Sun'iy g'ovakli to'ldiruvchilar

Sun'iy g'ovakli to'ldiruvchilar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Sun'iy g'ovakli to'ldiruvchilar - rasmi

Material tavsifi

Sun'iy g'ovakli to'ldiruvchilar Reja: Умумий маълумотлар Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi Xomashyo materiallar va qo'shimchalar Keramzit ishlab chiqarish asoslari Keramzit xom granulalarga termik ishlov berish - isitish, kuydirish va sovitish Keramzit shag'alini kuydirish va sovitish Keramzitning birjinsliligi va boyitish ishlari Keramzitga quyiladigan texnik talablar Keramzit shag'alining mustahkamligiga qo'yilgan talablar Keramzitni qo'llash sohasi Умумий маълумотлар Yengil g'ovakli to'ldiruvchilarini qo'llanilishi issiqizolyasiya, devor panellari, yaxlit devorlar va turli yuk ko'taruvchi samarali engil betonlarni olish mumkin. Og'ir to'ldiruvchilarni yengil to'ldiruvchilarga almashtirish natijasida betonning xususiyatlarini kerakli darajada o'zgartirish, zichligini kamaytirish, issiqlik o'tkazuvchanligi va boshqalarni yaxshilash mumkin. Issiqlikni izolyasiya qiluvchi devorbop panellar, monolit devorlar va har xil yuk ko'taruvchi konstruksiyalar tayyorlashda yengil g'ovak to'ldiruvchilarni ishlatib, samarali yengil betonlar olish imkonini beradi. Shuningdek ayrim g'ovak to'ldiruvchilarni etarli mustahkamligi asosida yuqori mustahkamlikdagi konstruksion yengil betonlar tayyorlanadi. Bundan tashqari, sun'iy g'ovakli to'ldiruvchilar betonda qo'llanilishi bo'yicha yuqori sifat va samaradorligi bilan ajralib turadi. Respublikamizda tabiiy g'ovak to'ldiruvchilar zahirasi yetarli bo'lmaganligi sababli sun'iy g'ovak to'ldiruvchilar olishga ehtiyoj seziladi, ayniqsa sanoat chiqindilari asosida g'ovak to'ldiruvchilar ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Shu sababli O'zbekistonning turli rayonlarida sun'iy g'ovak to'ldiruvchilar ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilgan. Sun'iy g'ovak to'ldiruvchilarni ishlab chiqarish korxonalari xomashyo (mahalliy xomashyodan foydalanish) bor, hamda suv, gaz, elektr tarmoqlari mavjud va ularga talab bo'lgan rayonlarda quriladi. Sun'iy g'ovak to'ldiruvchilarning tannarxi tabiiy to'ldiruvchilarga nisbatan yuqori, lekin chetdan keltiriladigan to'ldiruvchilarga nisbatan arzonroqdir. Beton uchun qo'llaniladigan sun'iy g'ovakli to'ldiruvchilar turlari ko'p: keramzit, agloporit, kamporit, shlakli pemza, kupchitilgan perlit, dolomit, karboporit va b. 2. Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi Keramzit, yunon tilidan tarjima qilinganda kuydirilgan gil ma'nosini anglatadi. Uzining tuzilishi bo'yicha - keramzit engil g'ovakli material. Engil kupchiydigan gillarni kuydirib olinadi. Keramzit asosan keramzit shag'ali ko'rinishida olinadi. Keramzit shag'ali donasi yumaloq shaklda, strukturasi g'ovak va yacheykasimon bo'ladi. Keramzit donasining yuza qismi zich qatlam bilan qoplangan, rangi qo'ng'ir qora, bo'linganda qoramtir bo'ladi. Keramzit xossalari gillar sifatiga, saqlash sharoitlariga va tashish usullariga bog'liq. Qayta ishlanadigan va kuydirilgandan so'ng keramzit xossalari - musahkamligi, issiq va tovush o'tkazmasligi, olovga va sovuqqa chidamliligi yaxshilanadi. Rasm - 7.1. Keramzit ko'rinishi Keramzit ekologik toza maxsulot xisoblanadi chunki asosan gillardan olinadi. Keramzit ishlab chiqaruvchi korxonalar asosan quyidagi fraksiyalardagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi: 0-5 mm-10%; 5-10mm - 40%; 10-20mm - 40%; 20-40mm -10%; Xomashyo materiallar va qo'shimchalar Giltuproqning ba'zi turlari kuydirishda ko'pchiydi va bunday gillar asosida keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag'ali va keramzit qumi olinadi, kam miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi. Gilning ko'pchishi 2 ta jarayonga bog'liq: gaz ajralishi va gilning piroplastik holatga o'tishidir. Gaz ajralishi -bu temir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 664.54 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 664.54 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga