Tabiiy tog' jinslari - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy tog' jinslari Reja: 1. Magmatik, cho'kindi va metamorfik tog' jinslari. 2. Jins hosil qiluvchi manbalar 3. Tabiiy tog' jinslarining tuzilishi, mikro va makro strukturasi. Yer qatlamida joylashgan tog' jinslari geologik belgilariga ko'ra uch guruhga bo'linadi: magmatik (vulqondan otilib chiqqan) yoki birlamchi, cho'kindi yoki ikkilamchi, metamorf (shakli o'zgargan) jinslar (1-rasm). Yer qatlamining quyi qismi magma deb ataluvchi yuqori haroratda erigan bo'tqasimon suyuqlikdan iborat. O'zining tarkibiga ko'ra, u yer qatlamidan kam farq qiladi. Magmaning yer yuzasiga otilib chiqqan qismi magmatik (yoki otilib chiqqan) jinslar deb ataladi. Tabiiy sharoitda shakllangan magmatik jinslar turli minerologik tarkibga va tuzilishga ega. Binobarin, ularning texnik xususiyatlari ham bir xil bo'lmaydi. Yer qatlamining yoriqyaari bo'ylab ko'tarilayotgan magma haroratning pasayishi natijasida chuqurlikda asta-sekin soviydi. Magmaning yer yuzasiga ko'tarilgan qismi esa tez suratda soviydi. 1-rasm. Tog' jinslarining xillari. Jins hosil qiluvchi minerallar Kvarts (SiO2) - asosan qumtuproqdan tashkil topgan yashirin yoki ochiq kristall shaklida uchraydigan nihoyatda zich, mustahkam va chidamli mineral. Kvartsning zichligi 2,5-2,8 gsm3. Siqilishdagi mustahkamligi 200 MPa, cho'zilishdagisi esa 100 MPa dan ko'p. Qattiqlik shkalasida kvarts ettinchi o'rinda turadi. Oddiy haroratda kvarts barcha kislota va uning eritmalarida chidamlidir. Yuqori haroratda kvarts ftorli vodorod va fosfor kislotasi bilan reaksiyaga kirishib, silikatlar hosil qiladi. Agar nam sharoitda reaksiya davom ettirilsa, silikatlar hosil bo'ladi. Kvartsni 575°S dan 870°S gacha qizdirganda, u tridimit holatga aylanadi, yani hajmi kattalashadi. Uning bu xususiyati kvarts ishlatiladigan buyumlar tayyorlashda etiborga olinishi zarur. 1710°S da esa kvarts suyuqlanadi va tez sovitilsa, kvarts shishasi hosil bo'ladi. Dala shpati - silikatlar guruhida keng tarqalgan oq va qizg'ish rangli mineraldir. U silikatlar guruhidagi ortoklaz va plagaoklaz, albit, anortit jinslarida uchraydi. Kimyoviy tarkibi bo'yicha ortoklaz (K2OAl2O36SiO2) alyumosilikat kaliydan farq qilmaydi. Ortoklaz to'g'ri burchak shaklidagi bo'laklarga parchalanadi. Qurilish sanoatida ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolariga tomonlari qirrali yoki kichik burchak shaklida bo'linuvchan jinslar - plagioklaz, albit (alyumosilikat natriy - Na2OAl2O36SiO2) va anortit (alyumosilikat kaltsiy - CaOAl2O32SiO2) lar kiradi. Dala shpatining siqilishdagi mustahkamligi kvartsnikidan kam (120- 170 MPa), erish harorati esa 1170-1550°S ga teng. Dala shpati atmosfera ta'sirida asta-sekin emirilib, kaolin (chinni buyumlari ishlanadigan xom ashyoning bir turi), qumtuproq qumlari va boshqa jinslarga aylanadi. Toza dala shpatidan quyma sopol ashyolari ishlanadi. Slyuda - kimyoviy tarkibi jihatidan murakkab suvli alyumosilikatdir. Tabiatda slyudaning bir necha xili uchraydi. Shulardan eng ko'p tarqalganlari muskovit va biotitdir. Olivin asosan temir va magniy silikatlaridan tashkil topgan mineraldir. U ko'k rangli, atmosfera ta'siriga chidamsiz, suv ta'sirida esa hajmi kengayadi. U asbesttsement sanoatida va issiqlik o'tkazmaydigan ashyolar ishlab chiqarishda ko'p ishlatiladi. Chuqurdagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.91 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.91 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga