Mustaqil ish Quvurlar, armatura, tayanchlar, kompensatorlar QUVURLAR, ARMATURA, TAYANCHLAR, KOMPENSATORLAR. Issiqlik tarmoqlarida gaz va elektr payvandlash usuli bilan ulanadigan po'lat quvurlar qo'llaniladi. Po'lat quvurlardan, asosan, elektr payvandli to'g'ri va spiralsimon chokli va choksiz, issiq va sovuqqa deformatsiyalanadigan, 3, 4, 5, 10, 20 markali va past legirlangan po'latdan yasalgan quvurlardan foydalaniladi. Elektr payvandli quvurlar shartli diametri 1400 mm gacha, choksizligi esa 400 mm gacha chiqariladi. Issiq suv ta'minoti tarmoqlarida, shuningdek, suv gaz uzatishda po'lat quvurlar qo'llanilishi mumkin. 8-rasm. Suriluvchan shpindelli po'lat ponasimon zulfin: a-bir diskli; b- ikki djskli elektr uzatmali; d-ikki diskcli flanessiz; 1-zulfin korpusidagi zichlovchi halqa; 2-aylanib o'tish yo'li; 3-maxovik; 4-gayka; 5-salnikli zichlagich; 6-shpindel; 7-korpus; 8-zichlashtiruvchi pona; 9-bo'shatuvchi pona; L-zulfinning qurilish uzunlig; Quvular va berkitish-rostlash armaturalari shartli bosim Рshart va shartli diametrlar Dshart bo'yicha tanlanishi. Shartli bosim Psh deganda, 20°C haroratda uzoq vaqt davomida quvur yoki armatura ishlatilishi ruxsat etilgan eng yuqori ortiqcha bosim tushuniladi. Issiqlik tashuvchisini harorati o'sishi bilan ruxsat etilgan bosim kamayadi va bu haqiqiy ruxsat etilgan bosim ishchi bosim deyiladi. Ishchi Pish bosim bilan shartli bosim orasidagi bog'lanish: Pish =Psh ; bu yerda -haroratga ko'ra qabul qilinadigan koeffisiyent Shartli diametr Dsh quvur yoki armaturaning nominal ichki diametrini bildiradi. Ma'lum bir shartli diametrga ega bo'lgan quvurlar doimiy tashqi diametr DT ga va turli xil devor qalinligi S va ichki diametri Dsh ega bo'ladi. Masalan, Dsh=400 mm. li quvurning tashqi diametri DT=426 mm ga, devor qalinligi S=9 mm bo'lganda ichki diametri Di=408 mm ga va S=6 mm. bo'lganda Di =414 mm ga teng bo'ladi. Quvurlarning talab etilgan devor qalinligi issiqlik tashuvchisining Ichki (ishchi) bosimiga qarab aniqlanadi: bu yerda: Pish- issiqlik tashuvchisining ishchi bosimi, Pa; DT -quvurning tashqi diametri, mm; - quvur matyerialining issiqlik tashuvchisining ishchi haroratidagi ruxsat etilgan zo'riqishi, Pa; -chokning mustahkamligi koeffisiyenti; с - quvurning hisobiy qalinligiga qo'shimcha, mm. Tayanchlar. Tayanchlar o'z vazifasiga ko'ra qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas turiarga bo'Iinadi. Qo'zg'aluvchan tayanchlar (9-rasm) issiqlik quvurining faqat og'irligini qabul qiladi va unga qurilish konstruksiyasida erkin siljishida imkon beradi.Qo'zg'aluvchan tayanchlar issiqlik tarmoqlarning turli xil o'tkazilishida qo'llanlladi, faqat kanalsiz o'tkazishda ishlatilmaydi Qozg'almas tayanchlar (10-rasm) issiqlik quvurlarni ichki bosim va harorat deformatsiyasidan hosil bo'ladigan kuchlanishlar bo'yicha bir-biriga bog'liq bo'lmagan qismlar (uchastkalar)ga bo'lish uchun xizmat qiladi. Bu holda kuchlanishlarni tarmoq uzunligi bo'yicha ortib borishining, jihozlar va armaturaga ko'rsatadigan ta'sirining oldi olinadi. Qo'zg'almas tayanchlar, odatda, po'lat yoki temir-betondan yasaladi. Po'latli qo'zg'almas tayanchlar (10-rasm, a,b) odatda, po'latli yuk ko'taruvchi konstruksiyalar (balka yoki shvellyer) ko'rinishiga ega bo'lib, trubaga payvandlangan tirsaklar orasida joylashtiriladi 9-rasm. Qo'zg'aluvchan tayanchlar: ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: pptx