Qurilishda investitsiya bozori statistikasi

Qurilishda investitsiya bozori statistikasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qurilishda investitsiya bozori statistikasi - rasmi

Material tavsifi

Qurilishda investitsiya bozori statistikasi Reja: «Investitsiya» tushunchasi Investitsiya statistikasi ko'rsatkichlar tizimi Kapital hosil qiluvchi investitsiyalar Qurilish faoliyati Xorijiy investitsiyalar Moliyaviy investitsiyalar Investitsiya xatarini baholash «Investitsiya» tushunchasi Investitsiya, deganda iqtisodiyotda turli shakldagi moddiy ishlab chiqarish va moliyaviy aktivlarga bo'sh turgan pul mablag'larining kapital qo'yilmasi tushiniladi. «Investitsiya» so'zining o'zi hamma turdagi kapitallar, ularga tenglashtirilgan qo'yilmalar (kapital hosil qiluvchi investitsiyalarni), istemol (uzoq davr foydalanadigan predmet va ko'chmas mulkka qo'yilmalarni), ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari nomoddiy aktivlari (intelektual investitsiyalar, mulkchilik, huququy va shunga o'xshashlarni), qimmatbaho qog'ozlar yo'naltirilgan investitsiyalarni (moliyaviy investitsiyalar) bildiradi. Statistikaning vazifalariga investitsiyalarning hajmi, tarkibi va dinamikasini xarakterlash, investitsiya jarayonlarini amalga oshirishga yo'naltirilgan mablag'lar manbalari va o'lchamini o'rganish, faoliyatni amalga oshirish shakllari va uslublarini, investitsiyaning samaradorligini tahlil qilish va statistik ko'rsatkichlar orqali investitsiyalar xavf - xatarini baholash kabilar kiradi. «Statistika» obyekti sifatida investitsiyalar, uning alohida turlari, hosil bo'lish manbalari, foydalanish yo'nalishlari, qoplash shakllari va muddatlari bir butun holda o'rganiladi. «Statistika»da mahalliy va xorijiy, asosiy kapital, aylanma mablag'lar, yaxlit kapital qurilishga, uy-joy, ijtimoiy-madaniy qurilishga, mulk shakllari bo'yicha, hududiy subyektlar, vazirlik va boshqarmalar hamda iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha investitsiyalar alohida holda o'rganiladi. Shu bilan birga, asosiy fondlarning texnologik va takror hosil qilinishi tarkibi, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarining joriy qilinishi o'rganiladi, kapital qurilish va qurilish faoliyatiga doir masalalar tahlil etiladi. Albatta, investitsiya statistikasi umumiy iqtisodiy o'sish suratlarini ularning nisbatlari bilan o'zaro bog'liqlikda, investitsiya faoliyatining ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlarini aniq zamon, makon va sharoitda baholash orqali o'rganadi. Investitsiya statistikasi ko'rsatkichlar tizimi Investitsiya faoliyatining ko'rsatkichlar tizimida kapital qo'yilmalar va kapital qurilish ko'rsatkichlari markaziy o'rinni egallaydi. Investitsiya faoliyatining hajmlari, suratlari, nisbatlari va o'zaro bog'liqligini xarakterlovchi ko'rsatkichlar tizimi quyidagi asosiy guruh va guruhchalarga bo'linadi: Kapital hosil qiluvchi investitsiyalar - kapital qurilishning asosiy ko'rsatkichlari - asosiy fondlarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ahamiyatidagi obyektlar kapital qurilishning asosiy ko'rsatkichlari -asosiy fondlarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ishlab chiqarish qurilishiga kapital mablag' qo'yilmalari, pudrat ishlari hajmi; - kapital mablag'lar indekslari; - kapital mablag'larning iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlaridagi ulushi; - kapital mablag'larni moliyalashtirish manbalari bo'yicha taqsimlash; - kapital mablag'larning iqtisodiyot va sanoat tarmoqlari bo'yicha tarkibi; - kapital mablag'larning ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar bo'yicha takror ishlab chiqarish tarkibi; - yangi korxonalarni qurish, ishlab turganlarni kengaytirish va qayta qurish hisobiga muhim ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solish. Qurilish faoliyati - qurilish tashkilotlari soni; - qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan pudrat ishlarining jami, shu jumladan mulkchilik shakllari bo'yicha; - pudrat ishlari hajmi indekslari; - qurilish tashkilotlarining ixtisoslashuvi; - qurilish tashkilotlarida ishlovchilar soni va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.3 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.3 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga