Roman davri arxitekturasi

Roman davri arxitekturasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Roman davri arxitekturasi - rasmi

Material tavsifi

Roman davri arxitekturasi Buyuk Karl imperiyasi uzoqqa cho'zilmadi. Uning inqirozi inperator hayot vaqtida boshlandi. Vafotidan so'ng uning o'g'il va nabiralari orasidagi nizoning kuchayishi mamlakat osoyishtaligini buzdi. Atrofdan kuchmanchilar xujumi ham xalq boshiga oqir kulfatlar keltirdi. Bu davrdan boshlab san'at taraqqiyoti ham susaydi. Ilgari qurilgan binolar xarobaga aylana bordi. Nodir arxitektura yodgorliklari talandi yoki yo'q bo'lib ketdi. Fakat X asr oxirlaridan boshlab, Yevropada hayot iziga tusha boshladi. Ko'pkina erlarda feodal munosabatlar shakillanib bo'ldi. san'at arxitektura taraqqiyoti yangi bosqichga ko'tarila boshladi. X-XP asrlarni o'z ichiga olgan bu taraqqiyot bosqichi Roman asri memorligi deb yuritiladi. Bu davr «Roman arxitekturasi» termini ilmiy manbalarda 1825 yili fransuz arxeologi Arniss Komon tomonidan qarb Yevropamemorchiligini bildiruvchi omil sifatida qo'llanildi. Bu davr Yevropaijtimoiy hayotida cherkovning roli katta edi. Ayniqsa, Fransiya, Angliya, Germaniya, Ispaniyada yirik qurilish va u bilan boqliq bo'lgan san'at turlari cherkov buyurtmasi bilan yaratildi. Roman davrida memorchilik o'rnini egallaydi. Roman uslubidagi bino birmuncha, past ko'rinishi jiddiy va oqir. Uning devorlari ham qalin va mustahkam, eshik, deraza va darvozalari ensiz. Funksional va dekorativ maqsadda qo'llanilgan ustunlar ham dag'al va yo'g'on bo'lgan. Roman memorchiligiga mos bo'lgan bu xususiyatlar o'ziga xos ko'rinishga, xarakteri va kishiga beradigan psixologik ta'sirini belgilaydi. Roman davri memorchiligining yana bir xususiyati uning ichki devorlarida tekis yuzaning serobligidir. Bu xususiyat esa monumental rang-tasvirning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. XI asrda bu davr o'zining eng gullagan davrini boshidan kechirdi. Vitraj ham memorchilikning ajralmas qismiga aylanji. Bu davrda haykaltoroshlik memorlik bilan boqliq holda rivojlandi. Binoning peshtoq, ustun va kapitellari, devordagi maxsus tokchalar haykaltoroshlik san'ati bilan bezatilgan. Miniatyura va mayda haykaltoroshlik ham memorchilik ta'sirida bo'ldi. Roman memorchiligi uslubining fuqoro qurilishiga ta'siri katta bo'ldi. «Roman» iborasi shartli bo'lib, lotincha «rimniki» degan so'zdan olingan, bu davr memorchiligida rim memorchiligida keng qo'llanilgan shakllar ishlatilganligini bildiradi deb taxmin qilinadi. Roman memorchiligi Korolinglar davri yutuqlariga tayangan holda rivojdangan bo'lsa ham lekin uning ko'rinishiga mahalliy sharoit o'rniga qarab antika, Vizantiya hamda arab mamlakatlari memorchiligining ta'siri bo'ldi. Feodal tarqoqlik esa roman memorchiligida juda ko'p mahalliy maktablarning yuzaga kelishi va musobaqasiga sabab bo'ldi. Bu maktablar kanchalik rang-barang bo'lmasin, ularning asosida yagona prinsiplpr borligini inkor etib bo'lmaydi. Bu xol plan va konstruksiyada dekorativ shakllar xarakterida ko'rinadi. Bu davr binolari toshdan yaratilgan bo'lib, qurilishda bazilika tipi asosiy o'rinni egallaydi. Lekin Bazilika avvalgi davrdagidan farq qilib, ko'proq ikki transeptli hamda binoning cherkov xizmatkorlari, ruhoniylar uchun ajratilgan sharqiy qismi (xor) kengaytirlgan, qo'shimcha xona va ertulalar qurilgandir. Roman memorchiligining o'ziga xos tomoni tomning egr rovoq gumbaz tarzida yopilishi va darchalarning joylashtirilishidadir. Bu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.04 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.04 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga