Tabiiy tog' jinslarining ishlatish sohalari. Keramik materiallar va buyumlar Reja: Tabiiy tosh materiallarini ishlatish sohalari. Tabiiy tosh materiallarni olish, qayta ishlash, tashish va ishlatish. Xom ashyo tarkibi va xossalari. Sopolbop xom ashyolar. Tabiiy toshlar zichligiga ko'ra yengil va og'ir turlarga bo'linadi. Zichligi 1800 kgm3 dan kam bo'lgan toshlarning tuzilishi serg'ovak (vulqon tufi, pemza, ohaktosh-chig'anoqtosh) bo'lganligi uchun inshoot devorlaribop bloklar, yengil beton va qorishmalar uchun to'ldirgich sifatida keng ishlatiladi. Og'ir tosh ashyolarning zichligi 1800 kgm3 dan katta bo'ladi, bularga granit, sienit, dioritlar kiradi. Bunday toshlardan qoplama va pardozbop ashyolar, pollar uchun toshtaxtalar yasaladi, shuningdek, gidrotexnika va yo'l qurilishida ko'plab ishlatiladi. Tabiiy toshlar ko'priklar, metro va noyob memorchilik yodgorliklari qurilishida ham ishlatiladi. Sochiluvchan tabiiy tosh ashyolari qum, shag'al, xarsangtosh va boshqalar beton qorishma va temirbeton konstruksiyalarini tayyorlashda mayda va yirik to'ldirgichlar sifatida ishlatiladi. Tabiiy toshlarning asosiy xossalari Tabiiy toshlar har xil xususiyatlarga ega. Barcha tabiiy tosh Qurilish materiallari og'ir, yengil, yaxlit va sochiluvchan guruhlarga bo'linadi. Zichligi yuqori bo'lgan yaxlit tabiiy tosh ashyolarining (granit, diabaz, marmar va boshq.) zichligi 2500-3100 kgm3. ga teng bo'lsa, g'ovak ashyolarning (trepel, bo'r va chig'anoq ohaktosh, pemza, tuf) zichligi 500-1700 kgm3 ga teng. Bu ashyolarning issiqlik o'tkazuvchanligi ularning zichligiga bog'liq. Og'ir tosh ashyolarning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti 2,5-3,0, g'ovakli va serg'ovak ashyolarning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti esa 0,2- 0,6 Vtmtrad. gacha bo'lishi mumkin. Tosh ashyolarning erish harorati ularning tarkibiga ko'ra turlicha bo'ladi. Monominstal jinslarning erish harorati nihoyatda yuqori. Masalan, kvartsning erish harorati 1710°S, marmarniki 1810°S, dolomitniki 1710°S gateng. Tarkibida dala shpati, temir oksidi va ishqorlar bo'lgan ko'p mineralli jinslarning erish harorati esa kamroq bo'ladi. Masalan, granit 1450°S, diabaz 1350°S, tarkibida temir birikmalari bo'lgan tuproq 1200°S da eriydi. Tabiiy tosh ashyolarning yuqori haroratga chidamlilik darajasi ularning mineralogik va kimyoviy tarkibiga bog'liq. Tarkibida gips bo'lgan tosh jinslar 100°S dan yuqori haroratda buzila boshlaydi. Magniy karbonatli minerali bo'lgan jinslar 725°S da, kaltsiy karbonatli jinslar esa 827°S dan yuqori haroratda buziladi. Kvarts va boshqa minerallardan tashkil topgan kristall tog' jinslari 700°S dan yuqori haroratda o'z mustahkamligini kamaytiradi, chunki ularning tarkibidagi minerallar issiqlik ta'sirida turlicha kengayadi. Ishqalanishga chidamliligi va eskirishi. Tabiiy toshlarning yo'l qurilishida, polbop taxtalar va zinapoya kabi buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan turlari o'ta mustahkam, ishqalanishga chidamli bo'lishi kerak. Mayda kristalli toshlarni ishqalaganda juda silliqbo'lib ketadi. Shuninguchun zinapoya, polbop taxtalar, yo'l qurilishi uchun kristallari o'rta yiriklikda bo'lgan tabiiy toshlar ishlatiladi. O'tga chidamli tosh ashyolarning mineralogik tarkibi katta ahamiyatga ega. Ular tarkibidagi gips 200°S haroratda, ohaktosh 900°S da buziladi. Granit va porfirlar yuqori haroratda inshootlarga o't ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
88.61 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
88.61 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: doc