Sharqiy Saholiblar Slovyanlar, qadimgi Rus arxitekturasi Qadimgi Rus san'ati tarixi sharqiy slovyanlarning birinchi feodal davlati Kiev Rusi tashkil etilishi (X asr) dan boshlanib, Rossiyada o'rta asr munosabatlari va badiiy madaniyat prinsiplarining inqiroziga yuz tutishigacha (XVII asr) bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. X asrgacha sharqiy slovyanlar bino, kala-qo'rg'onlar hamda ibodatxonalarni loy va yog'ochdan qurganlar, zodogonlarning uylari hamda qadimiy din bilan boqliq bo'lgan ibodatxonalar yog'och o'ymakorligi va devoriy suratlar bilan bezatilgan. Tosh, loy, yog'ochdan yasalgan idllar X asrgacha ham haykaltaroshlik mavjud bo'lganligini tasdiqlaydi. Qadimgi Rus san'ati bevosita o'ziga yaqin xalqlar san'ati va madaniyati ta'sirida rivojlangan bo'lsa ham, lekin o'ziga xos fazilatlarga ega bo'lib, o'rta asrning muhim madaniyat o'choqlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi Rusda feodal munosabatlar boshqa mamlakatlar, masalan, Vizantiya singari, quldorlik formatsiyasini boshidan kechirmasdan boshlandi. Qadimgi Rus san'atidagi o'ziga xos xususiyat memorlikda, ayniqsa, fuqoro memorligi, qala hamda ibodatxonalar qurish san'atida yaqqol nomoyon bo'ldi. Qadimgi Rus memorligining kompozitsiyalari tabiat bilan uyg'unlikda ishlanishi va uning xarakteriga mos kelishi bilan xarakterlanadi. Bu binolar shakl va tip jihatidan rang-barang bo'lib, eng qadimgi davr yog'och va tosh memorligi san'ati bilan bog'liqligi seziladi. Feodal munosabatlar sharqiy slavyanlarda birinchi ming yillikning o'rtalarida paydo bo'ldi va VII-IX asrlar chegarasiga kelib, bu shakllanish tugallandi. Bu protsesning tezlashishida IX asrda Kiev va Novgorodning yuksala boshlashi va yirik Kiev Rusi davlatining paydo bo'lishi muhim o'rinni egallaydi. X asrda xristian dini rasmiy davlat dini deb qabul qilindi. Bu Rusning g'arbiy Yevropava Vizantiya bilan aloqasini kuchaytirdi. Vizantiyaliklar yaratgan memorlik prinsiplari ham Rusga kirib keldi. Toshdan qurilgan ibodatxonalar paydo bo'ldi. X asr va XI asrning birinchi yarmida Kiev Rusi Yevropada ko'zga ko'ringan yirik davlatlardan biriga aylandi. san'at va madaniyat sohasida haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi. Davrning muhimmemorlik yodgorligi Kievdagi Avliyo Safiya sabori Kiev Rusining bosh ibodatxonasi bo'lib, u davlatning kuch qudrati va yagonaligini tarannum etadi. 1037 yili qurila boshlagan bu saborlarni Vizantiya memorligida keng tarqalgan budsimon qubbali sistemadan olingan bo'lib, besh nefli qilib ishlangan. Lekin u Vizantiyaning shu tipdagi binolaridan o'zining tashqi ko'rinishi, eng avvalo, un uch qubbali qilib ishlanishi bilan ajralib turadi. Binoning markaziy qismida eng katta va baland qubba bo'lib, u binoni mustahkam va qudratli qilib ko'rsatadi. Bino atrofi galereyalari bilan o'ralgan. Ular esa binoga engillik kiritadi. Bu galereyalar baland qubba atrofida pasayib borayotgan mayda qubbalar bilan birgalikda binoning dekorativ tomonini yanada bo'rtirib ko'rsatadi. Ibodatxonaning tantanavor piramidal kompozitsiyasi, qubbachalarning yagona yirik qubba atrofida birlashishi-bularning hammasi memorning asosiy qoyasi feodal ierarxiyasini, Kiev Rusi davlatini qudratini ulug'lash xalqning engilmasligini ko'rsatishga qaratilgan. Shuni takidlash kerakki, bu davrda ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.63 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.63 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: doc