To'ldiruvchilar haqida umumiy ma'lumotlar Reja: 1. To'ldiruvchilar vazifasi: 2. To'ldiruvchilarning sinflanishi. To'ldiruvchilar - bu ma'lum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy yoki sun'iy materiallar bo'lib, bog'lovchilar va suvning ratsional aralashmasi bilan beton hosil qiluvchi materialdir. Narxi beton va temir-beton konstruksiyalarning 30….50 % ni tashkil qiladi, shuning uchun ularni o'rganish, to'ldiruvchilarni to'g'ri tanlash, ularni me'ërida ishlab chiqarish va qo'llash xalq xo'jaligida katta ahamiyatga ega. Betonning asosiy bog'lovchi faol qismi bu - sement. Bog'lovchi suv bilan aralashib xamir hosil qilishi, tishlashish va qotib qattiq holatga o'tishi va betonga aylanish xususiyati ega. 1. To'ldiruvchilar vazifasi: To'ldiruvchilar betonning 80% gacha hajmini tashkil qiladi, beton tarkibidagi defetsit va qimmat bo'lgan sement va boshqa bog'lovchilar sarfini kamaytiradi. Sement toshi qotishida xajmiy deformatsiyalarga yo'liqadi. Uning cho'qishi-2 mmm ga etadi. Cho'qish deformatsiyalarining notekis bo'lishi ichki zo'riqishlar va yorilishlarni keltirib chiqaradi. Kichik ëriqlar ko'zga ko'rinmaydi, lekin ular sement toshini mustahkamligini va chidamliligini keskin pasaytiradi. To'ldiruvchi betonda qattiq karkas hosil qiladi, u esa cho'qish deformatsiyalarini qabul qilib, cho'qishini kamaytiradi, (bu esa taxminan sement toshiga nisbatan 10 baravar kam). Yuqori mustahkamlikdagi to'ldiruvchilardan iborat qattiq karkas beton mustahkamlik va qayishqoqlik modulini oshiradi (yani konstruksiyaning yuk ta'siridagi deformatsiyasini kamaytiradi), betonning cho'ziluvchanligini kamaytiradi (ya'ni yuklarning uzoq vaqt ta'sirida betonning qaytmas plastik dnformatsiyalarini kamaytiradi). yengil g'ovak to'ldiruvchilar betonning zichligini va issiqlik o'tkazuvchanligini kamaytiradi, bunday betonlar to'siq konstruksiyalarda issiqlik izolyasiyalari uchun ishlatiladi. Alohida og'ir va gidrat to'ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi saqlaydi (atom elektrostansiyalarida va sh.k.). To'ldiruvchilarni sanab o'tilgan vazifasi, betonlarda samarali ishlatilishini belgilaydi, shuningdek ular betonning muhim tarkibiy qismi bo'lib, uning xususiyatlari hamda texnik iqtisodiy samaradorligiga ta'sir etadi. 2. To'ldiruvchilarning sinflanishi. O'zRST 669-96 Noruda qurilish ashyolari. Sanoat chiqindilaridan olinadigan zich chaqiq tosh va qum. Betonbop g'ovak to'ldiruvchilar bo'yicha to'ldiruvchilarning standartlashtirilgan sinflanishi quyidagilar bo'yicha belgilanadi: kelib chiqishi, zarrachalar yirikligi, zarrachalar shakli, zichligi (jadval- 1). To'ldiruvchilar kelib chiqishi, yirikligi va boshqa xususiyatlari bo'yicha quyidagicha tavsiflanadi: 1) Kelib chiqishi bo'yicha 3 ta guruhga bo'linadi: tabiiy, shu jumladan yo'l-yo'lakay qazib olinadigan jinslar va boyitishdagi chiqindilar; sanoat chiqindilari asosidagi to'ldiruvchilar; v) sun'iy (maxsus tayyorlangan). Kimyoviy tarkibi va fazoviy holatini o'zgartirmay, tog' jinslarini kelib chiqishi va petrografik nomlanishi yoki chiqindilar turini xususiyatlaydigan tabiiy materiallar va sanoat chiqindilari. Masalan, magmatik chuqurlikdagi (intruziv) jinslar - granit, sienit, diorit; domna shlaklari. Sun'iy to'ldiruvchilar xomashyo turi (tabiiy, chiqindilardan yoki ular aralashmasidan) va ishlab chiqarish texnologiyasi (ishlov berish usuli) bilan xususiyatlanadi. Masalan, tabiiy xomashyoni kuydirib ko'pchitish -keramzit; domna shlaklari eritmalarini g'ovaklashtirib olinadigan - shlakli pemza. Zarrachalar yirikligi bo'yicha to'ldiruvchilar bo'linadi: yirik, zarrachalari o'lchami 5 mm dan katta (chaqiq tosh, ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.81 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.81 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: docx