Yer va bino-inshootlar kadastr yig'majildi va kadastr raqami Reja: Yer va bino-inshootlar kadastr yig'majildi tarkibi va uni rasmiylashtirish tartibi Yer va bino - inshootlarning kadastr raqamini shakllantirish va berish 1. Yer va bino-inshootlar kadastr yig'majildi tarkibi va uni rasmiylashtirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 3 noyabrda 2725 - raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining 2015 yil 22 oktyabrdagi 33-son qaroriga asosan Kadastr hujjatlar to'plami Kadastr yig'majildi deb nomlandi. Kadastr yig'majildini tayyorlash muddati kadastr obyektining murakkabligiga qarab kadastr yig'majildini tayyorlash bo'yicha shartnomada belgilanadi va u bir oydan oshmasligi kerak. Ko'chmas mulk obyektining murakkabligini hisobga olib, yuridik va jismoniy shaxs yoki ularning ishonchli vakili bilan kelishgan holda kadastr yig'majildini tayyorlash uchun bir oydan ortiq muddat belgilanishi mumkin. Kadastr yig'majildi quyidagi uch qismdan iborat bo'ladi: -yer uchastkasining kadastr ma'lumotlari; -bino va inshootlarning kadastr ma'lumotlari; -ko'p yillik daraxtlarning kadastr ma'lumotlari. Yuridik va jismoniy shaxslarning arizasiga muvofiq kadastr yig'majildi ko'chmas mulk obyektlari va ularga bo'lgan huquqlar bir paytda vujudga kelmagan holatlarda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda ko'p yillik daraxtlar bo'yicha alohida-alohida tayyorlanishi mumkin. Kadastr yig'majildi A4 (210 x 297 mm) formatdagi yozuv qog'ozlarida tayyorlanadi. Bunda asosiy formatlarning qisqa tomonlarini karrali miqdorda uzaytirish bilan tashkil qilinadigan qo'shimcha formatlar qo'llanilishi mumkin. Ko'chmas mulk obyekti faqat yer uchastkasi yoki faqat bino, inshootdan (kvartiradan, bino, inshootning bir qismidan) iborat bo'lgan hollarda kadastr yig'majildi tegishli obyekt bo'yicha tayyorlanadi. Kadastr yig'majildining muqovasi 1-shaklga muvofiq tayyorlanadi. Unda ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquq egasining nomi va ko'chmas mulk obyektidan foydalanish maqsadi keltiriladi. Kadastr yig'majildining titul varag'i 2-shaklga muvofiq tayyorlanadi. Kadastr yig'majildining titul varag'idan keyin mundarija joylashtiriladi (3-shakl). Unda har bir hujjatning nomi va varaq raqami yoziladi. Mundarijadan keyin ijrochi tomonidan tayyorlangan qisqacha tushuntirish xati joylashtiriladi (4-shakl) va unda ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, ko'chmas mulkka bo'lgan huquq boshqa shaxsga o'tish holatlari, yer uchastkasiga bo'lgan huquq boshqa shaxsga bino va inshootga bo'lgan huquq o'tishi munosabati bilan o'tsa, birinchi yerdan foydalanuvchiga yer uchastkasini berish to'g'risida davlat hokimiyati organining qarori, bino va inshootlarning tavsifini aniqlashda loyiha-smeta hujjatlari, boshqa davlat kadastrlari ma'lumotlaridan foydalanilgan taqdirda, ushbu materiallar va ko'chmas mulkning boshqa tavsiflari to'g'risidagi ma'lumotlar aks ettiriladi. Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan keyin kadastr yig'majildida 5-shaklga muvofiq ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar kiritiladi. Tayyorlangan kadastr yig'majildi tuman (shahar) yer tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi bosh muhandisi va ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi mutaxassis ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.36 MB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.36 MB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: docx