Shahar, qishloq aholi punktlaridagi bino- inshootlar hisobi Reja: Shahar, qishloq aholi punktlaridagi bino- inshootlar hisobini yuritish tartib va talablari Shahar, qishloq aholi punktlaridagi bino- inshootlarning sifat hisobi Shahar, qishloq aholi punktlaridagi bino- inshootlarning miqdor hisobi Shahar, qishloq aholi punktlaridagi bino- inshootlarni guruhlarga bo'lish Shahar, qishloq aholi punktlarida bino- inshootlar hisobotini (balansini) tuzish 1. Shahar, qishloq aholi punktlaridagi bino- inshootlar hisobini yuritish tartib va talablari Bino va inshootlar hisobini yuritish o'tkazilish mazmuni va tartibiga qarab asosan ikki turga bo'linadi: birlamchi (asosiy) va joriy (kundalik). Asosiy hisobning vazifasi - bino va inshootlarning huquqiy, xo'jalik, iqtisodiy va sifat holatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni birlamchi sifatida olish va ularni yagona tarzda qabul vilingan kadastr hujjatlarida aks ettirishdan iboratdir. Qayd qilish zarurki, bino va inshootlar kadastri ma'lumotlari, jumladan ushbu obyektlar tarkibi, miqdori hamda egalari doimo o'zgarib turadi. Ushbu kadastr ma'lumotlarini doimiy ravishda davr talabi darajasida ushlab turish maqsadida ushbu o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash hamda zaruriy kadastr hujjatlarida aks ettirib borish zarur bo'ladi. Buning uchun joriy hisob ishlari yuritiladi. Joriy hisobning vazifasi asosiy hisob o'tkazilgandan so'ng bino va inshootlar kadastri hujjatlariga tushirishdan iboratdir. Bundan tashqari, boshlang'ich youvlardagi xatolarni tuzatishi va zamon talablariga mos qo'shimcha ma'lumotlarni ham kiritishi joriy hisobning vazifasiga kiradi. Boshqacha qilib aytganda, joriy hisob bino va inshootlar kadastri ma'lumotlarini bugungi kunning talabi darajasida bo'lishini ta'minlaydi. Asosiy va joriy hisob biri - biriga bog'liq bo'lgan bino va inshootlar kadastrining bosqichlaridir. Asosiy hisob joriy hisobni yuritishga zamin yaratadi. Joriy hisob asosiy hisob ma'lumotlarini yangilagan va to'ldirgani holda binolar va inshootlar, shuningdek ular egallagan yer maydonlari to'g'risidagi ma'lumotlarni tizimli tarzda, shu kunning talabi va darajasida ushlab turadi. Shu sababli ham joriy hisob ishlari asosiy hisob ishlari bajarilgandan so'ng birdaniga tashkil etilishi zarur. Bino va inshootlarni hisobi - binolar va inshootlarning miqdorlari, holatlari va sifati bo'yicha to'liq ma'lumotlarni olish, qayta ishlash, malum bir tizim va tartibga solish hamda saqlash bo'yicha majmuali tadbirdir. Bino va inshootlarni miqdor jihatidan hisob - kitob qilish ularni aholi punkitining malum bir hududiy birikmalari, idoraviy mansubliklari, binolarning funksional mohiyatlari bo'yicha taqsimlanishi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Bino va inshootlarni sifat jihatidan hisob qilishning asosiy vazifasi - bino va inshootlarni qurilish materiallari, kapitalligi, moddiy va ma'naviy eskirishi nuqtai nazarlardan obyektlarga sifat tavsifnomasini berishdan iboartdir. Respublikamiz hududidagi bino va inshootlar klassifikatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2.06.1997-yildagi 278sonli O'zbekiston Respublikasida ko'chmas mulk davlat kadastrini yuritish to'g'risidagi karorining ijrosi maqsadida ishlab chiqilgan bo'lib, unda bino va inshootlar quyidagi tarkibda tafsiflanadi: turar-joy binolari; noturar-joy binolari; inshootlar; tarixiy va madaniyat yodgorliklari. ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.86 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.86 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: docx