tashqi devorlar va ularning konstruktiv elementlari Reja: Gishtin devorlar Mayda blok va tabiiy toshdan terilgan devorlar. Gisht devorlarning detallari tashqi devorlar va ularning konstruktiv elementlari Devor binoning asosiy konstruktiv elementlaridan biri bo'lib, u tashqi muhit ta'siridan himoyalashdan tashqari ko'p xollarda uziga qo'yilgan kavatlararo yopma va tom ogirligini ko'tarish vazifasini xam bajaradi. Binoning bu elementi turli-tuman tashqi kuchlar va tashqi muhit ta'siri ostida bo'ladi. Devorlar o'z xususiy ogirligini, tom va kavatlararo yopmalardan tushadigan doimiy va vaqtinchalik yuklarni, shamol kuchi ta'sirini, asosning potekis cho'qishidan hosil bo'lgan deformatsiyalarni, zilzila kuchlari va boshqalarni kabul qiladi. Devorlar tashqi tomondan kuyosh radiatsiyasi, yogin-sochin, uzgaruvchan temperatura va havo namligi,shovqinlar, ichki tomondan esa issiqlik oqimi, suv bugi, shovqin kabi ta'sirlar ostida bo'ladi. Shuning uchun xam bino loyihasini yaratishda devorlarning joyi, ularning konstruktiv sxemasi va turini tanlashga katta etibor beriladi. Bino devorlari vazifasiga ko'ra quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak, mustahkam, turgun, fazoviy bikir bo'lishi, bino klassiga to'g'ri keluvchi olovbardorshlik darajasiga mos, xona ichida malum temperatura va namlik rejimini ta'minlash, tovushdan etarli darajada izolyatsiya qilishi, urnatilishida texnologik va industriallikka ega, tejamli va arzon bo'lishi, uni ko'rishga mehnat kam sarflanadigan bo'lishi, arxitektura talablariga javob berishi lozim. tashqi devorlarda odatda bino ichini tabiiy eriklik bilan ta'minlash uchun deraza o'rni, xonaga kirish va balkon hamda ayvonlarga chiqish uchun eshik o'rni koldiriladi. Deraza va eshik urnatilgan devorlar xam o'z navbatida yuqoridagi talablarga javob berishi kerak. Materiali bo'yicha devorlar tosh (tabiiy va sun'iy tosh devorlar), egoch,tuproq va sintetik materiallardan qurilishi mumkin. Ishlash xarakteriga ko'ra devorlar yuk kutaruvchi, o'z ogirligini kutaruvchi va osma devor bo'lishi mumkin. Yuk kutaruvchi devorlar xonani tashqi muhit ta'siridan himoyalabgina kolmay, balki yuqorida joylashgan konstruksiyalar, jihozlar, mebellar va shu kabilardan tushadigan ogirlikni xam kutarib turadi. o'z ogirligini kutarib turuvchi devor konstruktiv sxemasida esa tom yopmasidan tushgan vertikal yuklarni ustunlar kabul qiladi. Devorlar bu holda xonani tashqi muhit ta'siridan himoya qiluvchi vazifasini bajaradi. Bunday devorlar shamol ta'siridan hosil buladigan gorizontal ta'sir kuchlarni kabul qilib, karkas konstruksiyasiga, yani tusin va ustunga uzatib beradi. Bunday devorlar fakat uzidan yuqorida joylashgan devor ogirligini kutarib turadi. Osma (karkas ustunlariga osilgan) devorlar xonani tashqi muhit ta'siridan himoyalovchi vazifasini bajaradi. Devorlar konstruksiyasi va terilishiga ko'ra kuyidagilarga: mayda donali tosh elementlar (gisht, sopol, blok, mayda blok)dan terilgan; yirik toshlar (yirik bloklar)dan terilgan; kuyma va yigma devorbop panellardan eki xajmiy bloklardan terilgan devorlarga bulinadi. alohida toshlar oralarini qurilish korishmalari bilan tuldirib hosil qilingan devor toshdan terilgan devor deb ataladi. Suvalmaydigan devor sirtidagi gishtlar orasidagi vertikal va gorizontal choklarga maxsus moslamalar ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: doc