Turkiya arxitekturasi - rasmi

Material tavsifi

Turkiya arxitekturasi XI asrda saljuk turklari (O'rta Osiyodagi ko'chmanchi turkiy qabila) Kichik Osiyoning kattagina qismini bosib olib, mustaqil feodal davlatini tashkil etdilar. Qabila Kichik Osiyoning kattagina qismini bosib olib, mustaqil feodal davlatini tashkil etdilar. Unga saljuk sulolasi vakillari rahbarlik qildilar. XII asrga kelib, bu davlat O'rta yer dengizi havzasi hamda qora dengiz sohillarini ham egallab, qudratli davlatlardan biriga aylandi. Shu siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot davrida arxitektura va madaniyat ham jiddiy rivojlandi. Shahar qurilishi kengaydi. Savdo-sotiqning o'sishi, hunarmandchilik, mahalliy dekorativ san'at ravnaqiga ham ajoyib ta'sir o'tkazdi. Kulolchilik, gilam to'qish, metalldan badiiy buyumlar yasash sohasida yutuqlar qo'lga kirtildi. Bu san'atlar mahalliy an'analar asosida hamda Kichik Osiyodagi yaqin qo'shni mamlakatlar, ayniqsa, Kavkazorti, Eron, Iroq ta'sirida shakllandi. Mug'il galalarining istibdodi Turkiya erlarining qator mustaqillika ega bo'lmagan feodal erlariga parchalanishiga sabab bo'ldi. Lekin XIV asr boshlarida katta bo'lmagan knyazlik asta-sekin o'z erlarini kengaytirib, tezda Usmon imperiyasi deb nom olgan davlatga aylandi. Shu davrda Turk madaniyati, arxitekturasi ham o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Memorlik, tasviriy va amaliy san'atda muhim nodir asarlar yaratildi. Bu memorlikning shakillanishida saljuq davri memorligi an'analari muhim rol o'ynadi. Shu bilan birga, Vizantiya memorligi ham shu davr memorligiga uning xarakteriga sezilarli ta'sir o'tkazdi. Bu ta'sir turklarning Konstantinopolni bosib olganlaridan so'ng boshlandi. Turk memorlari binolarning shaqlan aniqligi, nisbatlarining bejirimligi va qubbali binolar qurish ishi bilan katta muvaffaqiyatga erishdilar. Ark qirralari, dekorativ tokchalarga, ravoqlarni bezab to'rgan stalaktitalar qurilgan binolarning nihoyatda jimjimador bo'lishiga xizmat qiladi. NAQSHlar turli geometrik shakllardan chalkashib ketgandek qilib ishlangan. O'simliklar dunyosidan olingan shakllardan tashkil topgan. NAQSH va releflar epigrafik yozuvlar bilan aralashib ketgan. Bino bezagida devorlar rangiga ham alohida etibor beriladi. Memorlik ravnaqi dekorativ san'at tarmoqlarining rivojlanishiga ta'sir qildi, yog'och o'ymakorligi borasida yuksak chuqqiga erishildi. Usmoniylar davri memorligining dastlabki bosqichida bevosita saljuk memorligi an'analari rivojlantirilgan bo'lsa ham keyinroq Konstantinopol erlarini bosib olgandan keyin, Vizantiya memorligi an'analari keng o'rin egallay boshladi. Turk memorlari Vizantiya ibodatxonalarini qurish prinsiplarini qabul qilib, uning ko'rinishiga yangi badiiy mazmun kiritdilar. Bu davr turk memorligida katta gumbazli binolar qurish, binoning ichki fazoviy kengligiga alohida etibor berish kuchaydi. Bu xususda Istambuldagi Sulton Boyozit II masjidi ko'rinishi va planirovkasi diqqatga sazovordir. Turkiya amaliy san'ati bilan shuhrat qozandi. Kylolchilik, to'qimachilik, gilam to'qish, metaldan qurol aslaha yasash borasida erishilgan yutuqlar alohida o'rin egallaydi. Feodal davri Turk memorligi Yaqin Sharq badiy hayotida muhim rol o'ynaydi. Turk memorlari yaratgan memorlik yodgorliklari qo'shni mamlakatlarga ta'siri kuchli bo'ldi. Keyinchalik turk memorlari yaratgan saroy va masjidlar tipida arab mamlakatlarida, Bolqon yarim oroli va Krimda ko'plab binolar qurildi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.82 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.82 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga