Tabiiy tosh materiallar. Sun'iy kuydirilgan materiallar va buyumlar, sapol buyumlar haqida umumiy tushuncha

Tabiiy tosh materiallar. Sun'iy kuydirilgan materiallar va buyumlar, sapol buyumlar haqida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Tabiiy tosh materiallar. Sun'iy kuydirilgan materiallar va buyumlar, sapol buyumlar haqida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy tosh materiallar. Sun'iy kuydirilgan materiallar va buyumlar-sapol buyumlar haqida umumiy tushuncha Reja: Adabiyotlar A.Hamidov Qurilish materiallari va buyumlari, Toshkent, Fan va texnologiya, 2014b Qosimov E., Qurilish ashyolari. T. Mexnat, 2004.,511bet. Samigov N.A., Samigova M.S. Qurilish materiallari va buyumlari. Toshkent. Mehnat, 2004y. 310b. Samig'ov N.A., Xasanvoa M.K., Zokirov J., Komilov X. Qurilish materiallari fanidan misol va masalalar to'plami. O'qituvchi. 2005. 146b. Samig'ov N.A., Xasanova M.K., Zokirov J.S., Komilov X.X. Qurilish materiallari fanidan misol va masalalar to'plami. O'qituvchi. 2005. 146b. Интернет сайтлари: Tayanch so'z va iboralar: Mineral, monomineral magmatik tog' jinslari, cho'kindi tog' jinslari, metamorfik tog' jinslari, dala shpatlari, granit, dolomit, bazalt, gabbro, siyenit, topaz, korund, olmos, kvars, marmar, slanets, slyuda. Tog' jinslaridan faqat mexanik usulda ishlov berish yo'li bilan (maydalash, parchalash, arralash, jilvirlash, jilolash va boshqa yo'llar bilan) olinadigan qurilish materiallari tabiiy tosh materialalar deb ataladi. Bunday ishlov berish natijasida tabiiy tosh materiallar tog' jinsining fizik-mexanik xossalarini qariyib to'la saqlab qoladi. Tog' jinslarining tarkib topishi va tavsifi Qurilishda ishlatiladigan tog' jinslari 1-§ Tog' jinslari yer qobig'ini yuzaga keltiruvchi mustaqil geologik jinslarni hosil qiladigan, ma'lum darajada o'zgarmas tarkibli minerallarning tabiiy agregatlaridan iboratdir. Bitta mineraldan iborat tog' jinslari oddiy yoki monomineral jinslar deb, bir necha mineraldan iborat tog' jinslari esa murakkab, yoki polimineral jinslar deb ataladi. Mineral (lotin tilida minera - ruda) - kimyoviy tarkibi va fizik xossalari bo'yicha taxminan bir jinsli tabiiy jism bo'lib, yer qobig'ida sodir bo'ladigan har xil fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo'ladi. Har qaysi mineral ma'lum kimyoviy tarkib va fizik-mexanik xossalar bilan tavsiflanadi. Kelib chiqishi bo'yicha tog' jinslari magmatik (otqindi), cho'kindi va metamorfik kabi uch guruhga bo'linadi. Magmatik tog' jinslari-olov suyuq massa-magmaning sovishi natijasida hosil bo'lgan. Magma yer qobig'ini yorib chiqib yer yuzasida yoyiladi yoki yer qobig'i ustida soviydi. Magmaning sovish sharoitlariga qarab u chuqurlikda sovigan (intruziv) va otilib chiqib sovigan (effuziv) jinslarga bo'linadi. Metamorfik yoki ko'rinishi o'zgargan tog' jinslari cho'kindi yoki magmatik tog' jinslarining yuqori harorat, yuqori bosim va boshqa omillarning ta'sirida o'z ko'rinishlarini o'zgartirishlari natijasida yer po'stining qalinligida hosil bo'lgan. Bunday sharoitlarda minerallar erimasdan qayta kristallanadi, bu esa hosil bo'lgan jinslar zichligining dastlabki jinslar zichligiga nisbatan ortishiga yordam beradi. Odatda, metamorfik tog' jinslari slanets tuzilishiga ega bo'ladi, lekin birlamchi jinslar strukturasini saqlab qolishlari mumkin. Tog' jinslarining hosil bo'lish sharoitlari ularning tuzilishini ko'p jihatdan belgilab beradi. Shu bilan birga, ularning asosiy xossalari, binobarin, tog' jinslarining qurilishda ishlatish sohalari shu tuzilishga bog'liqdir. Chuqurlikda hosil bo'lgan magmatik tog' jinslari o'ta darajada zichligi, sovuqqa chidamliligi va suvni kam shimib olishi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.52 MB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.52 MB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga