Табиий ғовак тоғ жинслари асосидаги тўлдирувчилар Режа: 1. Tabiiy g'ovak to'ldiruvchilarning sinflanishi. 2. Vulqon chiqindilari asosidagi to'ldiruvchilar. 3. Cho'kindi tog' jinslari asosidagi to'ldiruvchilar. 4. Tabiiy g'ovak to'ldiruvchilarni boyitish 1. Tabiiy g'ovak to'ldiruvchilarning sinflanishi. Turli g'ovak tog' jinslaridan engil betonlar uchun yaroqli to'ldiruvchilar ishlab chiqariladi. Bu to'ldiruvchilar ham kerakli mustahkamlikka ega bo'lib, zich tog' jinslariga nisbatan mustahkamligi past bo'lishiga qaramay, talabdagi sinfdagi beton olish etarli. G'ovak to'ldiruvchilar donasi yirikligi bo'yicha qum (5mm gacha) va chaqiq tosh bo'linadi. Chaqiq tosh esa quyidagi fraksiyalarga bo'linadi: 510mm, 1020mm va 2040 mm. Chaqiq tosh quyidagi yiriklik bo'yicha ham ruxsat etiladi: 520mm yoki 540mm. G'ovak to'ldiruvchilarning asosiy markalari uyilma zichligi bo'yicha o'rnatiladi. Agar uning uyilma zichligi 400 - 500kgm3 bo'lsa, bu to'ldiruvchi 500 markaga mos keladi, uyilma zichligi 600 kgm3 bo'lsa, bu to'ldiruvchi 600 markaga mos keladi va boshqa. QMQ bo'yicha g'ovak chaqiq toshning markasi 300,350,400 va hokazo 1200gacha 100kgm3 oraliqda o'rnatiladi. G'ovak qumning markasi 5001400 kgm3 ni tashkil etadi. Bundan tashqari, yirik g'ovak to'ldiruvchilarning markasi uning mustahkamligi bo'yicha ham o'rnatiladi, ya'ni silindrda maydalanishdagi mustahkamligi bo'yicha aniqlanadi. G'ovak to'ldiruvchining mustahkamligini betonda sinash yaxshi samara beradi. Standart bo'yicha g'ovak to'ldiruvchilarni turli markalari bo'yicha engil betonlarda qo'llash tavsiya etilgan. Shu sababli to'ldiruvchilarning asosiy xususiyatlari va ularni betonlarda qo'llash bir- biri bilan bog'liqdir. Aytish mumkinki, g'ovak to'ldiruvchilarning fraksiyalari qancha kichik bo'lsa, uning donalari zichligi va uyilma zichligi shuncha yuqori bo'ladi. Bu to'ldiruvchilarning g'ovakligi maydalashda kamayadi, ya'ni materialning yirik g'ovakligi buzilishida yuzaga kelishi bilan tushuntiriladi. G'ovak tog' jinslarini maydalashda donalari zichligi ortishidan, uning mustahkamligi xam ortadi. To'ldiruvchi donalari mustahkamligi, u olinadigan tog' jinsi mustahkamligidan etarlicha yuqori bo'ladi. Shag'alning yumshash koeffitsienti g'ovak tog' jinslaridan olinsa, u holda konstruksion- teploizolyasion betonlar uchun 0,6 dan kam bo'lmasligi, konstruksion betonlar uchun esa 0,7dan kam bo'lmasligi kerak. Tabiiy g'ovak to'ldiruvchilar kelib chiqishi bo'yicha vulqon va cho'kindi turlarga bo'linadi. 2. Vulqon chiqindilari asosidagi to'ldiruvchilar. Vulqon ko'rinishidagi tabiiy g'ovak to'ldiruvchilar otqindi maydalangan jinslardan tashkil topadi. G'ovak tog' jinslari pemzalar, shlaklar, tuflar, g'ovak bazalt, andezit g'ovak to'ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Pemza - bu g'ovak shisha bo'lib, vulqon otilishidan, ya'ni magmaning ko'pchishidan va qotishidan yuzaga keladi. Magmaning er ostidan chiqishida bosimning juda tez pasayishi kuzatiladi. Natijada qotishmadagi mavjud gazlar pufakchalar holatida ajralib chiqadi. Bir vaqtning o'zida magmaning sovishida qovishqoqligi ortadi, och malladan kulrang ranggacha bo'lgan tolasimon g'ovak jinsga aylanadi. Pemzaning yirik konlari Armanistonda uchraydi. Tabiatda pemza qum, chaqiq tosh yoki nisbatan yirik singan jinslar sifatida uchraydi. Pemza asosidagi to'ldiruvchilarni ishlab chiqarish karerlarni qayta ishlash, maydalash va materiallarni navlarga ajratishdan ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
62.63 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
62.63 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: docx