Qurilishda ishchi kuchi va ish vaqti statistikasi

Qurilishda ishchi kuchi va ish vaqti statistikasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qurilishda ishchi kuchi va ish vaqti statistikasi - rasmi

Material tavsifi

Qurilishda ishchi kuchi va ish vaqti statistikasi Reja: Qurilishda mehnat resurslarining soni va tuzilishini xarakterlash Qurilishda xodimlar soni va qurilish ishlab chiqarishi ishchilar bilan ta'minlanishini statistik o'rganish Ish vaqti hisobi va undan foydalanish ko'rsatkichlarini aniqlash 1. Qurilishda mehnat resurslarining soni va tuzilishini xarakterlash Ish joylariga qarab hamma xodimlar quyidagicha taqsimlanadi: - asosiy ishlab chiqarish sohasidagilar; - yordamchi xo'jaliklardagilar; - ularga xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklar. Kuzatuvchilar - ishlab chiqarishda rahbarlik qiluvchi va boshqa maxsus texnik-iqtisodiy bilimlarni talab qiluvchi funksiyalar; xodimlar - ish yurituvchi, hisob-kitob, ta'minot funksiyalarini bajaruvchi shaxslar; kichik xizmatchilar - xonalarni isitish, yig'ishtirish va boshqa ishlarni bajaruvchilar; qo'riqlovchi xodimlar - qorovullik, yong'indan saqlovchi xodimlardir. Birinchi guruhga asosiy ishlab chiqarishda bevosita va qisman ishtirok etuvchilar kiritiladi. Bunga qurilish-montaj ishchilari, yani bino va inshoatlarni tiklovchi ishchilar, qurilish korxonalarining, KQB (kapital qurilish bo'lim)larining, KQB (kapital qurilish boshqarma) larining rahbar xodimlari, xizmat ko'rsatuvchi xo'jalik xodimlari va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga yordamchi xo'jalik xodimlari kiradi. Bu xo'jaliklar mustaqil balansga ega bo'lmagan korxona hisobida bo'lib, sanoat-qurilish xom ashyolarini ishlab chiqaruvchilardir (karerlar, beton-qorishma nuqtalari, yog'och arralovchi, elektr stansiyalar va boshqalar). Uchunchi guruhga ko'p miqdordagi xizmat ko'rsatuvchi ishlab chiqarish xo'jaliklari (transport korxonalari, yig'uvchi boshqarmalar, loyiha-smeta guruhlari va boshqalar) va ishlab chiqarish xarakteridagi obyektlar kiradi (uy-joy kommunal xo'jaliklari, poliklinikalar, klublar, bolalar bog'chalari va boshqalar). Malakali xodimlar ishlab chiqarish funksiyalariga qarab quyidagi kategoriyalarga bo'linadi: ishchilar - mahsulot ishlab chiqaruvchi shaxslar; texnik-muhandis xodimlar - texnologik jarayonni tayyorlovchi va boshqa xizmatchilar. Qurilish statistikasi asosiy etiborni xodimlarga qaratadi. Xodimlar tarkibini kasbi va malakasiga qarab o'rganish va ularni o'zgartirish, qurilish tashkilotlarining ish tartibini rejalashtirish va tekshirish hamda ishchi kadrlarni tayorlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ishchi kadrlarning kasbiy va malaka tarkibini yaratishda ilmiy-texnika taraqqiyoti bevosita ta'sir etadi. Ushbu jarayonni o'rganish rejalashtirishda zarur bo'lib, ishchilar tarkibining o'sib etishishidagi muhim omillardan biridir. Ishchilar malakasini statistik o'rganish ularning o'z mahorat va bilimlarini turli ishlab chiqarishda qay darajada ishlata bilish bo'yicha zaruriy ma'lumotlar beradi. Malaka darajasining statistik o'rni ko'rsatmada xodimlar soni yoki ularning nisbiy miqdori shu darajadagi yoki razryaddagi xodimlar umumiy sonining ta'rif turida namoyon bo'ladi. 2. Qurilishda xodimlar soni va qurilish ishlab chiqarishi ishchilar bilan ta'minlanishini statistik o'rganish Xodimlar tarkibini o'rganish ularning sonini aniqlash bilan o'zviy bog'liq. Xodimlar soni quyidagi kategoriyalar bo'yicha ajratiladi: ro'yxatdagi ishchilar soni, ishga kelganlar soni, amalda ishlagan ishchilar soni. Oxirgi ikki kategoriya ko'pincha ishchilar uchun qo'llaniladi. Ro'yxatdagi ishchilar soniga shu kungacha va bir necha kunga ishga qabul qilingan doimiy, vaqtinchalik, mavsumiy ishlardagi hamma ishchilar kiradi. Ishchilarning ro'yxati ularning ishga chiqqan va ishlagan-ishlamaganidan qati nazar tuziladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.89 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.89 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga