Yer va bino - inshootlar hisobining elektron ma'lumotlar bazasini yaratish Reja: Yer va bino - inshootlarning atributiv ma'lumotlar to'plamini yaratish Yer va bino - inshootlar tematik qatlamlari ma'lumotlarini shakllantirish va taqdim etish Yer va bino - inshootlarga bo'lgan huquqlarni va ma'lumotlarni Ko'chmas mulk 3.1 S dasturi yordamida DKYaT ma'lumotlari bazasiga online tarzda kiritish Yer va bino - inshootlarga bo'lgan huquqlarni va ma'lumotlarni Ko'chmas mulk 3.1 S dasturi yordamida DKYaT ma'lumotlari bazasidan online tarzda qidirish Yer va bino - inshootlarni navbatchi yer- kadastr xaritasida tasvirlash 1. Yer va bino - inshootlarning atributiv ma'lumotlar to'plamini yaratish Davlat kadastrlari ma'lumotlarini yaratish va davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etish tartibi Davlat kadastrlari ma'lumotlari (kadastr axboroti) DKYaTga alfavit-raqamli (matnlar, jadvallar, vedomostlar, yilnomalar va h.k.) va grafik (kartalar, planlar, kesmalar, sxemalar va h.k.) shakllarda an'anaviy (qog'oz) va (yoki) elektron shakllarda taqdim etiladi. Davlat kadastrlari ma'lumotlari belgilangan tartibda tasdiqlangandan so'ng DKYaTga 1 yanvar holati bo'yicha, tegishli kadastrlarni yuritish tartibi to'g'rsidagi nizomlar bilan belgilangan muddatlarda, lyokin hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi. Davlat kadastrlarining tezkor tavsifdagi ma'lumotlari belgilangan tartibda tasdiqlangandan so'ng DKYaTga zaruratga qarab taqdim etiladi. Davlat siri bo'lgan kadastr axborotini taqdim etish O'zbekiston Respublikasining Davlat sirlarini himoya qilish to'g'risidagi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat kadastrlari ma'lumotlarini elektron (raqamli) shaklda taqdim etish ArcGIS oilasiga mansub dasturiy mahsulotda raqamli topografik asosda unga atributiv ma'lumotlar bazasini bog'lagan holda GAT-loyiha yoki 1:200 00 bazaviy masshtabdagi tematik qatlam ko'rinishida amalga oshirilishi lozim. Raqamli topografik asos va ma'lumotlar bazasining texnik parametrlari (klassifikatorlar, shartli belgilar va boshqalar) Yergeodezkadastr davlat qo'mitasi bilan davlat kadastrining har bir turi bo'yicha alohida kelishuvdan o'tkaziladi. Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritishda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: atributiv ma'lumot - geografik axborot tizimi obyektlarining tavsiflarini ta'riflovchi jadvalli vayoki matnli ma'lumotlar to'plami; geografik axborot tizimi (geoaxborot tizimi) (bundan buyon matnda GAT deb yuritiladi) - geografik obyektlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash, tahlil qilish, modellashtirish va aks ettirish, shuningdek raqamli kartografik, o'xshash va matnli axborotdan foydalangan holda umumdavlat (tarmoqlararo) yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborot va hisob-kitob vazifalarini hal etish uchun mo'ljallangan avtomatlashtirilgan tizim; davlat kadastrlari yagona tizimining GAT (bundan buyon matnda DKYaT GAT deb yuritiladi) - Davlat kadastrlari yagona tizimi masalalarini yechish uchun mo'ljallangan ixtisoslashtirilgan GAT; davlat kadastrlarini yuritish bo'yicha vakolatli organlar - zimmasiga ayrim davlat kadastrlarini yuritish funksiyalari yuklatilgan vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari; tematik qatlam - malum hududdagi obyektlar to'plami uchun umumiy bo'lgan koordinatalar tizimida ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
8.89 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
8.89 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: docx