Shahar, qishloq aholi punktlarida yer hisobi

Shahar, qishloq aholi punktlarida yer hisobi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Shahar, qishloq aholi punktlarida yer hisobi - rasmi

Material tavsifi

Shahar, qishloq aholi punktlarida yer hisobi Reja: Shahar, qishloq aholi punktlarida yer hisobini yuritish tartib va talablari Shahar, qishloq aholi punktlaridagi erlarning miqdor hisobi Shahar, qishloq aholi punktlaridagi erlarning sifat hisobi Shahar, qishloq aholi punktlarida yer hisobotini (balansini) tuzish ShAHAR, QIShLOQ AHOLI PUNKTLARIDA YeR HISOBI 1. Shahar, qishloq aholi punktlarida yer hisobini yuritish tartib va talablari Yer hisobi ishlari o'z vazifasiga, mazmuniga va o'tkazish xususiyatiga qarab asosiy (birlamchi) va joriy (kundalik) turlarga bo'linadi. Bu hisob turlari o'zaro bog'liqdir hamda yagona yer hisobi jarayonining malum bosqichlarini o'zlarida namoyon qiladi. Asosiy yer hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi: hisob qilinadigan hudud uchun barcha mavjud plan-xarita materiallarini olish, bir tizimga keltirish va tahlil qilish; zarur bo'lgan birlamchi ma'lumotlar va plan-xarita materiallarini olish maqsadida tasvirga olish hamda kuzatuv bo'yicha dala qidiruv ishlarini o'tkazish; hisob qilinadigan barcha yerlar o'lchamlarini, sifat holatini, taqsimlanish va foydalanish holatini aniqlash; maxsus yer hisobi xaritalarini tayyorlash va matn hujjatlariga birlamchi yozuvlarni kiritish; yer fondi tarkibini yer toifalari, yerdan foydalanuvchilar, mulkdorlar va yer turlari bo'yicha aniqlash, erlarni ma'muriy birliklar (tuman, shahar, viloyat, Respublika) bo'yicha sifat jihatidan tavsiflash. Asosiy yer hisobini o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan ishlar miqyosini umumiy holatda baholash uchun misol tariqasida quyidagi ma'lumotlarga murojaat qilamiz: Respublikamiz yagona yer fondi 4410,3 ming ga bo'lib, Qorakalpog'iston Respublikasi, 12 viloyat, 165 ma'muriy tuman, 40 dan ortiq Respublika va viloyat ahamiyatidagi shaharlar bo'yicha hisobga olinadi va tavsiflanadi. Asosiy (birlamchi) hisobni o'tkazish paytida aniqlangan va qayd qilingan ma'lumotlar vaqt o'tishi bilan haqiqiy holatga mos kelmay qolishi mumkin. Bunday holatda yer maydonlaridan xo'jalik faoliyati jarayonida foydalanish natijasida ular tarkibida va taqsimlanishida malum o'zgarishlar sodir bo'ladi. Yer maydonlarida turli xil agrotexnik va meliorativ tadbirlarning muvaffaqiyatli olib borilishi natijasida yer turlarining sifat holati o'zgaradi. Yer kadastri hujjatlariga tushirilgan boshlang'ich ma'lumotlar vaqt o'tgan sayin eskiradi, shuning uchun ularni tizimli tarzda yangilab turish zarur bo'ladi. Bu ishlar joriy yer hisobi sifatida amalga oshiriladi. Joriy yer hisobning vazifasiga quyidagilar kiradi: birinchidan, erlarning miqdori, sifati va taqsimlanishida yuz beradigan o'zgarishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni aniqlash va yer hisobi hujjatlarida qayd qilish; ikkinchidan, birlamchi hisobda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash hamda yer hisobi hujjatlariga aniqliklar kiritishdir. Korxona, muassasa va tashkilotlar erlarini yo'qlama qilish - yer maydonining o'lchamini aniqlash, foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni ko'rib chiqishdan iborat bo'lgan tadbir hisoblanadi. Yer kadastri hujjatlari tuman yer resurslari xizmatidan olinadi. Bu ishni o'tkazishdan maqsad - yer uchastkasi o'lchamini, nazoratini hisobini aniq olib borish va mahalliy byudjetga yer solig'ini to'liq undirilishini ta'minlashdan iboratdir. Yerlarning miqdori va sifatini hisobga olish ularning haqiqiy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 235.92 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 235.92 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga