Qurilishda mehnat predmeti statistikasi

Qurilishda mehnat predmeti statistikasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qurilishda mehnat predmeti statistikasi - rasmi

Material tavsifi

Qurilishda mehnat predmeti statistikasi Reja: Mehnat predmeti statistikasining vazifasi Qurilish materiallari balansi Materiallarning hajmi va tarkibini statistik o'rganish urilish ishlab chiqarishini materiallar bilan ta'minlash ko'rsatkichi Mehnat predmeti statistikasining vazifasi Qurilishda mehnat predmetlariga konstruksiya, detallar yoqilg'i, elektroenergiya va boshqa elementlar kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida aylanma fondlar shaklida ishtirok etadi. Qurilishni material va yoqilg'i energetika resurslari bilan ta'minlash ko'p omillarga bog'liq. Bulardan eng muhimi qurilish ishlab chiqarishi uchun eng zarur bo'lgan material va yoqilg'ini uzluksiz yetkazib turish hisoblanadi. Qurilish statistikasi, ta'minot va mehnat predmetlaridan foydalanish sohasida quyidagi vazifalarni echadi: qurilish tashkilotlaridagi materiallarning tarkibi va hajmini o'rganish; materiallarning etkazilishi va sarflanishini o'rganish; qurilish ishlab chiqarishining materiallar bilan ta'minlanishiga tavsif berish; Materiallarning holati va harakatiga har taraflama baho berishda materiallar balansidan foydalaniladi. Balans ikki qismdan iborat bo'ladi: resurslar va materiallarning tanqisligi. Ular muhim qurilish materiallari uchun natura shaklida tuziladi, masalan, tsementga, metallga, shifer va hoka'zolarga. Balansga doir misol keltiramiz, qurilish korxonasiga aprel oyida qabul qilingan va sarflangan shiferlar haqida quydagicha ma'lumot berilgan: Qurilish materiallari balansi Materiallar etkazishning o'rtacha chastotasi quyidagi formula orqali hisoblanadi: Bu yerda: Tn- kalendar davrning davomiyligi; n- hisob davridagi materiallar yetkazish soni. Yetkazilgan materialning haqiqiy o'rtacha hajmi esa quyidagi formula orqali aniqlanadi: Bu yerda: M- hisob davrida etkazilgan material hajmi. Misol keltiramiz, qurilish korxonasi sentyabr oyida quyidagi hajmlarda bloklar qabul qilgan (donada): 2 sentyabrda - 140; 6 sentyabrda - 84; 11 sentyabrda - 28; 18 sentyabrda - 162; 29 sentyabrda - 76. Reja bo'yicha etkazishlar soni- 6 ta, etkazishlar oralig'i - 5 kun. Misolimizda davr mobaynida barcha etkazishlar davomiyligi: 30-2q28 kun Setyabr oyida 5 marta material etkazilgan. Bu yerda o'rtacha etkazishlar chastotasi Materiallar etkazishning o'rtacha hajmi Materiallarning hajmi va tarkibini statistik o'rganish Materiallardan ishlab chiqarishda foydalanilishini o'rganish, ularning norma bo'yicha sarflanishini tahlil qilish mehnat predmeti statistikasining muhim vazifalaridan biridir, shuningdek, u materiallar harakatiga tavsif ham beradi. Qurilishdagi barcha mehnat predmetlari ishlab chiqarish jarayonida taqsimlanishi bo'yicha 3 guruhga bo'linadi: uskunalar uchun asbob-anjomlar; materiallar; kambaholi va tez eskiruvchi predmetlar. Uskunalar uchun asbob-anjomlar - ishchilar tomonidan ishlab chiqarish jarayonida o'rnatiladigan va tuzatiladigan vositalardir. Masalan, tokarlik, frezerlik, o'yuvchi va metallga ishlov beradigan boshqa stanoklar. Materiallar, bular tayyor mahsulot shakliga o'tadigan yoki ularni tayyorlashda qatnashadigan predmet hisoblanadi. Materiallar ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan funksiyasiga qarab asosiy va yordamchi materiallarga bo'linadi. 1)Asosiy materiallarga ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi va tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi mehnat predmetlari kiradi. Masalan, bloklar, panellar, yog'och materiallari, shifer va hoka'zolar. Asosiy materiallar ikki guruhga bo'linadi: a)oddiy qurilish materiallari. Ular qurilishda har doim qo'llanadigan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.4 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.4 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga