Shahar, qishloq aholi punktlaridagi yer va bino - inshootlarga bo'lgan huquqlar Reja: 1. Shahar, qishloq aholi punktlaridagi yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning vujudga kelishi shahar, qishloq aholi punktlaridagi yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni, bitimlarni tasdiqlovchi va cheklovchi hujjatlar Shahar, qishloq aholi punktlaridagi bino-inshootlarga bo'lgan huquqlarning vujudga kelishi Shahar, qishloq aholi punktlaridagi bino-inshootlarga bo'lgan huquqlarni, bitimlarni tasdiqlovchi va cheklovchi hujjatlar Shahar, qishloq aholi punktlaridagi muommoli bino-inshootlar 1. Shahar, qishloq aholi punktlaridagi yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning vujudga kelishi O'zbekiston Respublikasida yerga bo'lgan mulkchilik Yer davlat mulki - umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo'yilmaydi, O'zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan huquqlari Yuridik shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lishlari mumkin. Jismoniy shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lishlari mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqining vujudga kelishi Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi savdo va xizmat ko'rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga keladi. Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga o'zlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshlig'ining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning - diplomatiya korpusi xodimlarining, O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, shuningdek Respublikada doimiy istiqomat qiluvchi va yashash uchun guvohnomasi bo'lgan shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi ularga uy-joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi. Yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi O'zbekiston Respublikasining fuqarolari: -dehqon xo'jaligi yuritish uchun; -yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun; -jamoa bog'dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi olish huquqiga egadirlar. Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham berilishi mumkin. Fuqarolarning yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: docx