Tsementbeton va qurilish qorishmalari Reja: 1. Umumiy ma'lumotlar 2. Tsementbeton uchun ishlatiladigan materiallar 3. Tsementbeton qorishmasi va uning xossalari 4. Mayda va yirik to'ldiruvchilar miqdori va ular orasidagi nisbatni aniqlash 5. Tsementbeton qorishmasi tarkibini hisoblash tartibi 6. Qurilish qorishmalarining xossalari va hillari 7. Tsementbeton tuzilishining shakllanishi va uning asosiy xossalari 8. Tsementbetonning emirilishi va unga qarshi kurashish choralari 9. Og'ir betonning hillari 10. Yengil betonlar 11. Temirbeton buyum va konstruksiyalar 12. Yo'l qurilishida ishlatiladigan beton va temirbeton buyumlarning hillari 13. Tsementbeton qorishmasini tayyorlash, tashish, yotqizish va unga qarov o'tkazish 14. Beton qorishmasi va qotgan beton sifatini nazorat qilish 15. Beton ishlarini bajarishda mehnat muhofzasi va texnika xavfsizligi 1. Umumiy ma'lumotlar Tsementbetonning sinflanishi va tavsiflari. Aniq nisbatlarda tanlab olingan mineral bog'lovchi moddalar, suv, yirik va mayda to'ldi- ruvchilar (zarur hollarda maxsus qo'shilmalar) aralashmasining qotishi natijasida olinadigan sun'iy toshgabeton deyiladi. Ushbu komponent- larning quyuq holatdagi aralashmasi, to u qota boshlangunga qadar beton qorishmasi deb ataladi. Bog'lovchi moddalar va suv betonning faol tarkibiy qismlaridir. Ular orasida sodir bo'ladigan kimyoviy reaksiya natijasida yopishqoq qorishma hosil bo'ladi. U mayda va yirik to'ldiruvchilar donalarining atrofini yupqa qatlam bilan o'rab to'ldiradi, so'ngra vaqt o'tishi bilan quyuqlashib qotadi va beton qorishmasini mustahkam yaxlit betonga aylantiradi. Odatda yirik va mayda to'ldiruvchilar beton hajmining 8085 % ni egallaydi va tarkibning asosiy skeletini hosil qiladi. har xil mexanik xossalarga ega bo'lgan to'ldiruvchilardan foydalanib, turli hil turdagi betonlarni olish mumkin (yengil, og'ir, olovbardosh, yo'l betonlari va h. k). O'zRST 707-96 ga ko'ra betonlar zichligi, bog'lovchi moddalarning turi, qo'llanilishi bo'yicha sinflanadi. Betonning muhim xossalaridan biri uning zichligi bo'lib, u tsement to- shining zichligiga, tarkibini tashkil qiluvchilarning tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Zichligi bo'yicha betonlar o'ta og'ir, zichligi 2400 kgsm3 va undan yuqori; og'ir, zichligi 18002400 kgm3; yengil, zichligi 6001800 kgm3 va o'ta yengil, zichligi 600 kgm3 va undan kam turlarga bo'linadi. Bog'lovchi moddalarning turiga ko'ra betonlar tsementli (portland- tsementli, shlakoportlandtsementli va h. k); avtoklavda qotiriladigan sili- katli (ohak-shlakli va h. k); gipsli (gipsli va gips-tsement putstsolanli); asfaltobetonlar (bitumli, qatronli); polimertsementli va polimerbetonlar (sintetik smolali bog'lovchili) kabi betonlarga bo'linadi. Yo'l qurilishida asosan tsementli betonlar va bitumli bog'lovchilar asosida tayyorlanadigan asfaltbeton hamda qatronbetonlar ishlatiladi. Bino va inshoatlarda, shuningdek, yo'l qurilishida qo'llanilishiga ko'ra betonlar quyidagi turlarga bo'linadi: oddiy betonlar; yengil betonlar; suv inshootlari betonlari; issiqbardosh betonlar; yo'lbop betonlar; kislotaga chidamli betonlar; qumli betonlar; maxsus betonlar va h. k. Belgilangan maqsadiga qarab betonlar malum talablarni qondirishi kerak. Yani, oddiy temirbeton konstruksiyalar uchun ishlatiladigan betonlar talab qilinadigan mustahkamlikka ega bo'lishi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.11 MB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.11 MB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: docx