Rezervuar, gazgolderlar va boshqa inshootlarni barpo etish texnologiyasi Reja: 1. Rezervuarlar haqida ma'lumot, ularning konstruktiv yechimlari. 2. Gazgolderlar haqida ma'lumot, ularning konstruktiv yechimlari. 3. Rezervuar va gazgolderlarning barpo etish texnologiyasi. 4. havo tortish kuvurlarini barpo etish. Kupchilik inshootlar yigma temir-beton, metall va aralash (metal va temir-beton) konstruksiyalardan barpo etiladi. Rezervuar suv, neft mahsuloti, okava suvlarni asrash va tozalash uchun xizmat qiladi. Rezervuarlar va boshqa idishsimon inshootlar yer ichida (tepasi ochiq) va yer ostida yigma temir - betondan tayyorlanadi. Namunaviy silindrik rezervuarlar xajmi 5, 10, 20 va 30 ming m3, diametri 66 m gacha, to'g'ri turtburchakli rezervuarlar plandagi o'lchami 26x36 m, 48-84 m bo'lishi mumkin. Ichki xonaning balandligi 7-10 m gacha bo'ladi. Rezervuarlar osti betonlanadi, ustun osti poydevorlari kurilib, ustunlar va ular bo'yicha tusinlar montaj kilinib, tusinlar bo'yicha plitalar urnatiladi. Rezervuar devorlari yigma temir-beton devor panellaridan yigiladi. Choklar betonlanadi. Suv sovutish inshooti (gradirnya) konus eki giperbolik shaklida bo'lib, 50-150 m balandlikda (kuma betondan) va to'g'ri burchakli shakldagi inshootlari 4x8 dan 12x48m gacha o'lchamda temir - beton karkasdan tiklanadi. Suv bosimini ta'minlaydigan minora silindrik eki chambaraksimon tayanch kismdan, poydevor va rezervuardan iborat. Inshootning silindrik tayanch kismi temir-beton eki metall halqalardan tiklanadi. Chambaraksimon tayanch kism xam temir-beton eki metalldan qurilishi mumkin. Gazgolderlar 30 ming m3 gacha xajmga ega bo'lib, har xil gazlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Gazgolderlar asosan 3 kismdan iborat: silindrik rezervuar (suv bilan tuldirilgan), teleskopik zvenolar va kungirok (kolokol). Gazning chikib ketishini oldini olish uchun qismlari orasiga tusik (zatvor) kuyiladi. Gazgolderlarda bosimi 0,251,8 mPa bo'lgan suyuqliklar, gazlar saqlanadi. silindrik rezervuarlarni metall listlardan tiklash texnologiyasi bilan tanishaylik. Rezervuar oldindan tayyorlangan, eni rezervuar balandligi bilan teng bo'lgan metall list uramalarda quyidagi tartibda kuriladi. qurilish maydoniga keltirilgan rulon kranda tushirilib, kiya qilib qo'yilgan tusinlar bo'yicha ikki traktorda tortilib kelinadi. Birinchisi tortsa, ikkinchisi rulonning tez dumalab ketishini oldini olish maqsadida orkaga tortib turadi, traylerga yuklab montaj zonasiga keltiriladi. Oldindan tayyorlangan, rezervuar osti uchun mo'ljallangan rulon ochilib bir-birini ustiga minadigan qilib tashlanadi (v naxlestku), payvandlanadi.Metall asos ustiga devor uchun rulon keltirib urnatiladi. Asosda devorning konturi bo'yicha orasi 1 m dan burchaklik (ugolnik) payvandlanib chikiladi. Rulonning balandlik bo'yicha o'rtasidan pastrokdan moslama tayyorlanib traktorga ildiriladi. Bir vaqtning uzida kran (Q=50 t) rulonning ramasidan tutib kutaradi, yerdan uzilgan rulonni traktor tortib ochadi. Rulonning ochilgan kismi asosga oldindan payvandlanib qo'yilgan bur chakliklarga borib tiraladi. Rulon payvandlanadi. Rulonning tepa kismi rezervuar o'rtasiga urnatilgan ustunga maxkamlanadi. Rezer vuarning tom kismi xam devorlari bilan birgalikda tiklanib boriladi. Shu tartibda, bir urinishda rulonning 3-4 ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
85.86 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
85.86 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: doc