortiq konlari topilgan. Qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlardan topaz, feruza, tog' xrustalli, ametist, nefrit, lazuritlarning ham yirik-yirik zahiralari topilgan. Mustaqillik yillarida qurilish materiallari sanoati ham deyarli qayta qurildi, zamonaviy uskunalar, yangi texnologiya asosida jihozlantirildi. Juda ko'p qo'shma korxonalar paydo bo'ldi. Natijada ko'p miqdorda va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi tez o'sib bormoqda. Mamlakat qurilish materiallari sanoatiga oid korxonalarda sement, sement-asbest, devorbop materiallar, ohak, gips, temir-beton konstruktsiyalari, deraza oynalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq xildagi mahsulotlar tayyorlanadi. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida qurilish materiallari sanoatining hissasi 5,5 foizni tashkil etadi. Respublika qurilish materiallari sanoati tarmoqlari va geografiyasi Qurilish materiallari sanoati o'z ishlab chiqarish xususiyatiga qarab bir qator tarmoqlarga bo'linadi. Sement sanoati. Resupblikadagi qurilish industriyasining birinchi korxonasi 1913 yil qurila boshlagan Xilkova sement zavodi (hozirgi Bekobod sement kombinati)dir. 1927 yili O'zbekistonda hammasi bo'lib 7,7 ming t. sement olishga muvaffaq bo'lingan. Respublikaning sementga bo'lgan ehtiyojini ortishi tufayli 1932 yilda Quvasoy sement ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
136.82 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
136.82 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: ppt