Qurilish materiallarining asosiy xossalari Reja: 1. Materiallarning fizik xossalari. 2. Materiallarning mexanik xossalari. 3. Materiallarning deformativ, texnologik xossalari va korroziyaga chidamliligi. 4. Materiallarning kimyoviy va maxsus xossalari. Qurilish materiallarining barcha xossalari asosan uchta gruppaga bo'linadi: 1) Fizikaviy xossalar. 2) Ximiyaviy xossalar. 3) Mexanik xossalar. Fizikaviy xossalarga - materiallarining zichligi, o'rtacha zichligi, materiallarni suvga nisbatan munosabati, materiallarni issiqlikka nisbatan munosabati hamda materialni tashqi muhit ta'siriga chidamliligi kiradi. Ximiyaviy xossalarga - materialning kislotalar, ishqorlar, gazlar va har xil tuzlar eritmalari ta'siriga chidamliligi kiradi. Mexanik xossalarga - materialning siqilishi, cho'zilishi, urilish, ishqalanish kuchlariga bardosh bera olish qobiliyati va ularning qattiqligi, plastikligi, elastikligi, mo'rtligi kiradi. Materialning fizikaviy xossalari Zichlik - (solishtirma massa) deb, materialning massasini absolyut zich (g'ovaklar va bo'shliqlarsiz) hajmiga bo'lgan nisbatiga aytiladi va quyidagicha ifodalaniladi: ρ = kgm3 ; gcm3 ; bunda ρ - zichlik; m - materialning massasi, g, kg; Va - materialning absolyut zich holatdagi hajmi , sm3, m3. O'rtacha zichligi deb materialning massasini uning tabiiy (g'ovaklari va bo'shliqlarini hisobga olgandagi ) hajm birligiga bo'lgan nisbatiga aytiladi. ρo'rt = kgm3 ; gsm3 ; bunda ρo'rt - hajmiy massa (o'rtacha zichligi) Vt - materialni tabiiy hajmi, m3 ; sm3 G'ovaklik - deb, material hajmida joylashgan g'ovaklar miqdoriga aytiladi. Materialning suvga nisbattan munosabatini namlik gikroskopiklik suv shimuvchanlik suv o'tkazuvchanlik xossalari bilan xarakterlanadi. Suv shimuvchanlik suvni holatiga qarab (suv bug'i yoki suvnikiga) bo'linadi: Gidroskopik suv shimuvchanlik - deb materialning havodagi suv bug'larini o'ziga shimishi va uni o'z g'ovaklarida saqlash xossasiga aytiladi. Materialning gigroskopik suv shimuvchanligi havoning namligi va temperaturasiga, g'ovaklarining o'lchamlari, miqdori va turlari hamda jismlarning (moddalarning) tabiatiga bog'liq. Suv shimuvchanlik deb, materialning suv shimishi va uni o'zida saqlash xossasiga aytiladi. Materialning oddiy suv shimuvchanligi massasi bo'yicha va hajmi bo'yicha bo'ladi. Massasi bo'yicha suv shimuvchanlik quyidagicha aniqlanadi: Hajmi bo'yicha suv shimuvchanlik: Bunda m2 - namunaning suvga to'la to'yingan massasi g, kg. Suv o'tkazuvchanlik - materialning bosim ostida o'zidan suv o'tkazish qobiliyatiga aytiladi. Suv o'tkazuvchanlik 1 m2 yuzaga ega bo'lgan materialning 1 soat davomida qaysi bosim ostida o'zidan suv o'tkazish bilan xarakterlanadi. Materialning yumshash koeffitsiyenti ko'pgina materiallar suv ta'sirida o'z mustahkamligini kamaytiradi. Materialning suvga to'la to'yingan holatdagi mustahkamligini uning quruq holatdagi mustahkamligini uning quruq holatdagi mustahkamligiga nisbati yumshash koeffitsiyenti deb ataladi. Issiqlik o'tkazuvchanlik. Materialning bir yuzasi (sirti) issiq, ikkinchi yuzasi (sirti) sovuq bo'lsa, undan issiq oqim o'ta boshlaydi. Materialning bu xususiyati issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Issiqlik o'tkazuvchanlik koefftsienti temperaturalar farqi 1˚S ga teng bo'lgan holda qalinligi 1 m yuzi 1 m2 ga teng ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.17 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.17 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc