Qurilishda mahsulot tannarxi statistikasi Reja: Qurilishda mahsulot tannarxi haqida tushuncha 2. Qurilish tannarxi turlari va uning tarkibini statistik o'rganish 3. Qurilish tannarxi darajasi va dinamikasining statistik ko'rsatkichlari Qurilishda mahsulot tannarxi haqida tushuncha Mahsulot tannarxi - pul shaklida ifodalangan mahsulotni ishlab chiqarish va iste'molchiga yetkazib berish bilan bog'liq xarajatlardir. Mahsulot tannarxi - korxonalar va birlashmalarning ish samaradorligini belgilovchi ko'rsatkich. xalq xo'jaligi sohalarining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi xarajat ayrim elementlarining o'zaro nisbati mahsulot tannarxining tuzilishini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish tannarxi tsexning mahsulot tannarxini va umumzavod chiqimlarini o'z ichiga oladi. Ayirim korxonalar xarajatlarini ifodalab, yakka bo'lishi, shuningdek, tarmoqlarda mahsulot tayyorlashga ketgan o'rtacha xarajatlarni belgilovchi tarmoqning o'rtacha tannarxi mahsulotning ulgurji bahosini o'rnatish uchun asos bo'ladi. Tannarxning kamayishi moddiylashgan mehnat iqtisodini ifodalaydi, foydaning ko'payishini ta'minlaydi, ulgurji va chakana baholarning kamayishi imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish hajmlarining ortib borishi bilan tannarxning kamayishi muhim ahamiyat kasb etmoqda va katta samara bermoqda. Tannarxni kamaytirishning asosiy yo'llari: mehnatni tashkil qilish usullarini takomillashtirish, ishlab chiqarish kuchlari va jamg'armalaridan foydalanishni yaxshilash, har bir ish joyida, bo'limlarda moddiy manbalarni iqtisod qilish, boshqarish va xizmat ko'rsatish xarajatlarini kamaytirish hamda yo'qotish, ishlab chiqarishdan tashqari sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish. Shuningdek: 1. Zarar bo'lgan ishlab chiqarish xarajatlari darajasi va dinamikasini aniqlash. 2. Tannarx darajasining tarkibi va dinamikasini o'rganish. 3. Tannarx tarkibini tahlil qilish va uning darajasiga ta'sir etuvchi omillarni statistik baholash. 2. Qurilish tannarxi turlari va uning tarkibini statistik o'rganish Qurilish mahsuloti tannarxini o'rganishda guruhlash usulidan keng foydalanamiz. Mahsulot tannarxi iqtisodiy elementlar va kalkulyatsiya moddalari bo'yicha guruhlanadi. Iqtisodiy elementlar bo'yicha xarajatlarni guruhlashda ularni ishlab chiqarish, mahsulot qiymatini yaratish jarayonlarida qatnashish roliga etibor beriladi. Shunga binoan buyumlashgan mehnat xarajatlari alohida, jonli mehnat xarajatlari alohida ko'rsatiladi. A. Buyumlashgan mehnat xarajatlari Aylanma fondlar. Xom ashyo va materiallar. Yordamchi materiallari. Yoqilg'i. Ishlab chiqarish xizmatlari uchun to'lovlar. II.Asosiy fondlar. Amortizatsiya. Tez eskiruvchi asosiy uskunalarning amortizatsiyasi. B. Jonli mehnat xarajatlari: Asosiy va qo'shimcha ish haqi. Mehnat haqi. V.Sof daromaddan ajratmalar. Ijtimoiy sug'o'rta fondiga ajratmalar. Mutaxassislar (kadrlar) tayyorlash uchun xarajatlar. Uy-joy va kommunal xo'jalikda ko'rilgan zararni qoplash. Qo'shimcha mahsulot xarajatlaridan to'lanadigan va mahsulot tannarxiga qo'shiladigan xarajatlar(qurilish mahsuloti tannarxining iqtisodiy tarkibi). Ishlab chiqarish faoliyatini nazorat qilish uchun qancha narsa ishlatilgani va nima uchun ishlatilganini bilish lozim. Bu vazifalar, xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo'yicha guruhlash orqali amalga oshiriladi. Kalkulyatsiya moddalari bo'yicha qurilish tannarxi to'g'ri va kompleks (bilvosita) xarajatlarga bo'linadi. To'g'ri xarajatlar to'g'ridan-to'g'ri mahsulotlarga qilingan xarajatlardir. Kompleks xarajatlar esa butun ishlab chiqarishga tegishli bo'lib, ular, odatda, to'g'ri xarajatlarning mahsulot tannarxi salmog'iga qarab taqsimlanadi. Qurilish tannarxi tarkibi kalkulyatsiya ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.67 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.67 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: doc