Vizantiya arxitekturasi O'rta asrning muhim madaniyat o'choqlaridan biri Vizantiya davlatidir. Sharqiy Rim imperiyasida 395 yili vujudga kelgan bu davlat 1453 yilgacha yashadi. Varvarlar xujumidan bir muncha chetda bo'lgan bu davlat uzoq vaqt antik hayoti va madaniyati an'analarini saqlagan holda, asta sekinlik bilan yangi farmatsiyaga-feodalizmga o'ta boshladi. Bu yerda antik arxitektura an'analari ezozlandi va davom ettirildi. Shu bilan birga, bu an'analar mustahkamlanib borayotgan feodalizm qoyalari, xristian dini idealogiyasi bilan boyitildi. Vizantiya arxitekturasida ideal obrazga ega bo'lgan munosabat o'z qiymatini saqlab qoldi. Vizantiya memorchiligining o'ziga xos tomonlarini IV asrda uning maydoniga xristian dinining kirib kela boshlagan davridan shakllana boshladi. Bu xususiyat Vizantiyaning dastlabki gullagan davri VI-VII asrlarda yaqqol namoyon bo'ldi. Konstantinopol bu davrda katta Vizantiya imperiyasining faqat siyosiy markazi emas, balki madaniy o'chog'iga ham aylandi. «Ikkinchi Rim» deb nom olgan bu shaharda monumental qurilish san'ati rivojlandi. Bu yerda xashamatli monastir va ibodatxonalar ansambilini yaratish yetakchi o'rinni egallaydi. Bu ansambl tiplari rang-barang. Ayniqsa, Vizantiya uchun antik ijtimoiy ma'muriy binolarni qurish san'ati an'analari asosida qurilgan markaziy gumbazli va cho'ziq bazelika tipidagi ibodatxonalar qurilishi xarakterlidir. Bu binolarda ichki intererning fazoviy kengligi xristian ibodati talabi asosida echilgandir. Bu binolar tashqi ko'rinishidan sodda, vazmin, lekin ichki kenglik nihoyatda nafis va serxashamdir. Shu maqsadda memor interer uchun yorqin, serjilo marmar, oltin va shunga o'xshash qimmatbaho materiallardan keng foydalangan. Nur va soyaning xona ichidagi mosligi unga alohida sirli va sehirli kuch bahsh etgan. Ilk Vizantiya ibodatxonasining namunasi-Ravennadagi uch nefli Sant Apollinare Nuovo bazelikasida shu xususiyat o'z ifodasini topgan. Cho'ziq bazelika tipida ishlangan bu ibodatxonaning markaziy keng nefi tepadagi darchalardan tushayotgan nurlar hisobiga yanada tantanavorlik kashf etadi. O'n neflar ustunlarning ritmini yanada oshiradi. Asosiy diqqatni diniy marosimlar o'tadigan maydonga yo'naltirilgan. Avennadagi markaziy qubbali San Vitale cherkovi (521-547) ning ichki qismi devor va pollari rangga boy mozayika bilan bezatilgan, rangli marmar bilan pardozlangan. Vizantiya memorligi uslubi grek va rim memorligi traditsiyalarining mahalliy traditsiyalar bilan uyg'unlashishidan vujudga keldi. Jumladan, Konstantinopoldagi Safiya ibodatxonasi o'z konstruktiv to'zilishi jihatidan Panteon ibodatxonasi konstruksiyasiga o'xshab ketadi, lekin bu o'xshashlik bir muncha yashiringan holda talqin etilishi bilan xarakterlanadi. Vizantiyaliklar grek-rim ark-gumbaz sistemasidan ham o'z maqsadlarini ifodalash uchun foydalanganlar. Vizantiya memorligida xona kengligiga alohida etibor berilishini takidlash lozim. Interer fazosi aktiv, ta'sirchan, xayajonli. Xona ichining kengligi, cheksiz va ulug'vor bo'lib tuyo'lishi, serxashamliligi bilan kishiga psixologik ta'sir o'tkazishga qaratilgan. Vizantiya memorligi va madaniyati jahon xalqlari memorligi san'atini madaniyatini rivojlanishiga katta ta'sir o'tkazdi. Jumladan, bu madaniyat janubiy slavyanlarga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Qadimgi Rus arxitekturasi va madaniyati taraqqiyotida muhimrol o'ynadi. ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.74 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.74 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc