Саноат чиқиндилари асосидаги тўлдирувчилар Режа: 1. Ikkilamchi tog' jinslari asosidagi to'ldiruvchilar. 2. Metallurgiya shlaklari. 3. Yoqilg'i shlaklari. 4. Kul va kul-shlakli aralashmalar. 5. Yog'och chiqindilari asosidagi to'ldiruvchilar 6. Boshqa sanoat chiqindilari asosidagi to'ldiruvchilar 1. Ikkilamchi tog' jinslari asosidagi to'ldiruvchilar. Qurilishda beton uchun yaroqli to'ldiruvchilar zahirasi sifatida sanoat chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu mahsulotlardan hali to'liq foydalanilgan emas. Tog' kon materiallarni qayta ishlash va ularni o'zlashtirishda xamma vaqt keraksiz deb hisoblanadigan turli tosh jinslarni ham qayta ishlashga to'g'ri keladi. Bu tabiiy konlarni ochishda ikkilamchi tosh jinslari hajmi yuqori bo'ladi. Ko'pincha foydali kon materiallarining umumiy hajmi 1015% ni tashkil etsa, ikkilamchi tosh jinslarning hajmi 90% ni tashkil etadi. Shu sababli ikkilamchi materiallar qurilishda yaroqli bo'lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda ko'miladi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko'rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o'rnini bosadi. Shu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga nisbatan 23 barobar arzon bo'ladi. Kvarsit chaqiq toshining mustahkamlik chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo'llash mumkin. Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to'ldiruvchilar texnik talablar va shartlarga javob bera oladimi degan savol tug'iladi. Birinchidan, beton to'ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to'ldiruvchilar uchun ham taaluqlidir. Davlat standartlari faqat mahsulotning texnik taraflarini emas, balki uning iqtisodiy jihatlarini ham qamrab oladi. Hozirda xalq xo'jaligi sohasida birinchi navbatda o'zlashtirilgan tabiiy xom ashyoni qurilishda qo'llash asosiy vazifa hisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza qilishda ham samaralidir. Ko'p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi materiallar beton uchun yaroqli to'ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo materiallar sifatida qo'llaniladi. Masalan, Rossiyaning Kursk magnit anomaliyasi konidan chiqadigan ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Tabiiy konlarni o'zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog' jinslari hamma vaqt alohida qayta ishlanmay, ba'zida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi. Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog' jinslarini turli boyitish vositalarida ajratiladi. Natijada bo'sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh shaklida hosil bo'ladi. Masalan, tog'-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o'zida temirkvarsitlari asosidagi chaqiq tosh ko'rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. Shu bilan bir qatorda mayda qum (yiriklik moduli 1,64gacha) ko'rinishida olinadi. Izlanishlar shuni ko'rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to'ldiruvchilardan yuqori mustahkamlikdagi va chidamli betonlar olib bo'lmaydi. Yurtimizdagi toshko'mir konlaridan ko'mir olish va boyitishda chiqindi omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig'ilib qolgan. Ular o'zida bo'sh jinslarni va ko'mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko'mirning yonishidan yongan jinslar xosil bo'ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko'rsatadiki, bunday yongan jinslar asosidagi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.81 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.81 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: docx