Qurilish statistikasi kursining predmeti, usullari, vazifalari Reja: Qurilish statistikasi haqida tushuncha 2. «Qurilish statistikasi»ning vazifalari 3. Qurilish mahsuloti statistikasi Qurilish statistikasi haqida tushuncha Qurilish ham ishlab chiqaruvchi, ham iste'molchi tarmoqdir. Uning provard mahsuloti ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlarining ishga tushirilishi, ishlab turgan korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash, kengaytirish, ularni zamon talabiga muvofiq qayta qurish hisoblanadi. Qurilish ko'plab tarmoqlar va ishlab chiqarish jabhalari bilan chambarchas bog'langan bo'lib, uning taraqqiyoti hal qiluvchi darajada sanoat taraqqiyotiga bog'liqdir. Qurilish moddiy ishlab chiqarish tarmog'i sifatida alohida ahamiyatga ega. Bu soha, avvalo, mahsulotning o'ziga xosligi, yani yaratilgan joyidan qo'zg'almasligi, hajmi, og'irligi, har turliligi va murakkabligi bilan ajralib turadi. Qurilish ishlab chiqarishi nafaqat qurilish tashkilotlari, balki buyurtmachilar, loyihalash tashkilotlari, materal va konstruksiyalar yetkazib beruvchi korxonalar, rejalashtirish tashkilotlari va boshqa muassasalarga bog'liqdir. «Qurilish statistikasi» miqdor ko'rsatkichlari yordamida tarmoq ishlab chiqarishida namoyon bo'lgan hodisa va jarayonlarning ichki bog'lanish hamda rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi. Qurilishda hosil qilingan mahsulotlarning hajmi, turlari, sifati, mehnat resurslari, ish haqi, mehnat unumdorligi, asosiy va aylanma fondlar kabi iqtisodiy kategoriyalar tarmoq statistikasi tomonidan raqamlar yordamida o'rganiladi. «Statistika» ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan uzviy bog'liq bo'lib, ilmiy asosga ega reja ko'rsatkichlari, statistik ko'rsatkichlar yordamida belgilanadi. 2. «Qurilish statistikasi»ning vazifalari Bozor iqtisodiyotining samaradorligi, ko'p qirraligi va taraqqiyoti mamlakat hamda viloyat miqyosida investitsiya siyosatining qanchalik bajarilishga bog'liq. Kapital qurilish ishining yaxshilanishi kapital qo'yilma samaradorligining oshirilishini talab etadi. Qurilish xalq xo'jaligining boshqa sohalari kabi faqat qo'shimcha kuch va zahiralarni jalb etish hisobiga rivojlanishi mumkin emas. Bugungi kun vazifasi ishlab chiqarish zahiralari, mashina va jihozlar hamda kapital qo'yilmaning har bir so'midan to'liq va imkoniyati boricha maqsadga muvofiq foydalanishdir. «Qurilish statistikasi»ning vazifalariga asosan ishlab chiqarish samaradorligini o'rganish, ishlab chiqarishning ichki manbalarini aniqlash, ishlab chiqarishda erishilgan yutuq va kamchiliklarni aniq ma'lumotlarda ko'rsatish, ishlab chiqarish bo'yicha olingan natijalarni taqqoslash va boshqalar kiradi. Qurilish mahsuloti kapital qo'yilma bilan uzviy bog'liqdir. Kapital qo'yilma deganda davlat tomonidan qurilishga va uskunalarni sotib olish uchun ajratiladigan mablag' (pul) tushuniladi. Demak, kapital qo'yilma kapital ishlar va tayyor asosiy fondlar predmetlarini sotib olish uchun ishlatiladi. Qurilish ishlari kapital ishlarning bir qismi bo'lib, imoratlar va inshootlar qurishdan iboratdir. 3. Qurilish mahsuloti statistikasi Qurilish ishlab chiqarishi faoliyati natijasida yaratilgan moddiy buyumlar yig'indisi qurilish mahsuloti hisoblanadi. Shunga ko'ra, qurilish mahsulotiga binolar hamda inshootlarning kapital ta'mirlash ishlari qiymati kiradi. Qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish ko'chmas xarakterga ega bo'lib, u yaratilgan joyida qoladi. Qurilish mahsuloti o'zining tayyorligi darajasi bo'yicha tayyor qurilish obyektlari, tugallanmagan qurilish va ishlab chiqarishga bo'linadi. Tayyor qurilish obyektlari - ekspluatatsiyaga topshirilgan obyektlardir. Qurilish obyekti ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.5 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.5 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: doc