Qurilishda quvvatlar va asosiy fondlar statistikasi

Qurilishda quvvatlar va asosiy fondlar statistikasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Qurilishda quvvatlar va asosiy fondlar statistikasi - rasmi

Material tavsifi

Qurilishda quvvatlar va asosiy fondlar statistikasi Reja: Asosiy fondlar va quvvatlarni ishga tushirish statistikasi, uning asosiy vazifalari obyektlarni va quvvatlarni ishga tushirishning natural ko'rinishdagi hisobi Asosiy fondlar tasnifi va ularni baholash usullari Asosiy fondlarning eskirishi, amortizatsiya va ulardan foydalanishni ifodalovchi ko'rsatkichlar Kapital qurilmaning oxirgi natijasi kapital qo'yilmalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish korxonalarini qurib bitkazish, ishlab chiqarish quvvatlarini, temir yo'l va yo'l qurilishi, turarjoy va boshqa obyektlarni qurib bitkazish hisoblanadi. Asosiy fondlar statistikasining vazifalari quydagilarni o'z ichiga oladi. asosiy fondlar va quvvatlarni ishga tushirish hajmini natural va qiymat ko'rinishida tavsiflovchi ko'rsatkichlarni ishlab chiqarish va tahlil qilish; ularning rejasi bajarilishini va dinamikasini o'rganish; qurilish ishlari va asosiy fondlarning davomiylik ko'rsatkichlarini ishlab chiqish; ishga tushirish dinamikasi va reja bajarilishini kompleks tahlil qilish; ularning tannarxi pasayishi va sifatini oshirish imkoniyatlarini izlab topish kabilar. Uning vazifalarini ko'rib chiqish bilan birgalikda obyektlarni ishga tushirishning iqtisodiy mazmuniga aniqlik kiritadigan bo'lsak, statistikada u loyiha bo'yicha qurilish obyektlari va qurilish komplekslarining asosiy fondlar tariqasida ishga tushirilishi bilan tavsiya etiladi. Uning tayyorlik darajasi esa qurilish obyekti va qurilish komplekslaridagi barcha payvand ishlari va texnik uskunalarning to'liq o'rnatilganligi, yani obyektning loyiha bo'yicha to'liq mahsulot ishlab chiqarish uchun tayyorligi bilan belgilanadi. Amalda esa kapital qurilish to'liq va qisman ishga tushirilishi bilan farqlanadi. To'liq ishga tushirish - bu, obyektning to'la qurib bitkazilishi va ishga tushirilishidir. Qisman ishga tushirish esa loyiha bo'yicha qisman navbat bilan ishga tushirishdir, yani bir mahsulotni ishlab chiqarishda bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan tsexlarning ishga tushirilishi. Asosiy fondlar va quvvatlarni ishga tushirishning tugatilishi quruvchilar tomonidan hisobga olib boriladi. obyektlarning qabul qilinishi va ishga tushirilishi qurilish normativlari asosida davlat qabul komissiyasi aktiga binoan amalga oshiriladi. obyektlarni va quvvatlarni ishga tushirishning natural ko'rinishdagi hisobi Davlat kapital qo'yilmalar rejasining asosiy ko'rsatkichi asosiy fondlar va quvvatlarni ishga tushirish hisoblanadi. Bu ko'rsatkichlar natijasida reja bajarilishini baholashda asosiy fondlar va quvvatlarning ishga tushirilish hajmini to'g'ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. obyektlarning ishga tushirilishi hajmi natural va pul shaklida ifodalanishi mumkin. Bu har qaysi o'lchov birligi o'ziga mustaqil hisoblanib, statistikada iqtisodiy masalalarni hal qilishga yordam beradi. Asosiy fondlar va quvvatlarni ishga tushirishning natural hisobi asosan xalq xo'jaligidagi moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida rejalashtirish, nazorat qilish va tarmoqlarning proportsional rivojlanishini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda qancha va qay darajada metall, energiya, avtomobil, stanoklar, qishloq xo'jalik mashinalari, qancha yo'l qurilish ishlari, uy-joy, maktab, kasalxona va boshqalar ishlab chiqarish obyektlari aniq sonini bilish imkonini beradi. Shu bilan birgalikda natural hisob xalqaro taqqoslash imkonini ham beradi. Masalan, yil davomida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.84 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.84 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga