Shahar, qishloq aholi punktlaridagi yer va bino - inshootlarga bo'lgan xuquqlarni davlat ro'yxatiga olish tizimi

Shahar, qishloq aholi punktlaridagi yer va bino - inshootlarga bo'lgan xuquqlarni davlat ro'yxatiga olish tizimi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Shahar, qishloq aholi punktlaridagi yer va bino - inshootlarga bo'lgan xuquqlarni davlat ro'yxatiga olish tizimi - rasmi

Material tavsifi

Shahar, qishloq aholi punktlaridagi yer va bino - inshootlarga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatiga olish tizimi Reja: 1. Yer va bino - inshootlarga bo'lgan xuqularni davlat ro'yxatidan o'tkazish tizimi Axborot tizimi kompleksidan foydalanib davlat ro'yxatidan o'tkazish 3.Yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish ishlari tarkibi va talablari Bino va inshootlarga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish ishlari tarkibi va talablari Ipoteka va binolar va inshootlarga bo'lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to'g'risidagi shartnomalarni davlat ro'yxatidan o'tkazish 1. Yer va bino - inshootlarga bo'lgan xuqularni davlat ro'yxatidan o'tkazish tizimi O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga, «Davlat yer kadastri to'g'risida», «Davlat kadastrlari to'g'risida» va «Ipoteka to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to'g'risida» 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-son Farmoniga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga (shu jumladan yer osti inshootlariga), ko'p yillik dov-daraxtlarga bo'lgan huquqlari, shuningdek ipotekani hamda binolar va inshootlar va yer uchastkalariga bo'lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to'g'risidagi shartnomalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llab, davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasiga binoan, yuridik va jismoniy shaxslarning ko'chmas mulkka bo'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan keyin kuchga kirishi belgilab qo'yilgan bo'lib, bu o'z o'rnida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar davlat ro'yxatidan o'tkazilmasdan amalga oshirilgan ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanishiga asos bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 12, 20, 21, 22-moddalariga asosan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy va muddatli (vaqtincha) egalik qilish hamda ulardan doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijara va mulk huquqlari davlat ro'yxatiga olish to'g'risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanishi belgilab qo'yilgan bo'lib, yer uchastkalariga bo'lgan mulkiy huquq va boshqa ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi, o'zga shaxslarga o'tishi, cheklanishi va bekor qilinishini tasdiqlovchi hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarining talablariga javob bermog'i lozim. Yer uchastkalariga nisbatan mulkchilik, egalik qilish, undan foydalanish va ijaraga berish huquqiga doir hujjatlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish va rasmiylashtirish yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, shuningdek, yer resurslarini asosli tarzda va samarali hisobga olish, yer uchastkalariga doir bitimlarni amalga oshirish, soliqka tortish va boshqa maqsadlar uchun amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarini ro'yxatdan o'tkazish, ularning tashabbusiga ko'ra, shuningdek, yer uchastkalarini kadastr suratga olishga doir rejali ishlar jarayonida amalga oshiriladi. Yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar to'g'risidagi axborotlarni tuman, shahar yer uchastkalariga doir huquqlar Davlat reestriga kiritish orqali amalga oshiriladi. Yer ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 8.53 MB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 8.53 MB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga