Temir - beton konstruksiyalar

Temir - beton konstruksiyalar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Temir - beton konstruksiyalar - rasmi

Material tavsifi

Temir-beton konstruksiyalar Reja: 1. Temir-beton konstruksiyalarning ishlash sxemasi. 2. Temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish 3. Oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalar. 4. Temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish usullari Bino va inshootlarni montaj qilishda kompleks qismlardan tashkil topgan yig'ma temir-beton buyumlar ishlatiladi. Masalan, poydevor bloklari, devor va qavatlararo panellar, yopma plitalar, yig'ma zinalar, ustun va to'sinlar, inshoot va temir-beton qoziqlar, ravoq va h.k. Temir-beton konstruksiyalar Fransiyada ixtiro etildi va ilk bor oddiy shakldagi buyumlar ishlab chiqarildi. Jumladan, deraza va eshiklarning ustki to'sinlari, yopma plitkalar, poydevor bloklar qurilishda keng tarqaldi. Keyinchalik inshootlarning ayrim qismlari quyma betondan ishlanadigan bo'ldi. O'zbekistonda yig'ma temir-beton va quyma betonlar o'tgan asrning 40-yillarida gidrotexnik inshootlar qurilishida ishlatila boshlandi. Hozirgi vaqtda qurilishlarda quyma beton konstruksiyalarni qo'llash va ularning xillarini yanada takomillashtirish ustida amaliy ishlar olib borilmokda. Temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish Qurilishda ishlatiladigan barcha temir-beton konstruksiyalar ikki usulda tayyorlanadi: qurilish obyektining o'zida ishlanadigan yaxlit (monolit) beton konstruksiyalar; zavod yoki tajriba maydonlarida tayyorlab qurilishga keltiriladigan yig'ma konstruksiyalar. Bunda yaxlit konstruksiyalar tayyorlash uchun qolip yasaladi, uning ichki sirtiga beton qorishmaning yopishmasligi uchun mashina moyi yoki ohak surtiladi, keyin ichiga armatura joylanib beton qorishma quyiladi. Beton ochiq havoda 7-10 kun qotganidan keyin (agar konstruksiya ustiga brezent yopib suv bug'ida qotirilsa, 26-30 soatdan keyin) qolipdan ajratib olinadi. Qishda yaxlit beton konstruksiyalardan bino qurish qiyinchiliklar tug'diradi. Chunki beton qorishma harorat 3-4°S bo'lganda isitilmasa, unda qotish jarayoni to'xtaydi. Agar beton yaxshi qotmay muzlab qolsa, konstruksiyaning umumiy mustahkamligi 50-60 %ga qadar kamayib ketadi. Yig'ma temir-beton elementlar maxsus zavodlarda yoki ishlab chiqarish ishlari yaxshi mexanizatsiyalashgan tajriba maydonlarida ishlanadi. Yig'ma temir-beton elementlardan qurilgan binoning tannarxi yaxlit beton konstruksiyalardan qurilganiga nisbatan birmuncha qimmatroq bo'ladi. Beton tabiiy toshlar singari siqilishga mustahkamligi yuqori. Ammo, uning egilishga va cho'zilishga bo'lgan mustahkamligi birmuncha kichik. Betonning bu xususiyatini yaxshilash maqsadida unga po'lat armaturalar qo'yiladi (1-rasm). Beton po'lat sterjen bilan armaturalangan bo'lsa, u temir-beton deb ataladi. Aslida armatura temirdan emas, po'latdan tayyorlanganligi sababli, temir-beton o'rniga po'lat-beton deyish to'g'riroq bo'lardi. 1- rasm. Beton va temir-beton to'sinning egilish sxemasi: a- egilish kuchi yuqori, b- egilish kuchi me'yorida Beton qorishmasi ochiq havoda qotganda hajmi biroz kichraya-di, yani kirishadi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Tsement xamiri toshga aylanish jarayonida ortiqcha kimyoviy birikmagan suvning bir qismi bug'lanib ketadi va natijada tsement toshida kirishish ro'y beradi. Bu esa beton qorishmasining qotishida tsement xamirining armatura bilan mahkam yopishishiga imkon beradi. Armatura sirti qancha katta bo'lsa, yopishish mustahkamligi bilan konstruksiyaning umumiy pishikdigi ortadi. Qulay sharoitda armatura bilan betonning yopishish mustahkamligi ortib boradi. Diametri 3 sm.li po'lat ilmoq beton qorishmasiga 30 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.35 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.35 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga