Tombop va gidroizolyatsiya materiallari Reja: 1. Umumiy ma'lumotlar 2. Tombop materiallar 3. Gidroizolyatsiya materiallari 4. Germetiklovchi materiallar 5. Tombop va gidroizolyatsiya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi 1. Umumiy ma'lumotlar Tombop va gidroizolyatsiyalovchi materiallar yordamida echiladigan asosiy masala-suv o'tkazmaydigan qoplama hosil qilish yani, konstruksiya va binoni nam ta'siridan butunlay himoya qilishdan iboratdir. Ammo tombop materi- allar ishlatiladigan sharoit gidroizolyatsiya materiallari ishlatiladigan sharoitdan sezilarli farq qiladi. Tombop materiallar ketma-ket o'zgaruvchi namlanish va qurish, quyosh nurlarining to'g'ridan-to'g'ri tushishi, qizdirish, muzlash, qor va shamol ta'sirlariga uchraydi. Tombop materiallar ushbu sharoitlarda uzoq muddat ishlatilishi uchun ular havo, yorug'lik, suv va sovuq muhitlar ta'siriga bardoshli hamda mustahkam bo'lishi kerak. Shuningdek, tombop materiallar memoriy-manzaraviy talablarga ham javob berishi lozim. Gidroizolyatsiyalovchi materiallar tombop materiallardan farqli o'laroq, doimo namli yoki zararli muhit (suvli aralashmalar) va chiritadigan jarayonlar ta'sirida bo'ladi. Gidroizolyatsiya materiallariga suv o'tkazmaslik, chidamlilik, chirimaslik, zangbardoshlik va mexanik ta'sirlardan o'zining tashqi ko'rinishini o'zgartirmaslik (saqlab qolishi) kabi talablar qo'yiladi. Shuningdek, ular texnologik jihatdan qulay va tejamli bo'lishi talab qilinadi. Germetiklovchi materiallar bino va inshootlar elementlarining chokla- rini zichlash yani, suv, havo, issiq-sovuq o'tkazmaydigan qilish (germetik- lash) uchun ishlatiladi. Tombop va gidroizolyatsiyalovchi materiallarni olish uchun metallar, sopol (cherepitsa), asbestotsement, bitum, polimerlar va h. k. materiallar ishlati- ladi. Ushbu bobda bitumli, qatronli va polimerli bog'lovchilar asosidagi eng ko'p tarqalgan tombop va gidroizolyatsiya materiallari qaraladi. 2. Tombop materiallar Bitumli, polimerbitumli va polimerli bog'lovchilar asosidagi materi- allar-tombop materiallarning asosiy hillari hisoblanadi. Ularga turli hil o'lchamli quyidagi materiallar kiradi: o'ramali-eni 1 m va uzunligi 720 m li o'ram ko'rinishdagi mato; membranali-katta o'lchamli to'shama (yuzasi 100500 m2); donali va varaqlar (o'lchamlari mos holda 1 va 2 m2 dan kam emas); mastikali-qovushqoq suyuqlikli himoyalanadigan yuzaga surtilgach suv o'tkazmaydigan parda hosil qiladi. O'rama materiallar. O'rama tombop materiallar asosida tom usti bir necha qatlamlar bilan qoplanadi. Eng ustki qatlamga ishlatiladigan o'rama materialning tashqi tomoniga yirik donali (K), mayda donali (M) va tangasimon kukunli (P) minerallar (qum, maydalangan toshlar, shisha kukuni va sh. k.lar) sepilgan bo'ladi (GOST 23835-79). Ular asosli va asossiz turlarga bo'linadi. Asosli bunday materiallar yani texnik karton, asbest karton, shisha to'qima va noto'qima mato va sh.k.lar bitum yoki qatron bilan ishlov berib tayyorlanadi. Asossiz o'rama materiallar mikrokompozitsiyali bo'lib, bitumli yoki qatronli bog'lovchilar, kukun to'ldiruvchi va modifitsiyalovchi qo'shilmalar (antiseptik, plastifikator, stabilizator va sh. k.lar) aralashmasini muayyaan qalinlikda prokatlab ishlov berish orqali tayyorlanadi . O'rama materiallar tomga 35 qatlam qilib yopishtirilganda suv o'tkaz- maydigan quyma tom gilami hosil bo'ladi. Ular yengil va tom ustini ozgina nishabli qilib qurishda keng qo'llaniladi, ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
574.5 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
574.5 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: docx