To'ldiruvchilarning asosiy xossalari va ularni sinash usullari

To'ldiruvchilarning asosiy xossalari va ularni sinash usullari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
To'ldiruvchilarning asosiy xossalari va ularni sinash usullari - rasmi

Material tavsifi

To'ldiruvchilarning asosiy xossalari va ularni sinash usullari Reja: 1. To'ldiruvchilarning uyilma zichligi 2. To'ldiruvchilarning dona va modda zichligi 3. To'ldiruvchilarning bo'shliqligi 4. To'ldiruvchilarning dona g'ovakligi 5. To'ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi 6. To'ldiruvchilarning dona shakli 7. To'ldiruvchilarning donadorlik tarkibi 8. To'ldiruvchilarning strukturasi 9. To'ldiruvchilarning mustahkamligi Beton uchun ishlatiladigan tuldiruvchilar fizik va mexanik xususiyatlari, texnik-iqtisodiy samaradorligi va ishlatilish soxasi bo'yicha ajralib turadi. Shu bilan birga, ular barchasi sochiluvchan zarrali materiallar bo'lib sifatining asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha bir hil. 1. To'ldiruvchilarning uyilma zichligi To'ldiruvchilarning uyilma zichligi deb, to'ldiruvchi massasining u egallagan xajmga nisbatiga aytiladi (zarrachalar orasidagi bo'shliq xisobga olinadi). Uyilma zichlik quyidagi tartibda aniqlanadi. Doimiy massagacha quritilgan to'ldiruvchi tarozida tortilib, balandligi 100 mm bulgan silindr shaklidagi o'lchov idishiga, ustida ortiqcha konus shakli hosil bo'lguncha to'ldiriladi va ortiqchasi metal chizg'ich bilan sidirib tashlanadi. Keyin to'ldiruvchi to'ldirilgan o'lchov idishi torozida tortiladi va o'rtachasi arifmetik usulda aniqlanadi. Uyilma zichlik quyidagi formula bo'yicha xisoblanadi: m2 -m1 ρу = , ( kgm³) V bu erda: m1- o'lchov idishining massasi, kg m2- o'lchov idishining to'ldiruvchi bilan birgalikda massasi, kg V- o'lchov idishining hajmi, m³ Shuni ta'kidlash kerakki, to'ldiruvchilar uyilma zichligini aniqlash o'lchov idishi shakli va sig'imiga, o'lchov idishi o'lchamlariga, to'ldiruvchilar donalariga bog'liq. Berilgan yiriklikdagi to'ldiruvchilar donalari uchun, idish o'lchami qancha kerak bo'lsa, to'ldiruvchi xolati (darajasi) nisbatan donador material xajmi kichik bo'ladi. Shu sababli me'yor bo'yicha standart o'lchov idishlar g'ovak to'ldiruvchilar uchun qo'llaniladi (Uz RST). G'ovak to'ldiruvchining uyilma zichligi o'lchamli idishda aniklanadi, uning o'lchami to'ldiruvchining yirikligiga bog'liq ravishda 2.1-jadvaldan qabul qilinadi. To'ldiruvchilar yirikligi bo'yicha o'lchov idishlarining o'lchamlari 1-jadval Ta'kidlash lozimki, to'ldiruvchining uyilma zichligining aniqlash natijasi o'lchov idishning hajmi va sig'imi, idish va to'ldiruvchi zarralarining o'lchamlari nisbatiga bog'liq. Standart bo'yicha shag'al va shag'al (chaqiq tosh) uchun yirikligidan kelib chiqib 2-50 l sig'imli o'lchov idishlar, qum uchun 1litrli o'lchov idishi ishlatiladi. G'ovak to'ldiruvchilarning markasi ularning mos uyilma zichligi bo'yiga o'rnatiladi. To'ldiruvchilarning uyilma zichligini aniqlash to'ldiruvchilar massa ulushini xisoblashga (agar hajmi malum bo'lsa), korxona tarkibidagi omborlari sig'imini, bunkerlar sig'imini, beton tarkibini xisoblashda, to'ldiruvchilarni betonda to'g'ri taqsimlash (dazirovka)da zarurdir. 2. To'ldiruvchilarning dona va modda zichligi To'ldiruvchilar donalari zichligi, bu quruq shag'al yoki chaqiq tosh namunasi massasining uning donalari xajmi yig'indisiga nisbatan aytiladi. To'ldiruvchilar donalari hajmi, to'ldiruvchilardan olingan namunalarni suvda va havoda massasini o'lchashdagi farq bilan aniqlanadi. Buning uchun to'ldiruvchilar namunasini suvda o'lchashda undagi g'ovaklar suv bilan to'ladi, shu sababli to'ldiruvchilar namunasi oldindan suvga solib qo'yiladi. To'ldiruvchilar donalari zichligi (gsm³) quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu erda: m1 - to'ldiruvchi namunasining quruq holatdagi massasi, g m2 - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 288.81 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 288.81 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga