Qurilish materiallari va buyumlari

Qurilish materiallari va buyumlari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qurilish materiallari va buyumlari - rasmi

Material tavsifi

T A Q D I M O T I Qurilish materiallari va buyumlari REJA: 1. Mineral bog'lovchi moddalar haqida umumiy ma'lumotlar. 2. Mineral bog'lovchi moddalarning turlari. Mineral bog'lovchi moddalar haqida umumiy mahlumotlar Mineral bog'lovchi moddalar deb kukun holidagi shunday materiallarga aytiladiki, bunday materiallar suv bilan qorishtirilganda qorishma asta-sekin qota boshlaydi va qattiq holatga o'tadi. Bog'lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil avval su]niy yo'l bilan hosil qilingan ma]lum. Misr, Gretsiya, Rim va Vavilonda ohak qorishmasi va gidravlik ko'shimchalardan tayyorlangan beton inshootlar qadimgi vaqtlardan hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Eramizdan oldingi to'rtinchi asrda kurilgan qadmgi Xorazm chor atrofi halik devorlar bilan urab chiqilgan to'rtta silindrsimon minoradan iborat. Minoralarning usti tekis qilib ishlangan. Bunday inshootlarni qurishda qo'shilmalar bilan ganch qorishmasi va gil tuproqdan pishirilgan yapaloq g'ishtlar hamda tabiiy toshlar ishlatilgan. Qorishma tayyorlashda o'zbek quruvchilari xilma-xil qo'shilmalardan keng foydalanganlar. Jumladan, vulkan shishasi, oq gil (kaolin); hayvon koni, tuxum sarig'i, suyak aklmi, shirali moddalar qorishmaning mustahkamligi va chidamliligini oshiruvchi modda vazifasini o'tadi. Samarqanddagi Ulug'bek madrasasi, Qo'qondagi Xudoyorxon saroyini qurishda bunday qorishmalar bilan birga chang-g'isht qorishmasidan va ohak-g'isht qorishmasidan iborat betonlar ko'p ishlatilgan. X1X asrning oxiri va XX asrning boshlaridan esa sement sanoati tez taraqqiy eta boshladi. Sementning ixtiro qilinishi beton xossalarining yaxshilanishiga, qurilish texnikasida yangi davr ochilishiga olib keldi. Gidrotexnik inshootlar qurish zarurati suvga chidamli bog'lovchi moddalar izlanishni talab etsa, temir-beton konstruksiyalarning qurilishda keng ishlatilishi portlandsementning yangi, tez qotuvchi, mustahkam turlarini yaratish ehtiyojini tug'dirdi. Sementning dengiz suvi tahsirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida yangi sement turi-sulfatga chidamli portlandsement ixtiro qilindi. Hozirgi vaqtda gidrotexnik va transport inshootlarida, temir-beton buyumlar sanoatida, dengiz va okeanda olib boriladigan qurilishlarda, avtomobil yo'llari va aerodrom qurilishlarida, neft va gaz quduqlarini burg'ulashda, asbestsement mahsulotlari, o'tga chidamli beton va boshqalar ishlab chiqarishda maxsus sementlar ishlatilmoqda. Bulardan tashqari, ular har qanday ob-havo sharoitida, yilning turli faslida ishlatilishi mumkin. Mineral bog'lovchi moddalarning turlari Kotish sharoitiga ko'ra mineral bog'lovchi moddalar quyidagi 2 turga bo'linadilar: 1. Havoda qotadigan bog'lovchi moddalar. 2. Havoda va suvda qotadigan bog'lovchi moddalar. 1-guruhga suv bilan qorishtirilgandan keyin faqatgina havoda qotadigan bog'lovchi moddalar kiradi. Bunday bog'lovchi moddalarga havoda qotadigan ohaq va gips bog'lovchilar misol bo'ladi. 2-guruhga mansub bog'lovchi moddalar esa suv bilan qorishtirilgandan so'ng faqatgina havoda emas, balki suvda ham qotish xususiyatiga ega. SHuning uchun ham bu guruhdagi bog'lovchi moddalar gidravlik bog'lovchi moddalar deb ataladi. Bularga gidravlik ohak va sementlar kiradi. Havoda qotadigan ohak ohaktosh, bor dolomitlarni hamda tarkibida SaSO3 bo'lgan va ko'pi bilan 5% miqdorda gil moddalar aralashgan sanoat chiqindilarini kuydirib tayyorlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 46.77 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 46.77 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga